280
ro’y bergan chog’da sug’urtalangan shaxsning zararlarini
qoplash majburiyatini
o’ziga oluvchi tashkilot.
Sug’urta mukofotlari (to’lovlari)
– sug’urta qilinuvchilar tomonidan
sug’urtalovchilarga to’lanadigan badal pullari bo’lib, ularning
miqdori va hisoblash
tartibi sug’urta shartnomasi bilan belgilanadi va ham so’m, ham chet el valyutasida
to’lanadi.
Sug’urta polisi
, sug’urta vasiqasi – sug’urta
shartnomasi yuridik kuchga
kirganini tasdiqlaydigan hujjat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat
– O’zbekiston Respublikasi
yuridik va jismoniy
shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro
tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga
qaratilgan faoliyati.
Tizimli risklar
(investitsiya portfeli risklari) – bu xatar ta’siriga ba’zi bir
qimmatli qog’ozlar emas, balki butun bozor, uning katta bir qismi risklarga uchraydi.
Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’pchilik
emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin:
foiz riski; valyuta
riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar
– xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar
yoki ularning
majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki
tarmoqning qimmatli qog’ozlari kiradi:
tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar;
nolikvidlilik riski.
Dostları ilə paylaş: