O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

Kapital qurilish
– yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya 
qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, ob’ektlar va vositalarni 
mukammal ta’mirlash, shu jumladan, loyiha-qidiruv ishlarini bajarish. 
Konsortsium
(lot. consortium – shirkat, ishtirok etish) – 1) kompaniyalar, 
banklarning kapitaltalab, juda keng ko’lamdagi iqtisodiy loyihani amalga oshirish 
yoki qarzlarni hamkorlikda joylashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi; 2) 
bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning 
muvaqqat birlashmasi. 
Kon’yunktura
– bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holat 
(asosan, talab hamda taklif nisbati va u bilan bog’liq bo’lgan narxlar darajasi orqali 
yuzaga keladi). 
Korxonaning innovatsiya salohiyati
– korxonaning yangiliklarni joriy qilish 
yordamida bozor sharoitlarida faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida 
korxonaning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish qobiliyati. 
Korxonaning innovatsiya salohiyati tashkilotning ichki innovatsiya jarayonidagi barcha 
bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf me’yorlari asosida) bir maromda 
kechishiga imkon beradi. 
Kredit 
(lot. creditum – qarz, credo – ishonaman)
 
– pul mablag’lari, tovar va 
xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to’lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum 
muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablag’ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, 
korxona, xususiy shaxs va boshq.), ssuda oluvchi tomon debitor (qarzdor) deyiladi. 
Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan 
rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi 
iqtisodiy munosabatdir. Lekin, har qanday qarz munosabati ham kredit bo’la olmaydi. 


271 
Kredit munosabatida olingan mablag’ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq 
(kelishilgan foizda) to’lanishi, muddatli, ma’lum tovar va nomoddiy aktivlar bilan 
ta’minlangan bo’lishi, maqsadli ishlatilishi shart.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə