O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

 
 
1.2. Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va 
notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari 
Loyihalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

O’lchamchilik – loyiha bo’yicha faoliyat va kutilayotgan natijalarni 
miqdoriy ifodalash imkoniyatlarini mavjudligi. 
1. 
Vaqt bo’yicha cheklanganligi – loyihani ishlab chiqish hamda amalga 
oshirish muddatlarining cheklanganligi. 

Aloxida faoliyat turlari bilan bog’liq hodisalarning aniq belgilangan 
ketma-ketligi. 
4. Maqsadga yo’naltirilganligi. 
Investitsiya loyihalari, odatda, korxona ko’lamida amalga oshiriladi. Shunga 
muvofiq, korxona ko’lamida loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: 
I. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday 
investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarni almashtirish, xodimlarning malakasini 
oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko’chirish asosida 
firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat. 
II. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday 
investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar hisobiga oldindan shakllangan bozorlar 
uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun qilinadigan 
investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar va 
ko’rsatilmagan xizmatlar turlarini vujudga keltirish, yoki ilgari ishlab chiqarilgan 
tovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi. 


16 
IV. Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarish uchun qilinadigan 
investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsulot standartlari talablarini bajarish uchun 
sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda tavakkalchilik 
darajasi har xil bo’lishi asos qilib olingan.
Yuqorida keltirilganlardan birinchi va to’rtinchi tur investitsiyalarida tavakkal 
xavfi darajasi past, qolgan ikkitasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda avval ma’lum 
bo’lmagan mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash uchun 
investitsiya sarfi katta tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli ham uchinchi guruh 
investitsiyalari tavakkalchilik xavfi eng yuqori bo’lgan investitsiyalardir.
Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiyalarda tavakkalchilik xavfi 
yangi ishlab chiqarishga qilingan investitsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni paytda 
samaradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon qabul qilgan 
tovarlarning sifatini oshirish, tannarxini kamaytirishni ko’zda tutgani uchun ham, 
ularda 
tavakkalchilik 
xavfi 
darajasi 
ikkinchi 
va 
uchinchi 
guruhlar 
investitsiyalarinikidan ancha past bo’ladi. Xuddi shu kabi davlat boshqaruv idoralari 
talablarini bajarishga sarflangan investitsiyalarning tavakkalchilik xavfi darajasi 
ancha kichik hisoblanadi.
Loyihalarning turlariga tasniflanish va bo’linmalariga mos ravishda loyihalarni 
bir-biridan ajratib turadigan bir necha xususiyatlari va odatiy shartlarni ajratish 
mumkin. Shunga ko’ra, uning quyidagi turlarini bilish zarur. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə