282
egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti ko’rinishidagi davlat yoki mahalliy
boshqaruv idoralari korxonasi. Unitar korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga
tegishli jami mol-mulki bilan javob beradi, lekin, mol-mulk egasi majburiyatlari
bo’yicha javobgar emas.
Ustav kapitali
– aktsiyadorlik jamiyati ustavida qayd etilgan pul ifodasidagi
dastlabki, boshlang’ich kapital. Ustav kapitali aktsiyalar sotishdan tushumlar,
ta’sischilarning xususiy qo’yilmalari va davlat qo’yilmalari hisobidan yuzaga keladi.
Ustav kapitaliga badallar faqat pul mablag’lari ko’rinishida emas,
balki mulk
shaklida, masalan, imoratlar, er, shuningdek, intellektual mulk ob’ektlari: patentlar,
litsenziyalar, loyihalar shaklida ham bo’lishi mumkin.
Ustav kapitali balansning
passivida qayd etiladi.
Ustav fondi
– ta’sischilar – ishtirokchilarning o’zlari tashkil etgan kompaniya,
xo’jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul
mablag’lari majmui. Ustav fondi kompaniyaning xo’jalik faoliyatidan olinadigan
foyda hisobiga ko’payib borishi mumkin. Ustav fondi kompaniya, jamiyatning asosiy
va aylanma mablag’lari qiymatini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: