O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

1. Investitsion loyihalar. 
Uylarni qurish, tashkilotlarni qayta qurish yoki asoslarni barpo qilish – bu 
shunday loyihalarni, ular uchun quyidagilar aniqlangan va belgilangan: loyiha 
maqsadi (masalan, uy maydonining kv.m. mahsulotning ishlab chiqarish xajmi, 
o’lchami va profili): bitimning muddati va davomiylik; loyiha xarajatlari, loyihaning 
talab qilingan resurslari va xaqiqatdagi qiymati birinchi o’rinda ishlarning bajarilish 
yo’nalishi va har bir loyihaning ilgarilab borishiga bog’liq bo’ladi. Talab qilinayotgan 
quvvat bu tur loyihalar uchun bosqichlar jadvali va tayyorgarlik muddati hamda 
loyihaning yakunlanishi asosida taqdim qilinishi kerak.
 


17 
2. Ilmiy izlanish va rivojlanish loyihalari. 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish, qurilish sohasidagi izlanishlar yoki yangi 
informatsion boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish quyidagi xususiyatlar bilan 
xarakterlanadi: loyihaning bosh maqsadi aniq belgilangan, lekin, aloxida maqsadlar 
xususiy natijalarga erishishi doirasida aniqlanishi kerak; loyihaning yakunlanishi va 
davomiyligi muddati oldindan aniqlangan, ularga iloji boricha aniq rioya etish zarur, 
ammo ular olingan oraliq natijalar va loyihaning umumiy siljib borishiga bog’liq 
hamda to’g’rilanishi ham kerak; loyihaning xarajatlar rejasi odatda ajratilgan 
assignatsiyalar va oz miqdorda loyihani xaqiqatda siljib borishiga bog’liq; asosiy 
cheklashlar quvvatlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan bog’liq 
(uskunalar va mutaxassislar). Qoidaga asosan, mavjud quvvatlar loyihaning 
xarajatlari va uning tayorgarlik muddatini aniqlab beradi. 
3. Tashkiliy masalalar. 
Korxonani qayta qurish, yangi boshqaruv tizimining konsepsiyalarini 
realizatsiya qilish, yangi tashkilotni tuzish yoki xalqaro forum o’tkazish 
(kinoforumlar, ko’rgazmalar – texnika, sanoat, qishloq xo’jaligi, shaxsiy ijodiy, turli 
davlat va xalqaro tashkilotlar uchrashuvini o’tkazish, yillik hisobot uchun kengash 
yig’ilishini tashkil etish kabilar) – loyiha sifatida quyidagicha xarakterlanadi: 
loyihaning maqsadlari oldindan aniqlangan, biroq loyiha natijalarini sifat va miqdor 
jixatdan birinchi ikkita holatga nisbatan aniqlash qiyinroq, chunki ular tizimning 
tashkiliy jixatdan yaxshilashi bilan bog’liq; muddat va davomiylik taxminan 
belgilanadi; resurslar imkoniyat doirasida belgilanadi; loyiha xarajatlari aniq 
belgilanadi va iqtisodiy nazoratga qo’yiladi; biroq loyihaning siljib borishi yuzasidan 
to’g’rilanish (korrektirovka)ni talab qiladi. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə