O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

Xususiylashtirish
– davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 
sub’ektlarga o’tishi jarayoni, xilma-xil mulkchlikni shakllantirish, iqtisodiyotni 
davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridan biri. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
xususiylashtirishdan tashqari shu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini 
vujudga keltirishni ham nazarda tutadi. 
Yirik investitsiya loyihasi
– umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi 
darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasi. 
Chet el investitsiyalari 
– chet ellik investorlar, asosan, daromad (foyda) olish 
maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi 
faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va 
ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek
chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad.
 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
– aktsiyalarining (ulushlari, 


286 
paylarining) yoki ustav jamg’armasining kamida o’ttiz foizini chet el investitsiyalari 
tashkil etadigan korxonalar. Ular O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid 
kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko’rsatadilar. Chet el 
investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni ta’sis etish yo’li bilan yoki ilgari chet el 
investitsiyalari ishtirokisiz ta’sis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, 
aktsiyalarini) yohud bunday korxonani butunlay, shu jumladan, xususiylashtirish 
jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi 
mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat ro’yxatiga olingan 
paytdan e’tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo’ladi. Chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi korxonalar tashkil etish va ularni davlat ro’yxatiga olish tartibi 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Chek
(fors.-toj – pul hujjati) – 1) bankdagi hisobvaraq egasining muayyan 
summadagi pulni biror shaxsga to’lash to’g’risida bankka yoki kredit muassasasiga 
yo’llagan yozma buyrug’i, farmoyishi; pul hujjati, qimmatli qog’oz turi; 2) chakana 
savdoda kassaning xaridordan pulni qabul qilib olgani to’g’risidagi pattasi. 
Egalik huquqi 
– mulk huquqiga tegishli tushuncha; mulkni qo’lda (ya’ni 
mulkning bevosita mulkdorning o’zida bo’lishi) yoki biron joyda (masalan, bankda, 
lombardda) saqlab turish bilan izohlanadi. 
Eksport
(ingl. export, lot. exporto – olib chiqaman, chetga chiqaraman) – 
tovarlar, xizmatlar, investitsiyalar, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar va boshqalarni 
tashqi bozorga chiqarish. 
Emissiya 
(lot. emission – chiqarmoq, ishlab chiqarmoq) – muomalaga bank 
biletlari, barcha shakllardagi pul belgilari va qimmatli qog’ozlar chiqarish. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə