Urganch davlat universiteti


Tosh urib sindirsa oltin kosani



Yüklə 148,14 Kb.
səhifə2/7
tarix01.06.2023
ölçüsü148,14 Kb.
#114892
1   2   3   4   5   6   7
151700-Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi

Tosh urib sindirsa oltin kosani,

Toshning qadri oshmagay, oltin bahosi tushmagay.


Javob xatining zalvori shunchalik ediki, uni Tojikistonning o'sha paytdagi rahbari bo'lgan Rasulovga yetkazadilar. U kishi Markaziy qo'mita byurosi nomidan "Sadoi Sharq" jurnali va har ikki tanqidchining beadab maqolasi uchun Sharof Rashidovga uzr aytgani xabari keladi.
Alixonto'ra Sog'uniy Sohibqiron Amir Temur nomini nihoyatda ulug' hurmat-ehtirom bilan tilga oladi: "... bu jahon qahramoni, islom olamining ulug' qo'mondoni, butkul turk ulusining faxrlanarlik buyuk sultoni, Qur'ondagi "Allohga va uning payg'ambari Muhammadga va ham o'zlaringdan bo'lgan podshohlarga itoat qilinglar", degan Alloh hukmicha, Turkiston va boshqa bo'ysung'an mamlakatlarga haqiqiy sha'riy va qonuniy podshoh ekanligi shak-shubhasizdir". Alixonto'ra Sog'uniy Amir Temur qo'llanmasini zo'r hurmat va ehtiros bilan tarjima qilar ekan, asarni aytib turib ko'chirtirish jarayonida Temurning hayratomuz fikr va iboralaridan ta'sirlanib, goho sukut saqlar, goho ho'ng-ho'ng yig'lashlari atrofdagilarga ta'sir qilmay qolmasdi.
Boshqa bir safar Alixonto'ra Amir Temurning o'z askarlarini Kaspiy dengizi sohilida safga tizib, u boshidan bu boshiga otliq ertadan kech peshingacha yurib o'tganini hikoya qilar ekan, Sohibqiron sarkardalari to'pida hazrat Sog'uniy ham bo'lgandek, jonli tasavvur uyg'otgan edi. Bularning barisi Sog'uniyning buyuk Sohibqiron shaxsiga bo'lgan ulkan hurmati mevalari edi.
Alixonto'ra Sog'uniy "Tuzuklar" haqida shunday yozadilar: "Amir Temur yigirma yetti poytaxtli yerni o'ziga bo'yinsundirib, shunchalik ko'p turlik tashvishlar ichida yashab turganiga qaramay, yana bu kitobni o'zi yozib, bizga esdalik qoldirmishdir". Biz esa, hazrat Sog'uniy haqida shunday yozishga burchlimiz: "Alixonto'ra Sog'uniy nuroniy keksaligiga qaramasdan, tahlikali, mustabid tuzum tazyiqlarini pisand etmasdan, o'zlarining sog'lig'i va xavfsizliklarini o'ylamay, bu kitobni tarjima qilib va yana "Tarixi Muhammadiy", "Turkiston qayg'usi" kabi bebaho kitoblarni yozib, bizga esdalik qoldirmishdir".
Istibdod davrida bu "oltin kitob"ni yuzaga chiqarish baayni temuriy jasoratni talab etardi. Bunday jasorat sohibi sifatida Alixonto'ra Sog'uniydan o'zga zotni tasavvur qilib bo'lmaganidek, hazratning buyuk xizmatini O'zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidovdan o'tkazib ta'riflash ham mushkuldir: "Alixonto'ra Sog'uniy hazratlari Amir Temurni xalqimizga tiriltirib berdilar".



Yüklə 148,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə