71
7-MAVZU. AXBOROT RISKLARINI SUG„URTALASH
7.1. Axborot xavfsizligini ta‟minlashning iqtisodiy mohiyati va nazariy
asoslari
Jahon iqtisodiyoti rivojlanish yo‗lida borar ekan, unda katta hajmdagi
axborot oqimlariga bog‗liqligi o‗sib borishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Axborot va aloqa texnologiyalarining rivojlanishi bilan sub‘ektlar o‗rtasida
turli xildagi axborot almashinuvi sohasida o‗zgarishlar yuz berdi, bu
hozirgi jamiyatning ko‗plab masalalarini axborot texnologiyalari
yordamida tezkorlik bilan yechish imkonini yaratdi. Shunday bo‗lsada,
asosida dunyoviy va milliy axborot makoni yotgan hisoblash tizimlari va
tarmoqlarining doimiy ravishda murakkablashib borayotgani hozirgi
zamon jamiyati oldiga axborot xavfsizligini ta‘minlashday murakkab
vazifani qo‗ymoqda. Ma‘lumotlarni muhofazalash texnologiyalari yil
sayin takomillashib bormoqda, ammo himoyaning zaifligi kamayish
o‗rniga doimiy ortib bormoqda. Zamonaviy iqtisodiyotning har qanday
faoliyati axborot texnologiyalarining u yoki bu darajada qo‗llanishiga
asoslangandir. Bank faoliyati ham, moliya bozorlari ham, biznes va ta‘lim
tizimi ham, aholi va davlatning faoliyat yuritishi ham bir butun holda
axborot texnologiyalari bilan bog‗liq. Chunki dunyodagi asosiy moliyaviy
oqimlar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali o‗tmoqda. Shuning uchun
axborotni muhofazalash tizimlarini korxonalarda, investitsiyalarni jalb
etishda, ishlab chiqarishni tashkil etishda ham zarurat tug‗ilmoqda.
Axborot xavfsizligi asosan 3 ta masalani - maxfiylik, butunlik va
ishonchlilik masalasini hal qilishga qaratilgan. Maxfiylik deganda,
axborotni egasining ruxsatisiz yoki kalitisiz o‗qib bo‗lmaydigan holga
keltirish va boshqa yo‗llar bilan axborotni muhofaza qilish tushuniladi.
Butunlik deganda, axborot va dasturli ta‘minotning aniqligi va to‗liqligini
muhofaza qilish tushuniladi. Ishonchlilik deganda axborotning to‗g‗ri
qabul qilinish hamda axborot kim tomonidan yuborilganligini aniqlay
bilish xususiyati tushuniladi
26
. D.A.Lavsov axborot xavfsizligini fuqarolar,
alohida guruhlar va aholi ijtimoiy guruhlarining hayotiy faoliyati va ish
yuritishlarida sifatli hamda muhofazalangan axborot resurslaridan
foydalana olish imkoniyatini yaratish sifatida qaraydi
27
. U kelajakda inson
26
O‘zbekiston Respublikasi ―Axborotlashtirish to‘g‘risida‖gi Qonun.
27
Ловцов Д.А. Информационная безопасность больших эргатических систем:
концептуальные аспекты. М., 1998.
72
axborot ―arbobi‖ sifatida yagona axborot muhitining tarkibiy qismiga
aylanadi, deya qayd etadi. Shu munosabat bilan u quyidagi uchta: aqliy,
hissiy va faoliyatga oid bilim turlarini egallashi lozim. Bugungi kunda
davlat miqiyosida axborot xavfsizligiga ikkita yondoshuv mavjud. Ijtimoiy
soha mutaxassislari axborot xavfsizligini maxfiy institutga taalluqli, deb
hisoblaydilar. Boshqa tuzilmalar esa axborot xavfsizligini amalda axborot
sohasi bilan tenglashtiradi. O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‗ra,
axborot xavfsizligi deganda, uning axborot sohasidagi shaxs, jamiyat va
davlatning muvozanatga keltirilgan manfaatlarining umumiyligi bilan
belgilanadigan
milliy
manfaatlarining
muhofazalanganlik
holati
tushuniladi
28
. Bugungi kunda axborot xavfsizligi va axborotni
muhofazalashning ilmiy - metodologik asosini rivojlantirish masalasi o‗ta
dolzarb hisoblanadi. Axborotni muhofaza qilish ham ichki, ham tashqi
muhitdan kiradigan biron-bir axborot tizimining salbiy ta‘sirilardan,
shuningdek,
ko‗rilayotgan tizimdan tashqi muhitga chiqayotgan
axborotning salbiy ta‘siridan himoyalashning ma‘lum usul va vositalarini
qo‗llashdan iboratdir. Bu muammoning dolzarbligi shundan iboratki,
axborot ham insonga, ham texnikaga ijobiy bo‗lgani kabi, salbiy tomondan
ham juda katta ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Jumladan, kishilarda yomon
kayfiyat qo‗zg‗ab, ularning axloqini buzishi, kompyuterga maxsus
moslama o‗rnatish orqali esa tashqaridan turib uni safdan chiqarishi yoki
uning ishini bo‗lib qo‗yishi mumkin. Bizning nazarimizda, axborot
tahdididan
himoyalash
muammosi
axborotni
muhofaza
qilish
muammosidan ancha jiddiy, negaki, bu tahdidning ta‘sirini, odatda
aniqlash qiyin, ya‘ni ular doim ham ochiq-oydin ko‗rinmaydi. Shu bilan
birga, axborot tahdididan himoyalash texnik qarorlardan ko‗ra, birinchi
navbatda tashkiliy va huquqiy xarakterdagi qarorlarni, buning ustiga ham
davlat, ham davlatlararo, ham xalqaro doiradagi qarorlarni ishlab chiqishni
va joriy etishni talab qiladi. Axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi
axborot, kompyuter texnologiyalari sohasidagi, turli iqtisodchi va olimlar
turlicha ta‘riflaydigan yangi tipdagi jamiyat va iqtisodiyotni shakllantirish
sohasidagi zamonaviy axborotlashgan jamiyat shakllanishi tendensiyalari
bilan belgilanadi. Amerikalik sotsiolog K.Krouford hozirgi zamon
jamiyatini ― bilimlar jamiyati sifatida ta‘riflaydi. Bu jamiyatda asosiy rol
bilimga beriladi, yangi bilim yangi texnologiyalarning paydo bo‗lishiga
28
«Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон
Республикаси Қонуни 12.12.2002 й. N 439-II.
73
olib keladi, bu pirovard natijada dunyoni yangicha ko‗rishning yuzaga
kelishiga sabab bo‗ladi.
Hozirgi paytda dunyoda axborotlashgan jamiyat jadal shakllanib
bormoqda. Bu quyidagilarda namoyon bo‗ladi
29
: birinchidan, an‘anaviy
bozorlar (xom ashyo, mehnat bozorlari) bilan bir qatorda axborot bozori
vujudga kelmoqda. Axborot texnologiyalari bozori eng dinamik rivojlanib
borayotgan bozor hisoblanadi. Butun jahonda kompyuter texnikasiga
bo‗lgan talab o‗sib bormoqda, dunyo telekommunikatsiyasi bozori yiliga
milliardlab
dollar
daromad
keltirmoqda.
Ikkinchidan,
axborot
texnologiyalari jihatdan eng rivoj topgan mamlakatlar o‗z iqtisodiyotini
noishlab chiqarish sektorini rivojlantirish uchun qayta ixtisoslashtirmoqda.
Bu mamlakatlarda bilim, axborot ishlab chiqarish, axborot xizmati va
mahsulotlari bilan bog‗liq bo‗lgan barcha sohalar an‘anaviy sanoatdan
ko‗ra tez rivoj topmoqda va ularning iqtisodiy rivojlanishida yetakchi o‗rin
tutmoqda. Uchinchidan, hamma joyda shaxsiy (personal) kompyuterlar,
dasturiy ta‘minot, aloqaning turli tarmoqlari tarqalib bormoqda.
To‗rtinchidan, barcha axborot resurslari, mahsulotlari, xizmatlari uchun
erkin foydalanish ko‗lami kengayib bormoqda. Axborot inson uchun
noyob va abadiy resursga aylanmoqda. Uning noyobligi hozirgi sharoitda
faqat kuchayib bormoqda. Bizning nazarimizda, axborotning inson,
jamiyat, iqtisodiyot uchun asosiy vazifasi va muhimligi undan foydalanish,
unga murojaat etishdan iborat. Shu bilan birga axborot voqealar va
hodisalar haqida xabar yetkazish manbai; qarorlar qabul qilishda resurs;
jamiyat va insonga salbiy ta‘sir etuvchi manba; aqliy mulk ob‘ekti; tovar
sifatida muomalada ishtirok etishi mumkin. Aynan bir sub‘ektdan
boshqasiga turli shakllarda o‗tib, axborot qiymatga ega bo‗ladi. Axborot
resurslari ishonchli axborotni samarali qo‗lga kiritish uchun tashkil etilgan
ma‘lumotlar majmuini o‗zida ifoda etadi. O‗zbekiston qonunchiligiga
ko‗ra, axborot resurslari – bu kutubxonalar, arxivlar, fondlar, ma‘lumotlar
banki, axborot tizimining boshqa shakllarida joylashgan alohida hujjatlar
va hujjatlar majmuidir. Axborot texnologiyasi - axborotni to‗plash,
saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatishni ta‘minlaydigan,
texnologik zanjirga birlashtirilgan ishlab chiqarish va dasturiy – texnologik
vositalarining jami uslublaridir
30
. Axborot tizimi muayyan korxonada
biznes yuritishning shakllangan modelini o‗zida namoyon qiladi. Uning
29
Глобальное видение, как элемент выработки и принятие стратегических
интересов. Доклад РИСИ. М., 1998.
30
A.N.Aripov va boshq. Axborot kommunikatsion texnologiyalari izohli lug‘ati.
Т.2004, 36-37 b.
74
yordamida bu yerda yuz berayotgan barcha asosiy jarayonlar aks etadi.
Kompaniyaning axborot tizimi (yoki korporativ axborot tizimi)
proeksiyalangan murakkab multimodelli ob‘ekt sifatida qaraladi va
quyidagi an‘anaviy elementlarni o‗z ichiga oladi: tarmoq, kompyuter,
telekommunikatsiya uskunalari; dasturiy ta‘minot, axborotni muhofazalash
usullari; xizmat ko‗rsatmalari (instruksiyalari); ichki va tashqi kabel
tarmoqlari. Fikrimizcha, axborot bozori axborot mahsulotlari va
xizmatlari, axborot texnologiyalari savdosi bo‗yicha iqtisodiy, huquqiy va
tashkiliy munosabatlar tizimini o‗zida ifoda etadi. Axborot bozorini
axborot faoliyati natijasida yuzaga keladigan mahsulotlar oldi – sotdisi
borasidagi iqtisodiy munosabatlarning majmui sifatida tushunish ham
mumkin. Axborot riski korxona axborot tizimiga ichki va tashqi
kompyuter hujumi tahdidini, buning natijasida tizimdagi axborotning,
birinchi navbatda, maxfiy ma‘lumotlarning o‗g‗irlanishi, zarar ko‗rish yoki
almashtirilishi xavfini o‗zida ifoda etadi. Ya‘ni, axborot riski – bu
korxonalarda axborot texnologiyalarini qo‗llash natijasida yuzaga kelishi
mumkin bo‗lgan zarar yoki shikast ko‗rishning ehtimollik darajasidir.
Shunday qilib, axborot risklari elektron tashuvchilar va boshqa aloqa
vositalari yordamida har qanday axborotni uzatish, saqlash, undan
foydalanish bilan bog‗liq. Ilmiy va o‗quv adabiyotlarida so‗nggi paytlarda
axborot aktivlari tushunchasini tez-tez uchratish mumkin. Qayd etish
joizki,
axborot
aktivlari
sub‘ektning (jismoniy shaxsning yoki
korxonaning) qimmatli resursi hisoblanadi. Aktiv tushunchasining o‗zi pul
qiymatiga ega bo‗lgan va mulk egasiga muayyan daromad keltiruvchi
biron-bir mulk yoki ob‘ektni bildiradi. Hozirgi paytda aynan axborot
ko‗pchilik xo‗jalik sub‘ektlari uchun u biznesda aniq foyda keltiruvchi
asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |