O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

Soliq og’irligi (yuki)
– davlat va jamiyat hayotida soliqlarning rolini 
xarakterlab (ko’rsatib) beradigan eng umumlashgan ko’rsatkich. Ishlab chiqarishning 
umumiy hajmi va daromadlarda soliq ajratmalarining salmog’ini (hissasini) 
ko’rsatuvchi, bozor iqtisodiyotining amalga oshirilayotgan modelidan kelib 
chiqadigan o’lcham. Soliq yig’imlarining jami milliy mahsulotga (yalpi ichki 
mahsulotga) nisbati bilan aniqlanadi.
Soliq imtiyozi
– soliq to’lovchi soliq majburiyatlari hajmining to’liq yoki 
qisman qisqarishi, to’lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi. 
Soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga 
oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish ob’ektining o’zgarishida, soliqqa tortish 
bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va 
boshqalarda o’z ifodasini topadi.
 
Soliq stavkasi
– soliqqa tortish birligiga to’g’ri keluvchi soliqning hajmi 
(miqdori, darajasi). 


279 
Soliq tizimi
- mamlakat doirasida (hududida) to’lovchilardan (yuridik va 
jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa 
to’lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yig’indisi. 
Ssuda 
(rus.) – moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to’lash va qaytarib berish 
sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik.
Ssuda kapitali
– vaqtincha foydalanib qaytarish, ma’lum foiz haq to’lash 
sharti bilan qarzga beriladigan pul kapitali. Ssuda kapitalining iqtisodiy ma’nodagi 
o’ziga xos xususiyati shundaki, u foiz ko’rinishida foyda keltiradi. 
Subventsiya
(lot. subvenire – yordamga kelmoq) – markaziy organlar 
tomonidan muayyan tadbirni, ob’ektni maqsadli moliyalash uchun ajratiladigan pul 
nafaqasi. Maqsadli foydalanish talablari buzilganda subventsiya uni bergan organ 
tomonidan qaytarib olinadi. Davlat ma’qullagan iqtisodiy va madaniy rivojlantirish 
dasturlari, loyihalari subventsiya orqali pul bilan ta’minlanadi.
Subsidiya
(lot. subsidium – yordam, nafaqa, qo’llab-quvvatlash) – davlat 
byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag’lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik 
shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag’i yoki 
natura shaklidagi yordam. Subsidiyalar davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti 
bilan ajratiladi.
Sug’urta
– 1) tabiiy ofatlar, har xil baxtsiz hodisalar ro’y berishi natijasida 
ko’rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to’lash uchun maqsadli pul 
jamg’armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy 
munosabatlar tizimi; 2) yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta 
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta 
hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta 
tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə