220
Bunda elektrod, yoy va payvand vannachasi himoya gazlari I (argon, geliy,
SO2, N2 va boshqalar) oqimi bilan havodagi kislorod va azot ta’siridan himoyalangan
bo‘ladi. Argon-yoy payvandlash usuli eruvchan va erimaydigan elektrodlar bilan
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda, SO2 payvandlash
esa eruvchan elektrod bilan
o‘zgarmas tokda bajariladi. Bu usullarning qoplamali elektrod bilan va flyus
ostida payvandlash usullariga qaraganda bir qator afzalliklari mavjud (havo
ta’siridan
yuqori darajada himoyalanish, jarayonni turli fazoviy holatlarda
bajarish mumkinligi va boshqalar).
Elektr-shlak payvandlash
usuli katta qatiqlikdagi: (50- 2000 mm)
detallarni payvandlash uchun mo‘ljallangan va yirik gabalitli mahsulotlar (bug‘
qozonlarining barabanlari, gidropresslarning korpus detallari va bo shqalar) ni
ishlab chiqarishda qulay hisoblanadi. Bunda elektr toki suyuq shlaklam o‘tayotib
katta
miqdorda issiqlik chiqaradiki, u elektrod simi payvandlanuvchi detallar
qirralarini eritish va payvandlash choki hosil qilishga yetarli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: