17
2. Ilmiy izlanish va rivojlanish loyihalari.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish, qurilish sohasidagi
izlanishlar yoki yangi
informatsion boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish quyidagi xususiyatlar bilan
xarakterlanadi: loyihaning bosh maqsadi aniq belgilangan, lekin,
aloxida maqsadlar
xususiy natijalarga erishishi doirasida aniqlanishi kerak; loyihaning yakunlanishi va
davomiyligi muddati oldindan aniqlangan, ularga iloji boricha aniq rioya etish zarur,
ammo ular olingan oraliq natijalar va loyihaning umumiy siljib borishiga bog’liq
hamda to’g’rilanishi
ham kerak; loyihaning xarajatlar rejasi odatda ajratilgan
assignatsiyalar va oz miqdorda loyihani xaqiqatda siljib borishiga bog’liq; asosiy
cheklashlar quvvatlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan bog’liq
(uskunalar va mutaxassislar).
Qoidaga asosan, mavjud quvvatlar loyihaning
xarajatlari va uning tayorgarlik muddatini aniqlab beradi.
3. Tashkiliy masalalar.
Korxonani qayta qurish, yangi boshqaruv
tizimining konsepsiyalarini
realizatsiya qilish, yangi tashkilotni tuzish yoki xalqaro forum o’tkazish
(kinoforumlar, ko’rgazmalar – texnika, sanoat, qishloq xo’jaligi, shaxsiy ijodiy, turli
davlat va xalqaro tashkilotlar uchrashuvini o’tkazish, yillik hisobot uchun kengash
yig’ilishini tashkil etish kabilar) – loyiha sifatida quyidagicha xarakterlanadi:
loyihaning maqsadlari oldindan aniqlangan, biroq loyiha natijalarini
sifat va miqdor
jixatdan birinchi ikkita holatga nisbatan aniqlash qiyinroq, chunki ular tizimning
tashkiliy jixatdan yaxshilashi bilan bog’liq; muddat
va davomiylik taxminan
belgilanadi; resurslar imkoniyat doirasida belgilanadi; loyiha xarajatlari aniq
belgilanadi va iqtisodiy nazoratga qo’yiladi; biroq loyihaning siljib borishi yuzasidan
to’g’rilanish (korrektirovka)ni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: