51
O‘rin olish qattiq eritmalarida kristall panjaradagi bir komponentning atomlari
boshqa komponent atomlari bilan o‘rin almashadi. O‘rin
olish qattiq eritmalari
temirning xrom, nikel va boshqa elementlar bilan hosil qilgan qotishmalarida hosil
bo‘ladi. O‘rin olish qattiq eritmalari tartibsiz qattiq eritmalar deb ham ataladi.
Singish qattiq eritmalarida erigan komponentning atomlari boshqa
komponent – eritkich kristall panjarasining atomlari orasidagi bo‘shliqqa singadi.
Singish qattiq
eritmalari temirning vodorod, azot, bor bilan qotishmalarida hosil
bo‘ladi.
Ximiyaviy birikmalar
. Turli metallardan yoki metall va metallmas
moddadan qotishma hosil bo‘lganda paydo bo‘ladi. Ximiyaviy birikma elementlari
atomlari sonining nisbati AnBm formula bilan ifodalaniladi. Ximiyaviy birikmalar
toza metallar kabi o‘zgarmas suyuqlanish temperaturasiga ega bo‘lib, odatda,
qattiqligi yuqori va anchagina mo‘rt bo‘ladi.
Ikkita A va V komponentning mexanik aralashmasi (13-rasm g)
qotishma
komponentlari kristallanganda qattiq holatda bir-birini erita olmaganda ham
ximiyaviy reaksiyaga kirishib birkma hosil qila olmaganda yuzaga keladi. Mexanik
aralashma tuyingan ikkita qattiq eritma zarralaridan yoki qattiq eritma zarralari va
ximiyaviy birikmadan tashkil topishi mumkin. Bunda
qotishma yetarli darajada
yirik bo‘lib, mikrostrukturada aniq ko‘rinadigan A va V kristallardan tashkil
topadi. Qotishmaning rentgenogrammasi A va
V komponentlarning ikkita
panjarasi borligini aniq ko‘rsatadi.
Metall va qotishmalar tuzilishi o‘zgaradigan temperaturalar kritik nuqtalar
deb ataladi. Suyuqlanish va qotishda toza metallar bitta kritik nuqtaga, qotishmalar
esa ikkita kritik nuqtaga ega bo‘ladi. Bu ikkita nuqta oralig‘ida qotishmada suyuq
qotishma va kristall deb ataladigan ikkita faza mavjud.
Dostları ilə paylaş: