O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Tayanch so‘z va iboralar

turoperatorning funksiyalari, qabul qilish bo‗yicha 
turoperator, turmahsulot, turoperator vazifalari, turistik safar. 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
1. Turizm xizmat bozorida turoperatorlik faoliyatining mohiyati nimadan iborat? 
2. Turoperatorning asosiy funksiyalari nimalardan iborat? 
3. Qabul qilish bo‗yicha turoperatorning funksiyalarining o‗ziga xosligi qanday namoyon 
bo‗ladi? 
4. Turoperatorlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
 


16 
 
III.Mavzu.Turizm bozori tushunchasi va vazifalari 
 
Reja: 
3.1.Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi. 
3.2.Turizm bozoriga ta‘sir qiluvchi asosiy omillar. 
3.3.O‗zbekiston Respublikasida turizm bozorining holati va uning muammolarini tahlil 
qilish. 
3.1.Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi. 
 
Turistik bozor
 - 
bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta‘minlovchi 
talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste‘molchisi 
o‗rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistik 
xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi. 
Har bir turmahsulot ishlab chiqaruvchisi va iste‘molchisi o‗rtasida bir-biriga mos 
tushmaydigan iqtisodiy manfatlar bo‗ladi. Ularning bir-biriga mos kelishi oqibatida esa 
turmahsulotni sotish va sotib olish jarayoni vujudga keladi. Bozorda o‗ziga xos bir 
xususiyat bo‗lib, bu ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi qiziqishlarining kelishuvidir. 
Bozorda markaziy holatni iste‘molchi yaratadi. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o‗z 
mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi 
Turistik bozor murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
emas, balki o‗rtadagi dallol orqali (xo‗jalik sub‘ekti-turoperator-turagent-iste‘molchi) 
sotiladi. 
Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e‘tiborga olish kerak:-ya‘ni ko‗rsatib 
o‗tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi (masalan, mexmonxona, turistlarni 
qabul qilish joyi yoki turoperatorlarda). Turistik bozor ma‘lum bir o‗ziga xos joy yoki 
geografik hudud bilan chegaralanmagan. Shuning uchun turistik mahsulotning oldi-sotdi 
ishlari sotuvchi va haridorlarni jalb qilmagan holda -teleks, telegramma, faks, telefon, 
aniq hisob-kitob orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali faoliyat 
yuritadi : 

erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‗z maqsadlari 
(maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yo ki minimal harajat bilan 
mahsulotni sotib olish ) ga intiladilar; 

ko‗rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va 
xavfsizligi bo‗yicha asosiy qoidalarning borligi; 

iste‘molchining erkin xolatda tanlay olish imkoni; 
Zamonaviy turistik bozor quyidagi o‗ziga xos bo‗lgan funksiyalarni bajaradi:
1.Turistik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati funksiyasi
. Bu 
turistik mahsulot va o‗zaro pul almashuvida ayon bo‗luvchi qiymat harakatini bildiradi. 
Buning natijasida jamiyat takror ishlab chiqarishning normal yo‗nalishi ta‘minlanadi, 
turizmni rivojlantirish uchun pul mablag‗i paydo bo‗ladi va yig‗iladi.
2.Iste’molchi (turist)ga turistik mahsulotni yetkazib berish jarayonini 
tashkillashtirish funksiyasi. 
Turist o‗z mablag‗ini turistik mahsulotga sarf qilgan holda 
o‗zining moddiy va ma‘naviy ehtiyojini qondiradi. Bundan shunday xulosa kelib 
chiqadiki-turistik bozor ishchi kuchining harajatini qoplagan xolda jamoaning asosiy 
ishlab chiqarish kuchini qayta tiklaydi. 


17 
3.Mehnatga 
moddiy manfatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish 
funksiyasi.
Taqsimlash bozoridagi o‗zaro pul va turistik mahsulotni taqsimlash 
jarayonining tugalangan shaklidan iborat.
Turistik bozor o‗ziga xos xususiyatlariga ega: 
1.Turistik xizmatlarning sezilmasligi.
 
Bunda qilingan daraja va sifatning kafolati, 
mahsulotning ishonchligi, shuningdek turning iste‘molchilik xususiyatlari xaqida 
mukammal egadir. 
2.Turistik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni iste’moli 
orasida vaqt uzilishi bo‘ladi
, shuning uchun turmahsulotni taklif qilish kanallarining 
(mahsulotni sotuvchi) aniqligi va ishonarligi o‗ta muhimdir. 
3.
Turistik talabga mavsumiy almashuvlar va turistik oqimning shakli ta’sir qiladi. 
Ushbu salbiy xodisalarning oldini olish uchun narx-navoni differesiallash (xizmat 
ko‗rsatuv elementlari bo‗yicha mavsumga qarab), shuningdek turistlarni yetkazib berish 
xajmini muvozanatlash orqali erishish mumkin. 
4.Mahsulot sifati ko‘p xollarda aniq ijrochilarga bog‘liq, 
shuning uchun turistik 
korxonalar ichidagi menejment doimo rivojlanishi lozim. 
5.Turistik bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy tarqoqlik
mavjud,

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə