birligida hukm surishi inson ongida bevosita inьikos qilinadi.
Odatda inson
tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar,
xususiyatlarning o`zaro o`rin almashinuvi tufayli namoyon bo`ladi va o`ziga
xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi.
Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining
obьektiv mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga bog`liq bo`lib,
xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o`lchanadi. Masalan,
shaxsning ehtiyoji, motivatsiyasi, qiziqishlari va intilishiga mos, mutanosib
vaqt birligini idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina
vaqt obьektiv
jixatdan tez o`tganday idrok kilinadi, odatda yoqtirmaslik, idrok maydoniga
nomutanosiblik esa shaxsda zerikish tuyg`usini uyg`otadi.
Biosfsra va neosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning fazodagi o`rin
almashinuvini bevosita inьikos ettirishdan iboratdir. Xuddi shu sababdan
harakat nisbatan va nisbat berilmasdan idrok kilinishi ilmiy psixologik
manbalarda qayd qilib o`tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan
harakatsiz boshqa jismlarga takqoslangan holda idrok kilinsa, bunday toifadagi
harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda, harakatlanayotgan jism hech
kanday narsa bilan takqoslanmasdan idrok kilinsa, bu ko`rinishdagi harakat esa
nisbat berilmasdan idrok qilish deyiladi. Fazoni idrok
qilish voqelikdagi narsa
va xodisalarning fazoda egallagan o`rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga
nisbatan munosabatlarini iborat bilish jarayoninig shaklidir. Voqelikni idrok
qilish orqali inson borliq to`g`risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi
yaьni ich tomoni, chuqurligi yuzasidan muayyan ma’lumotlar, xossalar,
axborotlar to`plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Idrokning har
uchala shaklining yordami bilan dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi,
verbal va
noverbal holatlar bilan bevosita va bilvosita yo`l yordamida muayyan obrazlar
mujassamlashadi, natijada yaxlit in’ikos etish holati yuzaga keladi, bilishga oid
aksariyat mahsullar to`planadi.
Idrok jarayonida uning fenomenlari muayyan hodisalarni aks
ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo`lishi
mumkinligi to`g`risida ma’lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida
gallyutsinatsiya ya’ny yo`q narsalarning ko`rinishi, eshitilishi, sezilishi,
illyuziya, adashish, yanglishish
degan ma’noni
bildiradi, attraktsiya o`ziga tortish, mahliyo etish,
tushunchalar orqali nomlanadi.
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish
analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning yaьni
ovozlarning eshitilishi, sharpalarniig sezilishi xayolan, fikran paydo bo`lishidan
iborat idrokning psixopatologik hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi.
Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo`lib, ba’zan
qo`rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig`idagi
qo`zg`alish jarayonlarining nuqsonli, sust harakati natijasida, goho asab
tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari
toliqishi tufayli yuzaga
75
kelish mumkin. Bizningcha, gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko`rinishga
ega bo`lishi mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a)yo`q
narsalarning ko`zga ko`rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar
eshitilishi; v) yo`q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illyuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va
xodisalarning noto`g`ri idrok qilishdan iborat jarayonning noyob hodisasidir.
Ba’zan psixologiya fanida noto`g`ri idrok qilishga olib keluvchi
qo`zg`atuvchilar konfiguratsiyasining o`zi ham illyuziya deb ataladi. Tasvirlar
yorug` fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya’ni holat mahsuli deyiladi.
Kontrast frantsuzcha keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so`z bilan
aytganda yorug`lik bilan fon o`rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon»
tushunchasi asos, negiz ma’nosini bildiradi.
Aksariyat illyuziyalar ko`rinadigai harakatlar bilan bog`liqdir, a)
qorong`ilikda harakatsiz yorug`lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi; b)
fazoviy jihatdai yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur’atlar bilan
namoyon etib turish harakat
taassurotini vujudga keltiradi; v) harakatsiz
obьektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo`nalishga qo`yish harakat
tuyg`usini paydo qiladi.
Attraktsiya insonni o`zi bilan o`zga o`rtasidagi munosabatda namoyon
bo`lib, o`ziga maxliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli
insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha
manbalar, qo`zg`atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan: 1)
dastlabki tashqi ko`rinish,
istarasining issiqligi; 2) subьektga nisbatan rishtasiz
bog`lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq
moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o`xshashlikning mavjudligi;
sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Idrokning muhim tomonlaridan biri- uning xususiyatlarining turli jabhalar,
vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo`lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan
biri - bu faol ravishda, bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir.
Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o`zlashtirilgai bilimlari,
to`plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik-
sintetik harakatlar tizimi
zamirida yuzaga keladi.
Idrokning yana bir muhim xususiyati - uning umumlashgan holda narsa va
hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan
ko`pqirrali, ko`pyoqlama alomatlari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib
qolmasdan, balki o`sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Idroknipg navbatdagi xususiyata - uning xarakatchanligi va
boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko`mir yorug`likda yog`du sochadi, oq
qog`ozdan ko`proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora» va «oq» deb
idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’ektiv taassurotlarga nisbatan
o`zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok jarayoni inson oldida turgan
maqsadga, maqsad qo`ya olishga, unga berilgan ustanovkaga uzviy bog`liq
holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir.
Idrokning boshqa bilish jarayonlaridan, shu jumladan, sezgidan farqli
tomoni shuki, u narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirishdir.
Xuddi shu
76