O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

Kreditga layoqatlilik
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qisqa va uzoq 
muddatli qarzlar va ular bo’yicha foizlarni o’z vaqtida qaytara olish, qarzga xizmat 
ko’rsatishni ta’minlay olish imkoniyatidir. Korxona qanchalik kreditga layoqatli, 
to’lovga qobilli bo’lsa, u shunchalik bankrotlikdan himoyalangan hisoblanadi. 
Ko’chmas mulk
– er bilan mustahkam bog’liq bo’lgan er maydonlari, alohida 
bo’lgan suv ob’ektlari, o’rmonlar, ko’p yillik o’simliklar, binolar, inshootlardan 
iborat. 
Lizing
(ingl. lease foydalanish) – 1) mashina, asbob-uskuna, transport 
vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli 
foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri; 2) ijara 
munosabatlarining alohida turi bo’lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi 
tarafning (lizing oluvchining) topshirig’iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) 
lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’ektini) mulk qilib sotib 
oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va 
foydalanish uchun lizing oluvchiga o’n ikki oydan ortiq muddatga beradi. 
Lizing to’lovlari 
– lizing beruvchining lizing ob’ektini olish uchun qilgan 
xarajatlarining hammasi yoki ko’p qismi, shuningdek, lizing ob’ektini etkazib berish 
va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog’liq 
bo’lgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing 
beruvchining daromadi. Lizing to’lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga 
taqsimlanadi va bo’lib-bo’lib to’lanadi. Lizing to’lovlarining miqdorlari va davriyligi 
lizing shartnomasi bilan belgilanadi. 
Lizing ob’ektlari 
– tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol 
qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, 
binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko’char va ko’chmas 
mulklar. 
Litsenziya 
– u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo’jalik ishlab chiqarish va 


272 
ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum bir turi va miqdorini 
eksport yoki import qilishga davlat yoki boshqaruv mahalliy organlarining rasmiy 
ruxsati. 
Markaziy bank
– mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib 
chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat 
banki. Markaziy bank «banklarning banki» bo’lib, pul muomalasini tartibga solishda 
va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ 
hisoblanadi. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə