12
KIRISH
“Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fani ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, modellashtirish va prognozlashda qo„llaniladigan
iqtisodiy-matematik hamda ekonometrik
usullar va modellar, shuningdek, zamonaviy
axborot texnologiyalarini qo„llashni o„rganadi.
Bozor iqtisodiyoti murakkab, o„zaro bir-birini taqozo
etuvchi jarayonlardan
iborat bo„lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda
iqtisodiy jarayonlarni o„rganish va tahlil qilishda iqtisodiy-matematik va ekonometrik
usullar hamda modellarning qo„llanilishi kutilishi mumkin bo„lgan salbiy
hodisalarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar
ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy
jarayonlarning hozirgi
holati (statikada) asosida uning istiqboldagi (dinamikada) o„zgarishlarini oldindan
ko„rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor kon‟yunkturasini oldindan
prognoz qilmasdan turib, barqaror ishlab chiqarish va sotish
strategiyasini belgilab
bo„lmaydi. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o„z mahsulotlarini
raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi.
“Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fanining
asosiy maqsadi magistrantlarga milliy iqtisodiyot sharoitida murakkab iqtisodiy
tizimlarni
modellashtirishni, modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini, aniq
iqtisodiy obyektlar misolida modellarning yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni,
qo„yilgan iqtisodiy masalalarni zamonaviy axborot-
texnologiyalari yordamida
yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil hamda talqin qilish kabi masalalarni
o„rgatishdan iboratdir.
“Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fani
“Mikroiqtisodiyot”,
“Makroiqtisodiyot”,
“Ekonometrika”,
“Axborotlar
texnologiyasi”, “Ehtimollar nazariyasi” va matematik statistika” va shuningdek
iqtisodiy matematika kabi fanlar bilan o„zaro aloqada bo„ladi.
Fanning bo„limlarida makrodarajada, ya‟ni milliy iqtisodiyot bo„yicha iqtisodiy-
matematik modellarning (ishlab chiqarish funksiyasi, tarmoqlararo balans modellari,
13
ekonometrik modellar) tuzilishi va ulardan amalda samarali foydalanish bo„yicha
ilmiy tavsiyalar keltiriladi.
Talabalar fanning har bir mavzusini nazariy o„rganish bilan bir qatorda amaliy
mashg„ulotlarda aniq iqtisodiy jarayonlar va ko„rsatkichlar
asosida ularning
matematik modellarini tuzish, axborot texnologiyalari va mos dasturiy vositalarni
qo„llab, masalalarning aniq miqdoriy yechimlarini olib, iqtisodiy
tahlil qilish bilan
yakunlaydilar. Fanni o„rganish yakunida talabalar mustaqil ravishda iqtisodiy
masalalarning matematik jihatdan qo„yilishini, ularning matematik modellarini
tuzish, ushbu modellarni mos keluvchi usullar va axborot texnologiyalari yordamida
yechish hamda iqtisodiy tahlil va talqin qilishni o„rganadilar.