65
Bu materialning keng tarqalganiga asosiy uchta sabab quyidagilardir:
1)
Temir birikmalarining yer po‘stlog‘ida ko‘p miqdorda ekanligi;
2)
Temir va uning qotishmalarini ishlab chiqarish, tozalash va qayta ishlash
nisbatan arzonligi;
3)
Temir asosli qotishmalarni fizik va mexanik
xossalarini boshqarib keng
qo‘llash mumkin.
Temir asosli qotishmalarning asosiy kamchiligi – bu ularning korroziyaga
moyilligidir.
Quyidagi bo‘limda po‘lat va cho‘yanlarning turli klasslarini va ularning tarkibi,
mikrostrukturasi va xossalari ko‘rib chiqiladi. Bu materiallarning
klassifikatsiyasi
iqtisodiy jixatga asoslangan sxemasi 7.1 rasmda keltirilgan.
3
Callister William D. Jr., Materials Science and Engineering, an Introduction. Wiley and Sons.UK 2014 (409-416 rages.)
2.1-rasm. Temir asosli turli qotishmalarning klassifikatsiyasi
Po‘lat, bu mashina va asbobsozlikda,
qurilishda, shuningdek turli asboblar
tayyorlashda ishlatiladigan asosiy materialdir. Po‘latlar nisbatan arzon bo‘lib, ko‘p
miqdorda ishlab chiqariladi. Po‘lat muhim mexanik, fizik-kimyoviy va texnologik
xossalar koMnleksiga ega. Po‘latlar kimyoviy tarkibi,
vazifasi, sifati,
oksidsizlantirish darajasi va strukturasiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘raklassifikatsiyasi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘latlar
uglerodli va legirlangan xillarga bo‘linadi. Xossalari asosan uglerod miqdoriga
66
borliq bo‘lgan po‘lat uglerodli po‘lat deb ataladi. Uglerodli po‘latlar uglerod
miqdoriga qarab kam uglerodli (0,25% gacha S), urtacha uglerodli (0,25- 0,6% S)
va ko‘p uglerodli (0,6% dan ko‘p) xillarga bo‘linadi.
Metallurgiya zavoddarida temir rudalaridan avval cho‘yan, cho‘yandan esa
po‘lat ishlab chiqariladi. Uglerodli po‘latlarning asosi temir (97-99,5%)
bo‘lganligi bilan unda ma’lum miqdorda (Mn,S,Si,P,N) va ba’zi
tasodifiy
qo‘shimchalar (Cr,W,Cu) va boshqa elementlar xam bo‘ladi. Temir uglerod
qotishmalarining xossalariga uglerodning ta’siri juda katta. qotishmada
uglerod miqdori ortgan sari uning puxtaligi ortib, plastikligi kamayib boradi.
Uglerodli po‘latlarda doimo bo‘ladigan
elementlar miqdori
ma’lum darajada, masalan: Mn-0,7%, Si-0,5%, R-0,005%, S-0,05% dan
oshmasligi kerak.
Mashinasozlikda ishlatiladigan po‘latlar ishlatish soxalariga va
kimyoviy tarkibiga ko‘ra tubandagi guruxlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: