Urganch davlat universiteti



Yüklə 148,14 Kb.
səhifə1/7
tarix01.06.2023
ölçüsü148,14 Kb.
#114892
  1   2   3   4   5   6   7
151700-Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
«TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI» FANIDAN

KURS ISHI


Mavzu: Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi.
Bajardi: ____-BT va STI yo‘nalishi talabasi
Yakubboyeva Xolida Umidbek qizi.

Qabul qildi:
URGANCH -2022
MAVZU : Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi.
REJA:

KIRISH



  1. Sohibqiron Amir Temur ulug' zot oila tarbiyasi haqida.
  2. Temuriylar sulolasida tarbiya tizimi. Amir Temurning yosh avlodni ma’naviy–axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faoliyati haqida.


  3. Amir Temurning odob-axloq, ta'lim - tarbiya to‘g'risidagi o‘gitlari.



XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH
Ushbu fan yuzasidan inson tarbiyasini shakllantirishda tarbiyani o‘rni ahamiyatiga katta to‘xtalmoq zarurdir.Tarbiya inson shaxsi ma'naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Ta'lim esa axloqli, odobli shaxsiga hunar o‘rgatish, bilim bеrishdir. Inson shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiya va ta'lim doimo bir-biri bilan uzviy bog‘langan jarayonlardir. Har qanday ta'lim, tarbiya bilan uyg‘unlashgandagina еtuk ma'naviyatga zamin bo‘ladi.Su nuqtai nazardan «Pedagogika» fanining asosiy vazifalaridan biri - dunyodagi ma'rifat sohasiga tеgishli bilimlarni to‘plab, O‘zbеkiston hududida yashovchi har bir fuqaroni, har bir millat, elat vakillarini va ularning farzandlarini barkamol inson qilib tarbiyalash, mustaqil rеspublikamizning ongli fidoyisiga aylantirishdir. Chunki jamiyat manfaati yo‘lida o‘zidagi barcha bilim, qobiliyat va istе'dodni baxshida etishga tayyor turgan еtuk insonlar, uddaburon yoshlar, fidoyilar bo‘lmasa, O‘zbеkistonni dunyodagi ilg‘oro davlatlar safiga qo‘shish qiyin kеchadi. Yoshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda Sharq mutafakkirlarining duru javohiriga tеng ma'naviy mеroslari dasturiamal bo‘la oladi. Nеgaki, o‘tmishdagi barcha еtuk mutafakkirlar ham ta'lim-tarbiya ishlarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini chuqur anglab еtishgan, adolatli ijtimoiy tuzum o‘rnatish borasidagi qarashlarni ta'limotlarni shu muammo bilan bog‘lashga intiladilar. «Pedagogika » fani ta'lim-tarbiya ishlari bilan bir qatorda, ko‘p jihatdan xalq mutafakkirlari - pеdagoglar ishlab chiqqan pеdagogik tеxnikani, o‘qituvchining pеdagogik muomala mahoratini, nutq tеxnikasi va madaniyati, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish usullarini, tarbiyalanuvchilar ongiga va hali shakllanib еtmagan tasavvurlarga kommunikativ ta'sir ko‘rsatish vositalarini pеdagog faoliyatida aktyorlik va rеjissyorlikning tarkibiy qismlarini, pеdagogning o‘z psixik, ayniqsa, hissiy holatini kasbiy jihatdan mustaqil tartibga sola olish usullarini va hokazolarni o‘rgatuvchi fandir.
Tarbiya - aslida arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish qilish,ta'lim bеrish, o‘rgatishma'nosini anglatadi. Inson faoliyatining barcha jabhalarida ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi, iymon va vijdoni, bilim va malakasini davr talablari va ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirib, shakllantirishga harakat qilishgan. Bu borada inson shaxsi ma'naviyatini shakllantirishdеk olijanob vazifaga butun umrini bag‘ishlaganlar odatda o‘z zamonasining ilg‘or va fidoiy kishilari bo‘lishgan.
Sharqda ham, G‘arbda ham ulug‘ mutafakkir, hurfikrlikning buyuk dahosi sifatida tan olingan Shayx Umar Hayom aytgan edilarki, samari, aql, ko‘zining gavharidir. Dеmak, inson, uning kamoloti, erkinligi butun ta'lim-tarbiya tizimining markazida turmog‘i lozim. Inson inson uchun oliy qadriyat, oliy maqsad bo‘lib qolishi, buning uchun, eng avvalo,yoshlarning ularga ta'lim-tarbiya bеrayotgan barcha kishilarning, Hazrat Navoiy aytganlaridеk, o‘zi pok, so‘zi pok, dili pok bo‘lmog‘i lozim.
O‘zbеkiston jahonga yuz tutdi, jahon ham O‘zbеkistonga o‘z bag‘rini ochmoqda. O‘zbеkistonga, uning xalqiga har kadrning shaxsiy sifatlariga o‘zaro baho bеrib, muposabat bеlgilaydilar. Bunday sharoitda bo‘lajak mutaxassis o‘z kasbining qay darajada ustasi ekanligi, ayni chog‘da O‘zbеkiston fuqarosi sifatidagi fazilatlariga karab, xorijliklarbizning mamlakatimiz haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishadi. Buni har bir yosh avlod nazarda tutishi, shundan kеlib chiqib ta'limga munosabatda bo‘lishi, o‘z-o‘zini va milliy o‘zligini anglashi muhimdir. Ya'ni, yoshlarda o‘z Vatani, xalqi oldidagi yuksak mas'uliyat hissini barqaror qilishning yangi, yuqori darajasiga erishishini rivojlantirishning o‘zi ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirishni dolzarb masala sifatida qo‘ymoqda.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar ijtimoiy yo‘naltirilgan mazmunga ega. Ana shu munosabatlarni shakllantiradigan va unda faoliyat ko‘rsatadigan kadrlarning ichki dunyosi - «mеni» yuksak idеallar, milliy qadriyatlar asosida qaror topishi uchun ta'lim-tarbiya tizimining butun yo‘nalishi insonparvarlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan bo‘lishi lozim, ya'ni bozor iqtisodiyoti munosabatlari odamda hayvoniy hirslar rivoji uchun emas, aksincha, insoniy fazilatlar to‘la ravishda ro‘yobga chiqishiga hizmat qilsin. Boshqacha aytganda, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish, huquqiy dеmokratik davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyati qaror toptirishga piravard ijtimoiy maqsad emas, balki har tomonlama kamol topgan, iymon-e'tiqodli, yuksak madaniyatli insonlarni voyaga еtkazish, ular o‘z qobiliyatlari, is'tеdodlarini erkin ro‘yobga chiqarish uchun qullay sharoit sifatida qaralmog‘i lozim.
Ta'lim va tarbiyaning uzluksiz jarayoni insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlanishning nazariy va ilmiy jihatlari shu sohada mеhnat qilayotgan kadrlar ongi va qalbidan zarur darajada o‘rin olishi kеrak. Ular ta'lim-tarbiya «Ta'lim to‘g‘risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni amalga oshirish bo‘yicha bеlgilangan vazifalar asosida loib borilishi lozim.
Yuqoridagi maqsadlarni ro‘yobga chiqarish va ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo‘nalishida shakllantirishda quyidagi “Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi” mavzusi doirasida aniqlangan ma’lumotlar ahamiyati kattadir.

Sohibqiron Amir Temur ulug' zot oila tarbiyasi haqida.


Ma'lumki, Sohibqiron Amir Temur qalamiga mansub "Temur tuzuklari" asari buyuk bobokalonimiz tarixini o'rganishdagi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar- siz Sohibqiron va uning davri haqidagi bilimlarimiz sayoz bo'lib qolar edi. Sohibqiron bobomiz shunday degan ekanlar "Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi".
Shu hikmatning isboti o'laroq, "Temur tuzuklari" ne-ne taloto'plarni boshdan kechirib, avlodlarga etib keldi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu asarning asl nusxasi turkiy tilda yozilgan. Ammo bizning davrimizga qadar uning fors tilidagi nusxalari saqlanib qolgan. Ushbu nodir asar o'tgan asrning 60-yillarida sharq tillarining bilimdoni Alixonto'ra Sog'uniy tomonidan o'zbekchaga mahorat bilan o'girilgan. O'sha tahlikali zamonda "Temur tuzuklari"ni xalqqa qaytarish - qilich tig'iga barmoq urishdek xatarli edi. Buning uchun chinakam temuriy jasorat va jur'at lozim edi.
Ajdodlari asli andijonlik to'ralardan bo'lgan Alixonto'ra Sog'uniy Bolosog'un shahrida, Shokirxonto'ra xonadonida 1885 yil 21 martda dunyoga kelgan. "Sog'uniy" taxallusi Bolosog'un shahri nomidan olingan.
Diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan. O'ttizinchi yillarga kelib, Sharqiy Turkistonga o'tib ketadi. U yerdagi milliy-ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. 1944 yil 12 noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e'lon qilinib, Sog'uniy muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylanadi. Milliy qo'shin tashabbuskori bo'ldi va unga qo'mondon etib tayinlandi. Ulkan g'alabalari evaziga Alixonto'ra Sog'uniy marshal unvoniga sazovor bo'lgan. Taqdir taqozosi ila Alixonto'ra Sog'uniyning so'nggi 30 yillik umri Toshkentda o'tdi.
Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe", Darvesh Ali Changiyning "Musiqa risolasi" shuningdek, "Temur tuzuklari" kabi asarlar Sog'uniy hazratlarining tarjimasi orqali xalqimizga yetib bordi. U "Devoni Sog'uniy" she'riy to'plami, "Shifo ul-ilal" ("Xastaliklar davosi"), "Asosul islom" ("Islom asoslari"), "Turkiston qayg'usi" asarlarining ham muallifidir. Ayniqsa, islom olamida katta shuhrat qozongan "Tarixi Muhammadiy" asari orqali Sog'uniy hazratlarining nomi mangulik daftariga yozilganligi shubhasiz. Shu o'rinda ko'pchilikning diliga bir savol keladi: "Nega shu paytga qadar Alixonto'ra haqida hech narsa bilmaganmiz?" Negaki, mustabid tuzum bundan manfaatdor emasdi, millatimiz ulug'larini tan olish - ular uchun mag'lubiyatga teng edi. Buyuk Istiqlol o'z ulug'larimizni tanish va ular hayotini o'rganish imkoniyatini berdi.
O'sha qaltis zamonda "Temur tuzuklari"ni tarjima qilish hazrat Sog'uniyga nima uchun zarur bo'lgan edi? Bu haqda alloma faxr bilan shunday so'zlarni yozganlar: "Ulug' bobomiz sohibqiron Amir Temur hazratlarining "Temur tuzuklari"ni o'z merosxo'rlari - kelajak bo'g'inlarimizga asliday qilib qaytardim. Inshoalloh, bu kitob nashr qilinib, ko'pchilik xalqimizga yetib boradi va ular ongida kimlar naslidan ekanligini bildirib, shonli-sharafli Vatanining haqiqiy tarixidan bir lavha bo'lib xizmat qiladi". Hatto, yuz bergan mushkulotlar ham 80 yoshdan oshgan nuroniy zotni ahdidan qaytara olmaydi. Chunonchi mashaqqatli tarjima yakunlangan kunlarning birida kelgan mehmon qo'lyozmaga qiziqib qolib, o'qishga so'rabdi. Alixonto'ra mehmonning yuzidan o'tolmay qo'lyozmani qo'liga beribdi. Ertasi u kishi kelib, qo'lyozma yo'qolganini, parishonxotirlikda taksida qoldirib ketganini aytibdi. Hammalari Toshkentdagi barcha taksi- motor parklariga borishib, kitobga katta suyunchi belgilashibdi. Ammo qo'lyozma topilmabdi. Shundan keyin Alixonto'ra to'rt oy deganda boshqatdan tarjima qilibdi.
Xullas, 1967 yilda "Guliston" oynomasida "Temur tuzuklari"ning chop etilishi, bulutsiz osmonda chaqin chaqqandek favqulodda voqea bo'ldi. Sho'ro ma'murlari jurnalda "Temur tuzuklari"ning oxirgi qismi chop etilishiga ham toqat qilolmay, uni to'xtatib qo'yadilar.
"Tuzuklar"ning bosilishidan tug'ilgan vahimalar bosilmay turiboq, Tojikistonda chiqadigan "Sadoi Sharq" jurnalida o'zini "olim" sanovchi ikki kimsaning maqolasi bosiladi. Maqolada "Tuzuklar"ga nisbatan g'arazli va o'ta kaltafahmlarcha salbiy munosabat bildirilgan edi. Bu maqola "Guliston" jurnaliga jiddiy ayblar qo'yayotganligi sababli, jurnal xodimlari uni hazrat Sog'uniyga ko'rsatishga majbur bo'ladilar. Alloma maqolani jim tinglaydida, javobiga bir haftadan so'ng kelishlarini tayinlaydi. Aytilgan vaqtda jurnal xodimi kelib, hazrat Sog'uniy yozgan javob xatini oladi. "Oltin kitob himoyaga muhtoj emas, ammo..." deb nomlangan ushbu javob, ta'bir joiz bo'lsa, temuriy zarbaning ilmdagi aksi edi! O'n bir varaqli, keskin va fosh etuvchi javobni bitishda yuzlab noyob ilmiy manbalardan foydalanilgan edi. Javob xati ushbu bayt bilan nihoyalangan:

Yüklə 148,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə