O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Sug„urta mahsulotlarini sotish tizimining xususiyatlari



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

 
Sug„urta mahsulotlarini sotish tizimining xususiyatlari
9
 
Sug‗urta 
vositachilari 
Sotish 
tizimining 
faolligi 
Kam 
xarajat 
talab 
qiladigan 
sotuvlar 
Qo‗shimcha 
xizmatlarni 
ko‗rsatish 
imkoniyatlarning 
mavjudligi 
Sug‗urta 
hodisalari 
va risklarni 
qayta 
ishlashning 
chuqurligi 
Brokerlar 




Mustaqil sug‗urta 
faoliyati bilan 
bog‗liq 
bo‗lmagan 
vositachilar 



Infratuzilm
aga mos 
qo‗shimcha 
shaxslarni 
tayyorlash 
imkoniyati 
Agentlar 



Ofisdagi 
sug‗urtachilar 



Telefon, pochta 
yoki kompyuter 
orqali 



 
Eslatma:
"+" — ushbu tizim ko‗rsatilgan mezonga mos, "-" — 
nomuvofiq. 
So‗nggi paytlarda sotuvning ko‗payishi va osonlashishiga 
sug‗urtalovchilar, ayniqsa, internet tarmog‗i katta imkoniyatlar 
yaratmoqda. Internet-ofis tashkil etilishi tufayli sug‗urtalovchi haqiqiy 
ofisni ta‘minlashga ketadigan xarajatlarni qisqartirish imkoniga ega 
bo‗ladi va hujjatlarni elektron shaklda jo‗natadi. Shartnomaning 
avtomatlashtirilgan parametrdagi hisob-kitobi va shartnomani ro‗yxatga 
olish, elektron to‗lovlar ko‗plab xodimlarning to‗lov jarayonini 
qisqartiradi. Shunday qilib, bitimlar bo‗yicha virtual ofisda olib borilgan 
9
Jadval 
www.Studme.ord
internet sayti ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan 
tayyorlangan. 


26 
transaksion xarajatlar odatdagi ofisda mijozga xizmat qilishga ketgan 
xarajatlardan birmuncha arzon bo‗ladi. 
Agar shartnomalarni tuzish jarayoni sug‗urta vositachilarini jalb etish 
orqali amalga oshirilsa, unday holda gap sug‗urta mahsulotlarini vositali 
sotish to‗g‗risida ketmoqda. Shuningdek, vositali sotuvlarda sug‗urta 
asosiy mahsulot – mashina, uy, uyali telefon, maishiy texnika, bank plastik 
kartasi, turistik yo‗llanma va boshqalarga qo‗shimcha bo‗lishi mumkin. 
Zamonaviy 
sug‗urtalovchining 
sotish 
tizimi 
sug‗urta 
qildiruvchilarning keng qatlamiga mo‗ljallangan bo‗lib, quyidagi asosiy 
qismlarni o‗z ichiga oladi: 
1) sotish tizimining faolligi: 
a) jismoniy shaxslarga (passiv jismoniy shaxslarga sug‗urta polislarini 
sotish tuzilmasi); 
b) yuridik shaxslarga (mayda, o‗rta va yirik korxonalarga sug‗urta 
mahsulotlarini sotishda agentlik xizmati); 
2) sotishning passiv (sust) tizimi: 
a) jismoniy shaxslarga (faol sug‗urta qildiruvchilarga sug‗urta 
mahsulotini sotish tizimi); 
b) yuridik shaxslarga (mustaqil ravishda sug‗urtalovchini tanlash 
imkoniga ega mayda, o‗rta va yirik firmalar bilan ishlash tarmog‗i). 
Bu qismlarga muvofiq sug‗urtalovchi sotish tizimida tanlashni 
amalga oshiradi. Sug‗urta kompaniyasining passiv sotish holatida sug‗urta 
qildiruvchi sug‗urtalovchining ofisi yoki savdo shahobchasida sug‗urta 
polisini to‗g‗ridan-to‗g‗ri bevosita sotib oladi. Bunda sug‗urta qildiruvchi 
sug‗urtalovchidan farqli o‗laroq, faol tomon bo‗lib ishtirok etadi. Bu yerda 
sug‗urta qiluvchi unga nima kerakligini biladi va o‗z tanlovini mustaqil 
amalga oshiradi. Ularning tanlovi sug‗urta polisining narxiga ta‘sir qiladi, 
shuning uchun sug‗urta kompaniyasi ularning talabi bilan tizim orqali 
aksiya va narxlarni kamaytirishni boshqaradi. Faol sotishda esa sug‗urta 
kompaniyasi bor kuchini maqsadga yo‗naltirgan holda mijozlarni jalb 
qilishga sarflaydi. Bunda kompaniya agent va brokerlarning xizmatlariga 
murojaat qiladi.
Sug‗urta mahsuloti sotuvi – mijozlar ehtiyojini, ularning 
iste‘molchilik xatti – harakatlarini aniqlash, sug‗urta shartlarining, 
mukofot va qo‗shimcha xizmatlar miqdorining maqbulligi hamda 
jozibadorligini ta‘minlash uchun ilgari o‗tkazilgan marketing xatti-
harakatlarini yakunlovchi bosqichdir. Sotuv jarayoni, ya‘ni sotuv bitimi – 
sug‗urta qiluvchi va sug‗urtalanuvchi o‗rtasidagi o‗ziga xos marketing 
ko‗prigi 
hisoblanadi. 
Sug‗urtalovchining 
agentlari 
mijozni 



27 
sug‗urtalanishi lozim ekanligiga, mazkur sug‗urta qiluvchining xizmatlari 
uning sug‗urtaga bo‗lgan talabini to‗liq qondira olishiga, to‗lanadigan 
sug‗urta mukofoti esa – sug‗urta qoplamasi uchun unchalik qimmat 
bo‗lmagan to‗lov ekanligiga ishontirish uchun ancha kuch-g‗ayrat 
sarflashlari darkor. Sug‗urta mahsulotlari sotuvini tashkil etish bo‗yicha 
bir necha umumiy talablar mavjud. Mijoz sug‗urta qoplamasini qayerdan 
sotib olishi mumkinligini bilishi, savdo shahobchasiga kirish oson hamda 
erkin bo‗lishi, mijozlarga diqqat-e‘tibor va xushmuomalalik bilan xizmat 
ko‗rsatilishi zarur. 
Sug‗urta mahsulotlarini sotishni bir qancha usullardan foydalangan 
holda amalga oshirish mumkin. Sug‗urta mahsulotlarini aholiga qulay va 
oson hamda tezda sotishni amalga oshirishda ularni intertnet orqali 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri sotish ham keng yo‗lga qo‗yilgan
10
. To‗g‗ridan-to‗g‗ri 
sotuv sug‗urta mahsulotini tarqatishning oddiy va nisbatan arzon usuli 
hisoblanadi. Keyingi vaqtda muloqotning an‘anaviy usullari (pochta va 
telefon) qatoriga kompyuter tarmoqlari ham qo‗shildi. Uning afzalligi 
shundaki, sug‗urta qiluvchi va sug‗urtalanuvchi o‗rtasidagi muloqot yana 
ham soddalashib, tezlashib ketdi. Mijoz o‗z munosabatini tayyorlab, uni 
sug‗urta qiluvchiga ―sichqon‖ni bosish orqali jo‗natib yuborishi va tezda 
javobini ham olishi mumkin. Kompyuter tarmoqlari orqali sug‗urta 
reklamasini tarqatish ham ancha tezlashib ketdi. Bundan tashqari, 
sug‗urtalanuvchi kompaniyaning serveriga ulanib, xatarlar tarifikatsiyasi 
masalasida axborot olishi ham mumkin. 
Sug‗urta mahsulotlarini sotishda mijozlarga pochta reklamasini 
jo‗natish va telefon orqali qo‗ng‗iroq qilish to‗g‗ridan-to‗g‗ri sotishning 
asosiy vositalaridir. Pochta jo‗natmalari ichiga taklif etilayotgan sug‗urta 
mahsulotlarining bayoni, shuningdek, pochta xarajati sug‗urta qiluvchi 
tomonidan to‗lab qo‗yilgan qaytarib yuboriladigan javob talonidan iborat. 
Agar taklif mijozga qiziqarli bo‗lib tuyulsa, u talonni to‗ldirib, uni 
jo‗natuvchiga qaytarib yuboradi. Olingan ma‘lumotlar asosida sug‗urta 
qiluvchi mazkur mijoz uchun sug‗urta mukofotini hisoblaydi va 
shartnomani mijozga imzolash uchun jo‗natib yuboradi. Shundan so‗ng 
mijoz yana pochta orqali sug‗urta mukofotini kompaniya hisobiga 
o‗tkazadi. Yuqori samaraga erishish uchun sug‗urta qiluvchilar, 
shuningdek, bevosita marketingning boshqa foydalanuvchilari ham pochta 
reklamasining ―yopirilishini‖ ko‗paytiradilar. Imzolangan sug‗urta 
10
Jask Kinder, Jr.Garry Kinder‖ Secrets of Successful Insurance Sales‖ ma‘lumotlari. 


28 
shartnomalarining yuborilgan pochta jo‗natmalari soniga nisbati o‗rtacha 
0,7 foizni tashkil etadi. Tadqiqotlar pochta orqali reklama jo‗natmalari 
yuqori samaraga ega ekanligini ko‗rsatdi. Masalan, Fransiyada pochta 
orqali yuborilayotgan shartnomalarning 78 foizi hatto bu reklama mazkur 
mijozga moslashtirilmagan va umumiy xususiyatga ega bo‗lsada, o‗qib 
chiqiladi. Konvertlarda yuborilgan reklama jo‗natmalarining o‗rtacha 
―taqdiri‖ quyidagi chizmada keltirilgan. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə