O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

Monopoliya
(yun. mono – tanho, poleo – sotaman) – iqtisodiyotning bir 
sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. 
Moddiy xarajatlar 

 
xom ashyo
 
va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, 
yoqilg’i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat.
Mehnat unumdorligi
– ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining 
foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi. Mehnat unumdorligi ishlovchining 
ma’lum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan 
o’lchanadi.
 
Mehnat unumdorligining o’sishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda 
mehnat sarfining kamayishi demakdir. 
Mualliflik huquqi
– keng ma’noda – fan, adabiyot va san’at asarlarini 
yaratish, foydalanish va huquqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni 
tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisi; fuqarolik huquqining bir bo’limi. Tor 
ma’noda – asar muallifiga tegishli bo’lgan va qonunlarda mustahkamlanib qo’yilgan 
shaxsiy va mulkiy huquqlar tizimini tashkil etadi.
Narx
, baho – tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal 
qiluvchi iqtisodiy dastak. 
Nominal qiymat
(lot. nominalis – nomi yozilgan) – pul belgilari, banknotlar, 
qimmatli qog’ozlarning ustiga yozib qo’yilgan qiymati, narxi. 
Nou-xau
(ingl. know how – qandayligini bilaman), ishlab chiqarish siri – hali 
hammaga ma’lum bo’lmagan va keng tarqalmagan yangi ilmiy-texnikaviy, ishlab 
chiqarish-texnologik, boshqarish, moliyaviy-iqtisodiy, tijoratga oid bilimlar majmui 
va ularni amaliyotda qo’llash tajribalari; ularga tanho ega bo’lish. U korxona uchun 
ham, shaxs uchun ham muayyan ustunlikni ta’minlaydi.
Noaniqlik
(mavhumlik) – investitsiya loyihasini amalga oshirish shart-
sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning to’liq yoki aniq emasligi. 


275 
Obligatsiya 
– foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz. Davlat 
organlari tomonidan byudjet defitsitini qoplash uchun va aktsiyadorlik jamiyatlari 
tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə