O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

Rezidentlar 

 
kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo’lmagan 
muddatda yashagan, O’zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo’lgan va bo’lmagan 
soliq to’lovchilardan iborat. Shu mamlakatning rezidentlarining daromadlari shu 
mamlakatda soliqqa tortilishi shart. 
Risk
– bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan 
ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lib qolish 
ehtimoli. Risk kutilishi mumkin bo’lgan xatar bo’lib, investitsiyadan mo’ljallangan 
foydani olish jarayoniga xos bo’lgan umidsizlik. 
Sarmoya
(fors.-tojik. – bosh va mablag’) – asosiy savdo mablag’i. Sarmoya 
o’zining kelib chiqishi jihatidan savdo kapitali yoki savdo mablag’idir. Ko’pgina 


278 
iqtisodiy adabiyotlarda sarmoya investitsiya deb ham ataladi. 
Sinditsiyalashtirilgan kredit 
– bir necha banklar tomonidan yirik 
investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash.
Smeta
(rus.) – oldindan tuzilgan kirim-chiqim hisobi. 1) xarajatlar smetasi – 
mahsulot ishlab chiqarish, ish, xizmatlarni bajarish bo’yicha to’liq xarajatlar hisobi
2) daromadlar va xarajatlar smetasi – korxona, tashkilot, muassasaning xo’jalik 
faoliyatini moliyalashtirishda foydalaniladigan pul mablag’lari tushumlari va uni 
sarflash bo’yicha hujjatlashtirilgan buxgalteriya rejasi. Ba’zan ishlab chiqarishga, 
ob’ektlarni qurishga alohida xarajatlar smetasi tuziladi; 3) smeta bo’yicha 
moliyalashtirish –xarajatlarni qoplash uchun taqdim etilgan xarajatlar hisoblariga 
ko’ra davlat byudjetidan pul mablag’lari ajratish. 
Soliqlar 

 
qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo’yicha xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlardan va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy byudjetga 
olinadigan majburiy to’lovlar.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə