O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti «Tarix» fanidan mustaqil ishi mavzu



Yüklə 69 Kb.
səhifə1/2
tarix07.05.2023
ölçüsü69 Kb.
#108917
  1   2
Ergashev Oybek




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TURON ZARMED UNIVERSITETI
«Tarix » fanidan

MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Ōzbrkistonning SHHT bilan hamkorlik munosabatlari

Bajardi: 4-6-IQTS-22 GURUH talabasi Ergashev Oybek
Tekshirdi:

Reja:
1. O’zbekiston va jahon hamjamiyati O’zbekistonning teng xuquqli sub‘ekt sifatida kirib kelishi.


2. Jahon hamjamiyati va demokratik jarayonlar.
3. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan o’zaro manfaatli aloqalari.

Xalqaro siyosiy munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlar har bir tarixiy davrda o’z aksini topib keldi. Masalan, XX asrdan XX1 asrga o’tish bosqichida dunyoda ikki qutbli siyosiy munosabatlar davri yo’qolib, ko’p qutbli siyosiy munosabatlar davriga o’tilgan bir paytda yashamoqdamiz. Buning ma‘nosi shundaki, ilgari yer yuzida bir-biriga tubdan qarama-qarshi ikkita katta siyosiy lager-kapitalistik va kommunistik lagerlar mavjud bo’lib, ular jahon miqyosidagi qarama-qarshiliklarning ikki qutbini tashkil etar va yer yuzida butun jahon urushining boshlanib ketishiga zamin bo’lib kelar edi. Bu kuchlarning kommunistik lager yetakchisi SSSRning parchalanishi, jahon kommunistik tuzumining ham parchalanishiga sharoit tug’dirdi. 1955 yil 14 martda tashkil etilgan Varshava shartnomasiga kiruvchi davlatlar ittfoqi ham tarqalib ketdi. SSSRning paryaalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat tarkib topib, dunyodagi davlatlar soni 229 taga oshib ichida O’zbekiston ham bor.


XX1 asr bo’sag’asida dunyoda tub o’zgarishlar ro’y bersada, dunyo xalqlariga xavf solib turgan “sovuq urush” siyosati tugasada, dunyo hamon muammosi va murakkab bo’lib qolmoqda.
Bu borada Prezidentimiz I. Karimov shunday deb yozadi: “Hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo’lsada, turli xil maqsad manfaatlarni ifoda etuvchi mavkuralar tortishuvi to’xtagani yo’q. Ochiq aytish kerakki, bu tortishuvlardan ko’zlangan asosiy maqsad – inson avvalambor, yoshlar qalbini egallash; muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoki xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg’ulariga ta‘sir o’tkazish, uni o’z dunyoqarashiga bo’ysundirish, ma‘naviy jihatdan zaif vat obe qilish”. (O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda. 2000 yil, 329-330 betlar).
Bugungi kunda Yer yuzida turli xil davlatlar, xalqlar, millatlar, elatlar, turlicha dinlar, mazhablar o’rtasida bir-birini tushunishga, bir-birini anglashga, bir-birini qo’llab-quvvatlashga intilish kuchaygan. Bu bir-birining nuqtai-nazarlari bilan hisoblashishga, bir-biriga nisbatan toqatli bo’lishga da‘vat etadi.
CHunki, bunday muammolarni yechishga bitta davlat yoki bir mintaqada yashovchi aholining qurbi yetmaydi. Shunday vaziyatda ko’pchilik davlatlarning hamkorligi va ittifoqi kerak bo’ladi.
Asrimizning oxiriga kelib va XX1 asr arafasida insoniyat taraqqiyotida bundan buyongi rivojlanish juda ko’p omillar ta‘siri ostida jiddiy tarzda o’zgarib, tobora o’zaro bog’liqligi, yaxlitlikka va bir xillikka intilish zo’rayib borayotganligi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi. Hozir biz yashab turgan dunyo o’ta murakkab, rango-rang, jo’shqin, ehtiroslarga, ziddiyatlarga to’lib toshgan, bir-biriga qarama-qarshi an‘analar bilan yo’g’rilgan g’oyat murakkab muqobilliklar, tashvish va orzu-umidlar dunyosidir.
Biz yashab turgan hozirgi dunyo taraqqiyotining qonuniyatlaridan biri-uning birligi va yaxlitligi toton og’ishmay rivojlanayotganidir.
Hozirgi kunga kelib insoniyat qanchalik ijtimoiy, milliy, siyosiy, irqiy, diniy va boshqa belgilardan kelib chiqqan xilma-xil to’siqlar bilan turli guruhlarga ajratib tashlangan bo’lmasin, xalqlarning turmush tarzlarining hammasi bitta sayyora-Yerda istiqomat qiladilar, hamma uchun bir umumiy bo’lgan muhitda hayot kechiradilar.
Insoniyat taraqqiyoti muqarrar tarzda toborabirlik, yaxlitlik, bog’liqlik, hamjihatlik tomon yuksalib borib, pirovardida jahon hamjamiyatini umuminsoniy hamdo’stlik darajasida olib chiqadi va uni jahon miqyosida siyosiy boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. “Turkiston umumiy uyi”, “Osiyo –Tinch okean mintaqasi birligi”, “Amerika birligi”, “Afrika birligi”, “Atlantikadan Uralgacha umumovrupo uyi” va sh.k. g’oyalar real voqelikka aylanishi uchun hozirgi jahon siyosatining nazariy va ilmiy – metodologik tarzda tahlil qilinayotgan o’zaro bg’liqligi insoniyatga katta ishonch va umid bog’ishlaydi.
Haqiqatdan ham hozirgi dunyoning o’zaro bog’liqligi va ularning rivojlanishi dunyoning bir butunligidan kelib siqqan holda qurilmoqda. Chunki bir mamlakatga vujudga kelgan muammo boshqa mamlakatlarga ham o’z ta‘sirini ko’rsatmoqda. Bunday muammolarni hal qilish ko’pchilik mamlakatlar va xalqlar oldida turgan vazifalarga aylanib bormoqda.
Xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanishi bu munosabatlarda kelib chiqadigan turli xildagi ziddiyatlarga va ularni hal qilishga bog’liqdir. Zmiddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida bo’lgani singari xalqaro siyosiy munosabatlarning ham harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Buning ma‘nosi shundaki, xalqaro siyosiy munosabatlarda bu munosabatlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi muammolar paydo bo’lib turadi.
Hozirgi davrda xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan ziddiyatlar quyidagilardan iborat.
a) xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan muammolar bilan ularni hal qilish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
b) har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan ularning baynalminal manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
v) xalqaro siyosiy munosabatlarda ishtirok qiluvchi sub‘ektlarning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
g) xalqaro siyosiy munosabatlarni tartibga solish bilan uning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda ziddiyatlarni Biron-bir tomonning foydasiga hal etishga o’rinish bu munosabatlarda ko’plab noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham Prezidentimiz I. Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” asarida XX1 asrga kelib xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta‘siri “davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro birlashishga intilishni kuchaytirmoqda”, - deb ta‘kidlagani bejiz emas (T. 1995 yil, 59 bet).
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy – siyosiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollariga jihatidan qo’shni davlatlarga qaraganda qo’lay geosiyosiy-strategik imkoniyatlarga ega. O’zbekiston Markaziy Osiyoning o’rta va shimoliy qismida joylashgan. Shimoli-SHarqda Qirg’iziston, shimol va shimoli-G’arbda Qozog’iston, Janubi-G’arbda Turkmaniston, janubi-SHarqda Tojikiston, Janubda qisman Afg’oniston respublikalari bilan chegaradosh. Shuning uchun ham O’zbekiston O’rta Osiyoni Markazida joylashgani uchun ushbu mintaqada barqarorlikni ta‘minlash, hamkorlikni mustahkamlash va muvozanatni saqlash imkoniyatlariga ega.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida maydoni bo’yicha beshinchi, aholisi soni bo’yicha esa uchinchi o’rinda. Bu yerda Markaziy Osiyodagi jami aholining 1/3 dan ko’prog’i yashaydi. Respublikamiz oltin zaxiralari bo’yicha dunyoda to’rtinchi o’rinda uni qazib olish bo’yicha yettinchi o’rinda, mis zaxiralari bo’yicha 10-11 o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha 7-8 o’rinda turadi. Qadimdan Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan Buyuk ipak yo’li Yaponiyadan – Ispaniyagacha 12 ming km bo’lib, O’zbekiston hududi orqali o’tgan. Hozirgi kunda ham Osiyo va Yevropani tutashtiradigan yo’llar O’rta Osiyodan, uning markazida joylashgan O’zbekistondan o’tadi.
Ikkinchi savol: Hozirgi xalqaro munosabatlar va ularning rivojlanishini davlatlarning tashqi siyosatisiz tasavvur qilish mumkin emas. Tashqi siyosat-davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni xalqaro miqyosda jahon maydonida tartibga solib boshqarib turishini anglatadi. Ichki siyosat kabi tashqi siyosat ham o’zgaruvchan xususiyatga egadir. Shunga ko’ra barcha davlatlar uchun bir xildagi siyosatni ishlab chiqish va olib borish mumkin emas. Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqazo etadi ehtiyojlar, avvalo har bir mamlakatning milliy mafkuralaridan kelib chiqadi.
Davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni “kuchga tayangan holda” hal etish insoniyat boshiga og’ir musibatlarni keltiradi. Tarix shundan dalolat beradiki, yer yuzida keyingi 5 yarim ming yilning atigi 300 yiligina tinch va osoyishta o’tgan.
Qolgan vaqtlarda 15 mingdan ortiq urushlar bo’lib o’tgan. Bu urushlar birgina Yevropada XVII asrda 3 milion, XVIII asrda 5 miliondan ko’proq, XIX asrga 6 milion, XX asrda esa 70 miliondan ortiq kishining hayotiga zomin bo’lgan (S. Otamurodov va boshqalar. Politologiya. O’quv qo’llanma, T. 1999 yil, 179 bet).
Xalqaro siyosiy munosabatlarda amal qiladigan tamoyillar dastlab 1915 yilda bo’lib o’tgan Vena Kongressi, keyinchalik esa, 1919 yilda tuzilgan Millatlar Ittifoqining hujjatlarida umumiy tarzda ifodalab berilgan edi. Bu munosabatlarning rivojlanishida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi (1945 yil). Bu tashkilotning ustavida xalqaro munosabatlarda amal qiladigan tamoyil ko’rsatilgan. Bular quyidagilardan iborat: davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik; tinch-totuv yashash siyosatiga og’ishmay amal qilish; xalqaro kelishmovchiliklarni siyosiy yo’l bilan hal etish; davlatlar chegarasining daxlsizligi va hududning bir butunligini tan olish; inson huquqlarini hurmat qilish; millatlar va elatlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash; xalqaro majburiyatlarga vijdonan amal qilish.
Bu tamoyillar ayrim mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan o’ylab topilgan bo’lmay, uzoq yillar davomida xalqaro munosabatlar sohasida ob‘ektiv ravishda shakllangan. Bularga amal qilmaslik alohida olingan mamlakatlarni xalqaro hamjamiyatdan butunlay ajralib qolishiga olib keladi. Buning to’g’riligini yana bir bor Respublikamiz Prezidenti I. Karimov o’zining “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” degan ma‘ruzasida “Davlatlararo munosabatlar sohasida yagona g’oya amal qilish lozim. Bu g’oyaning ma‘nosi shuki, birgalikda tinch hayot kechirish, hamkorlikka intilish, suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, turli nuqtai nazar va fikrlarga bardoshli bo’lish tamoyillarini o’zida aks ettirgan qonunlar ustuvorlik kasb etishi darkor”, - deb ta‘kidlaydi (I. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. 1996 yil, 49 bet).
Davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosatning samarali bo’lishi ko’p jihatdan davlatlarning tashqi siyosati sohasida amal qiladigan tamoyillarda aks etadi. Yuqorida sanab ko’rsatilgan tamoyillardan tashqari davlatlar tashqi siyosatining ishonchli bo’lishida g’oyaviy muxoliflikdan voz kechish tamoyiliga amal qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar masalalariga doir muammolarni hal qilish ishida faollik ko’rsatish tamoyili davlatlar tashqi siyosatida muhim o’rin egallaydi. Sanab ko’rsatilgan tamoyillar har bir mamlakatning manfaatlariga mos kelishi kerak.
Tashqi siyosat yuritishning quyidagi turlari mavjud: bosqinchilik, zo’ravonlik siyosati va tinch hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik siyosati.
Tashqi siyosatga xos bo’lgan umumiy aloqadorlikning mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, siyosatning qanday kuchlar tomonidan ishlab chiqilishi barcha davlatlarga xos xususiyatdir.
Ikkinchidan, davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosat ma‘lum bir maqsadga qaratilgan bo’ladi.
Uchinchidan, tashqi siyosatni ishlab chiqishda umumiy qoidalarga amal qilish kerak. Bular, turli sinflar, guruhlar, millatlarning manfaatlarini hisobga olish, davlatning bir butunligini himoya qilish, osoyishtalik.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlatlararo o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga mo’ljallangan yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi.
Afsuski, xalqaro munosabatlarning sub‘ektlari bo’lmish davlatlarning tub manfaatlariga zid holda, BTM yirik davlatlar va harbiy-siyosiy dasturi va ideallarni amalga oshirish imkoniyatidan borgan sari chetlashish holati sodir bo’lmoqda. Buning natijasida xalqaro hamjamiyat tomonidan dunyoda xavfsizlikni kafolatlovchi Yevropa xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ham mintaqada va boshqa joylarda kerakli darajada ishtirok eta olayotir. Bunda hatti harakatlar ko’p qutbli, serqirra hamkorlika tayangan barqaror xalqaro tizim shakllanish jarayonini zaiflashtirmoqda.
O’zbekistonning tashqi siyosati mamlakat milliy manfaatlarini hisobga olgan holda belgilanib olingan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 moddasida: “O’zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub‘ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida Ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga Kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin” deyiladi.
Respublikamiz Prezidenti I. Karimov tashqi siyosat masalasiga to’xtalib shunday degan edi: “O’zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish – davlat faoliyatini yangi va amalda qo’llanilmagan yo’nalishlaridan biridir”. (I. Karimov, O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T-1, T. 1996 yil, 50 bet).
Quyidagi asosiy printsiplar O’zbekistonning tashqi siyosatiga, uni amalga oshirish yo’llarini belgilashga negiz qilib olingan.
Birinchidan, o’zining milliy-davlat manfaatlari ustun bo’lgani holda o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish. Bizning mustaqil davlatimiz Biron-bir buyuk davlatning ta‘sir doirasiga tushib qolish niyatida emas. O’zbekiston yana kimgadir bo’ysunish uchun mustaqil bo’lgani yo’q.
Ikkinchisi, Respublika odamlar va davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda umumbashariy qadriyatlarni ustun qo’yib, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun, mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish uchun kurashadi. O’zbekiston yadrosiz mintaqa bo’lib qoladi, tajovuzkorlik harbiy bloklar va uyushmalarga kirish niyati yo’q.
Inson huquqlari to’g’risidagi, hujum qilmaslik haqidagi, nizom masalalarini hal etishda kuch ishlatishdan va kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish to’g’risidagi Xalqaro hujjatlarni tan oladi va ularga og’ishmay rioya qiladi.
Uchinchisi, Respublikaning tashqi siyosati teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalari asosida quriladi. Mustaqil davlatlar Hamdo’stligida, butun tashqi siyosatda ham bizning shiorimiz-tenglar orasida teng bo’lish, “katta og’a”ning qosh-qovog’iga qarab ish tutishdan uzil-kesil va abadul-abad xolos bo’lishdir.
To’rtinchisi, mafkuraviy qarashlardan qat‘i nazar tashqi siyosatda ochiq-oydinlik printsipini ro’yobga chiqarishga va barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o’rnatishga intiladi.
Beshinchisi, o’zining milliy-huquqiy tizimini vujudga keltirayotgan yosh mustaqil O’zbekiston ichki milliy qonunlaridan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan oladi. Bizning mustaqil davlatimiz o’z qiyofasini yo’qotmay, jahon hamjamiyatiga kirar ekan, Xalqaro talablarga rioya qilishga tayyordir.
Oltinchisi, O’zbekiston to’la ishonch printsiplari asosida ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish uchun, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish uchun harakat qiladi.
Prezidentimiz I. Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida (14 aprel 1999 yil) yana bir bor O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati to’g’risida to’xtalib o’tib, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan teng huquqli sherikchilik, barcha mojaroli muammolarni faqat tinch siyosiy va huquqiy vositalar orqali yechish tarafdori bo’lib qolaverishini alohida uqtirib o’tadi.
Uchinchi savol: Ma‘lumki, so’nggi yillarda jahonda yuz bergan voqealar dunyoning geosiyosiy strukturasi va yo’nalishini tubdan yangiladi, jahon siyosatga asta-sekin bir guruh yangi suveren davlatlar kirib kelishi natijasida davlatlararo siyosat va diplomatiya maydoni tubdan boshqa mohiyat va mazmun kasb etdi. Ushbu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo’liga qadam qo’ydi, dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o’z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar ichiga teng bo’lishga, jahon maydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda.1996 yil 15 martda Rossiya davlat Dumasi ana shunday huquqiy normalarni hisobga olmasdan yana “Sobiq ittifoqni tiklash” g’oyasini ilgari surdi. Turli xil tushunchalar “iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish” davlat va siyosiy tizimlardan yuqori turadigan “Federatsiya” yoki “Konfederatsiya” kabi uyushmalari tuzish taklif etildi.
Yaqinda “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida respublikamizda demokratik islohotlarni yuqori bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan yangi siyosiy muhit vujudga keldi. Saylovlar ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida o‘tkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlatdan hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining 316 kishilik to‘laqonli missiyasi bilan yaqin hamkorlik qildik. Xalqaro kuzatuvchilar saylovlar erkin raqobat muhitida, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi qizg‘in tortishuv va bahs-munozaralar sharoitida o‘tganini, bu jarayonda ommaviy axborot vositalarining roli sezilarli darajada oshganini alohida e’tirof etdilar.
Barcha xalqaro kuzatuvchilarga saylov jarayonlari haqidagi xolis fikrlari va tavsiyalari uchun butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildiraman. Biz albatta ushbu tavsiyalarning har birini chuqur o‘rganib, tegishli dastur qabul qilib, amaliyotga keng joriy etamiz. Bu borada saylov komissiyalari va aholining saylov madaniyatini yuksaltirish, siyosiy partiyalarning o‘z elektorati bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, partiyalarning siyosiy faolligini oshirish oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Shu bilan bir qatorda, mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazishning uch pog‘onali tizimini optimallashtirish, bunda tuman va shahar saylov komissiyasining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Parlament va Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yaqin hamkorlikda ish olib borishi zarur bo‘ladi. Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman: demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir. Bu borada biz har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganib, hayotimizni, ish uslubimizni yangilashga harakat qilmoqdamiz. Biz yangi O‘zbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulug‘vor maqsadni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bu borada “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishda, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada faolroq, yanada tashabbuskor bo‘lishiga erishmog‘imiz lozim. Eng asosiysi, bu islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerak. Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini ko‘paytirishimiz zarur. Bu g‘oyat dolzarb ishlarni o‘zimiz qilmasak, hech kim bizga chetdan kelib qilib bermaydi. Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi.
Men bunga qat’iy ishonaman va bu fikrni sizlar ham qo‘llab-quvvatlaysizlar, deb o‘ylayman
Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan – mana shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdiInvestitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi. Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo‘l qurilishi, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko‘paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi. Qishloq xo‘jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o‘rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg‘or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda.
Tadbirkorlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun yangi sharoitlar yaratishga barcha imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o‘z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion so‘m kreditlar ajratildi.Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik. Shuningdek, 86 ta davlat fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi joriy etilishi natijasida o‘tgan yili yurtimizga 6,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2016 yilga nisbatan 4,7 million nafarga yoki 3,3 barobar ko‘p demakdir. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi.
Bunga Markaziy Osiyodagi Qozog’iston, Qirg’iziston, va Tojikiston davlatlari a‘zo bo’lib kirdilar. Albatta bu ittifoqqa kirish yoki kirmaslik ularning ichki ishlaridir. Lekin O’zbekiston o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu ittifoqqa qo’shilolmasligini bildirgan edi. Ammo bunday ittifoqning vujudga kelishi Markaziy Osiyo xalqlarining azaliy do’stligiga raxna sola olmaydi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov ta‘kidlaganidek, “Markaziy Osiyo mamlakatlari darajasidagi integratsiyaga kelsak, u o’zining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu integratsiya o’z mohiyatiga ko’ra hamisha xalq integratsiyasi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda” (I. Karimov O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida... T. 1997 yil, 320 bet).
Xususan, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlatlarining (1996 yil, may) yagona iqtisodiy makon to’g’risida imzolagan shartnoma (Beshkek) Markaziy Osiyo xalqlari oldida turgan murakkab vazifalarni birgalikda hal qilish yo’lida qo’yilgan muhim qadam hisoblanadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon siyosatida faol ishtirok etib kelmoqda. Ana shularni hammasini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi o’z tarixida birinchi marta 1992 yil 2 martda xalqaro huquqning to’la huquqli sub‘ekti sifatida BMTga qabul qilindi. Prezident I. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo’lgan 48-sessiyasida ishtirok etish va unda 27 sentyabrda qilgan ma‘ruzasi O’zbekistonni jahonga ko’xna va yosh navqiron mamlakat sifatida namoyon etdi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMTning toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha bir qator takliflarni o’rtaga qo’ydi.
1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ta‘sis etildi va ish boshladi. O’zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) ga a‘zo bo’lib kirdi. I. Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so’zlash va uning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir.
O’zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi Qo’shilmaslik harakatiga qabul qilindi, bo’lg’usi jahon parlamentining timsoli bo’lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kiradi. Respublikamiz bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy ilmiy-texnikaviy va madaniy tashkilotlar – jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, jahon banki, xalqaro valyuta jamg’armasi, xalqaro mehnat tashkiloti, xalqaro pochta ittifoqi, jahon sog’likni saqlash tashkiloti, elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, xalqaro olimpiada qo’mitasi, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlarning a‘zosidir. O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) g’oyasini qo’llab-quvvatladi va 1991 yil 21 dekabrda a‘zo bo’ldi. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o’zaro munosabatlar o’rnatilgan.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 165 davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatilgan. Toshkentda – 35 mamlakatning elchixonalari ochilib ishlab turibdi. Shuningdek, Respublikamizda 88-xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 20 dan ortiq davlatlarda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Xitoy, Pokiston va boshqa davlatlarda Mustaqil O’zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi.
Umuman olganda jahon hamjamiyatiga qo’shilish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Buni taniqli huquqshunos olim A. Azizxo’jaev shunday deb izohlaydi. O’zbekistonning dunyo hamjamiyatida o’z ovoziga ega bo’lish, jahonning manaman degan mamlakatlari orasida o’ziga xos mavqe egallashi, xalqaro maydonda obro’-e‘tiborining oshib borayotganligi negizini ham Konstitutsiya tashkil etadi (qarang: A. Azizxodjaev. Erkinlikning g’alabasini muhrlagan qonun jurnal: jamiyat va boshqaruv. №4, 2001 yil, 5 bet).
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Yüklə 69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə