285
Vashintongda.
Xarajatlar
, sarf-xarajatlar, chiqimlar – tovarlarni ishlab chiqarish va muomala
jarayonida turli resurslar (xom ashyo, materiallar, mehnat,
xizmatlar, mablag’lar)
sarflari bilan bog’liq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, ishlab chiqarish va
muomala xarajatlariga bo’linadi.
Xususiy mulk
– ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor
iqtisodiyotidagi xilma-xil mulklar orasidagi etakchi mulk shakli. Xususiy mulkning
ob’ekti moddiy va moliyaviy boyliklar,
ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, er,
suv, er osti boyliklari, korxonalar, xo’jaliklar, aktsiya va obligatsiyalar, pul
mablag’lari,
transport vositalari, turar-joy, iste’mol tovarlari, mehnat qobiliyati,
ishbilarmonlik mahorati,
ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, san’at va adabiyot
asarlari va boshqalar bo’lishi mumkin.
Xususiy sektor
– iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo’jalik yuritishning
erkin bozor usullariga, iqtisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi.
Bozor
iqtisodiyoti davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. O’z navbatida, nodavlat sektori
xususiy va jamoa sektorlariga bo’linadi. Xususiy sektor nodavlat sektorining bosh
bo’g’ini.
Dostları ilə paylaş: