Urganch davlat universiteti



Yüklə 148,14 Kb.
səhifə5/7
tarix01.06.2023
ölçüsü148,14 Kb.
#114892
1   2   3   4   5   6   7
151700-Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi

Koshifiy bolalarni yoshlikdan boshlab ularning qobiliyatiga qarab muayyan kasb-hunarga o’rgatish lo­zim, deb hisoblaydi. Agar bola biror kasbga qiziqish bildirsa, unga kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish kerak. U shaxsning axloqiy kamolotida yaxshi fazilatlarni egallashi lozimligi masalasiga keng to’xtaladi.
Ma’lumki, eng muhim axloqiy tushunchalardan biri adolatdir. Koshifiy adolatni keng ma’noda tushunadi, uni insonning axloqiy malakalarini yuksak shakli sifatida talqin qiladi. Agar adolat mutlaq fazilat bo’lsa, insonning boshqa xususiyatlari uning xizmatkori hisoblanadi. Uningcha «Ado­lat — eng yaxshi fazilat bo’lsa, adolatsizlik esa eng tuban va yaramas illatdir».
Koshifiy yaxshilik va yomonlik haqida ham o’z fikrini bildirgan. Uning tushunchalari juda keng ma’noni anglatadi. Sharq mutafakkirlari ular orqali kishilarning xulq-odobi, yurish turishi va xatti-harakatini baholaganlar.
Koshifiy ham Navoiy singari kishilarni yaxshi va yomonga ajratadi va besh guruhga bo’ladi. Birinchi guruh kishilari shunday kishilarki, ular o’z tabiati va kelib chiqishiga ko’ra yaxshi kishilar bo’lib, doimo xayrli ishlar bilan shug’ullanadilar. Shuning uchun ularni qo’llab-quvvatlash zarur. Ikkinchi guruhdagilar o’ziga yaxshilikni ravo ko’rib, boshqalarga nafi tegmaydi. Bunday odamlarni ham qadrlab, ularni hayrli ish­lar qilishga undash kerak. Uchinchi guruhga kiruvchi odamlar jamiyatga na foyda, na ziyon keltiradilar, ya’ni ular tabiatiga ko’ra na yaxshi va na yomondirlar. Ularni ham yaxshi ishlar qilishga, yomonlikdan qochishga chorlash lozim. Lekin to’rtinchi guruhga kiruvchilar, garchi ular yomonlik qilmasada, tanbeh berishga loyiq odamlar hisoblanadi. Ularni yomonlikdan tiyilishiga da’vat qilish zarur. Beshinchi guruhdagilar yomon va axloqsiz odamlar bo’lib, jamiyatga faqat ziyon keltiradilar. Ularga nisbatan jazo choralarini qo’llash va ularning tarbiyasi bilan shug’ullanish lozim.
Samarqand shahrini ro‘yi zamin sayqali deb sharaflanishida, uning buyuklar beshigi, millat faxriga aylanishida, bu qadim yurtda ilm-fan, ma’naviyat va me’morchilik ravnaq topishida Amir Temurning mehnatlari, zahmatlari beqiyos.
Biroq, u davlat tepasiga kelgan vaqtda azaldan muhim siyosiy markazlardan biri bo‘lgan, bu qadim shahar mo‘g‘ullar zulmidan xarobaga aylangandi. Samarqandning muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan manzilligini chuqur anglagan Amir Temur uni o‘z saltanatining poytaxti qilib tanladi.
Sohibqiron davlatining bosh shahri har tomonlama poytaxt talabiga javob bera olishi kerak edi. Ana shu maqsadda Samarqand uning qadimiy markazi Afrosiyobdan janubroqda butunlay yangicha asosda qurildi. Uning bugungi mahobati, go‘zalligiga zamin yaratuvchi qurilish va obodonchilik ishlari olib borildi. Navqiron Samarqand zamon ruhi bilan hamnafas holda bunyod etila boshlandi. Atrofi mustahkam qal’a devori bilan o‘raldi. Unga Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi oltita darvoza o‘rnatildi. Shahar arkida Temurning qarorgohi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy barpo qilindi. Ko‘ksaroy to‘rt qavatli bo‘lib, gumbazlari va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangandi. Unda toshdan taxtakursi — Ko‘ktosh qo‘yilgandi. Bulardan tashqari Arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog‘ ustaxonasi va aslahaxona, zarbxona kabilar barpo etiladi.
Sohibqiron Samarqandda dunyodagi eng yirik me’morchilik timsollaridan biri sanalgan Bibixonim jome’ masjidini qurdiradi. Bu bino shu qadar go‘zal bo‘lib, butun Sharqning tengsiz imoratlaridan biri edi. Uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Ispaniya elchisi Klavixo hayajon bilan qo‘yidagilarni yozib qoldirgan: «Bu ulug‘ amir barpo etgan eng yirik inshoot va dunyodagi eng katta masjidlardan biri edi. Uni saltanatning turli viloyatlaridan keltirilgan o‘nlab eng yaxshi me’morlar, muhandislar, naqqoshlar va g‘isht teruvchilar to‘rt yil ichida qurib bitkazishdi. Binoga yetti xil ma’dan qorishmasidan ishlangan, zanglamas va jarangdor, tilla suvi yuritilgan bronza darvoza o‘rnatilgandi».
Mazkur inshootning eng katta markaziy zali poydevori qurilishiga besh yuz sangtarosh kesib tayyorlagan og‘ir toshlar fillar yordamida yetkazib berilgan. Zalning tepasiga yerdan uch yuz metrcha balandlikda ulkan — «Samarqand moviy gumbazi» tiklangan.
Sohibqiron Samarqandning bir-biridan go‘zal va betakror imoratlarini me’morchiligimizning betakror uslublari uyg‘unligida qurdirib, o‘ziga xos yechimlar topilishida bosh bo‘lgan. Demak, turli uslublar o‘rtasida integratsiya yuz bergan. Bir so‘z bilan aytganda, bu muhtasham va salobatli binolar orqali tom ma’noda madaniyatlararo ko‘prik qo‘yilgan.
Xorijlik ba’zi olimlarning e’tirof etishicha, Amir Temur tomonidan qurilgan imoratlar oradan necha yuz yillar o‘tsa-da, dunyoning eng go‘zal inshootlaridan ustunligi, betakrorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ular keyingi yuz yilliklarda musulmon dunyosida bunyod etilgan yirik qurilishlarda Amir Temur saltanati me’morchiligi maktabidan andaza olingani, unga taqlid etilgani haqida ham yozib qoldirganlar.
Akademik Ibrohim Mo‘minov Sohibqironning yaratuvchilik mahoratini yuksak baholab shunday yozgan: «Temur Samarqanddagi ahvolni butunlay o‘zgartirib yubordi. U Ko‘ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda hamda shahar atrofida «Bog‘i Chinor», «Bog‘i Shamol», «Bog‘i Dilkusho», «Bog‘i Behisht», «Bog‘i Nav» kabi bog‘ va saroylar yaratdi. Yo‘llar qurib, Qo‘qon- Zarafshon daryolari, keyinchalik Amudaryo va Sirdaryoga ko‘prik qurildi, Toshkent atrofiga kanallar, jumladan, Sirdaryodan Ohangaronga ham kanal o‘tkazildi. Shahar tipidagi Ohangaron qishlog‘i qurildi. Buxoro, Shahrisabz, Farg‘ona, Turkistonda karvon- saroylari va boshqa qurilishlar bilan birga, irrigatsiya inshootlari qad ko‘tardi. Shahar, qishloqlar, hammomlar, madrasalar, maqbaralar qurilishi o‘sha davr uchun misli ko‘rilmagan miqyosda, masshtabda olib borildi».
Bizningcha, bu bunyodkorlik ishlarida Amir Temur davlatchiligining yangicha nafasi ufurib turibdi. Bunyodkorlik ishlari davlatchilikda muhim ahamiyat kasb etib, davlat qudrati bilan uyg‘unlikda bir-birini to‘ldirgan. Bu ko‘rkam qurilishlar tinchlik, taraqqiyot va go‘zallik timsollari edi.
Sohibqiron Samarqand atrofiga bir-biridan go‘zal Sheroz, Sultoniya, Damashq, Misr, Bag‘dod kabi qishloqlar barpo etdi. Bunday nomli shaharlar o‘sha davrda dunyoning eng nufuzli kentlaridan edi. Amir Temur esa aynan Samarqand atrofida shunday nomdagi go‘zal qishloqlarni barpo etdi va ularga nisbatan Samarqandning tutgan mavqeini ko‘rsatib berdi. Uning fikricha, Samarqand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog‘i lozim edi.
Bu davrda olib borilgan bunyodkorlik ishlarining deyarli barchasida ilmiy loyiha, me’moriy- badiiy yechim, nur va soya uslublari yuksak darajada ishlab chiqilgan hamda bu qurilishlar aniq rejalar asosida olib borilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1397 yil bahorida Amir Temur Samarqandning mashhur bog‘laridan biri
«Bog‘i Shamol»da ajoyib bir saroy qurdirgan. Qurilishni tezroq nihoyasiga yetkazish uchun nafaqat me’morlar, balki askarlar ham jalb etilgan. O‘zi esa ish borishini nazorat qilib turish uchun qurilish maydoniga chodir tikdiradi.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Samarqandning janub tomonida «Bog‘i Behisht» saroyi bo‘lgan. Ushbu saroy handaq bilan ihota qilingan sun’iy tepa ustiga Tabrizning sof oq marmaridan bino etilgan. Bir necha ko‘priklar shu boqqa ulangan, bir tomonida hayvonot bog‘i qurilgan. Temur bu saroyni Mironshohning qiziga hadya qilgan.
Shuningdek, u Konigil dashtida ilgari mashhur bo‘lgan barcha bog‘lardan go‘zal bir bog‘ yaratdi. Uning anjirlaru boshqa turli mevali daraxtlari soya tashlab turgan uzun yo‘laklaridan o‘tib, atrofi baland oq marmar ustunlar bilan o‘ralgan bir qasrga borilgan. Amir Temur bog‘ o‘zi o‘ylaganidek chiqqanligini ko‘rgach, unga «Bog‘i Dilkusho», ya’ni «Dilga quvonch baxsh etuvchi bog‘» deya nom beradi.
U Kesh yo‘li ustidagi haybatli qoya ustiga ham ajoyib bir saroy qurdiradi. Devorlari marmar va oq koshin bilan qoplandi. Bu saroyni zilol buloqlardan suv ichgan yam-yashil bog‘ o‘rab turar edi. Temur bu boqqa «Taxti qoracha» deb nom qo‘ydi.
Sohibqiron Amir Temur davrida hammasi bo‘lib Samarqand atrofida 12 ta go‘zal va betakror bog‘ barpo etilgan. Bular «Bog‘i Naqshi Jahon», «Bog‘i Behisht», «Bog‘i
Shamol», «Bog‘i Davlatobod», «Bog‘i Buldu», «Bog‘i Maydon», «Bog‘i Baland», «Bog‘i Chinor», «Bog‘i Jahon Namo», «Bog‘i Nau» bo‘lib, ular uchun o‘rin tanlashda joyning bahavoligi, baland-pastligi, suv manbaining oz-ko‘pligi va tabiatning boshqa hususiyatlariga alohida e’tibor berilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda Amir Temur davrida Samarqand bog‘lari ikki xil ko‘rinishda qurilgan.

  1. Geometrik shaklda tartib berilgan chorbog‘lar. Bu ko‘rinishdagi bog‘lar to‘rtburchak shaklida qurilib, maydoni 1x1 km.ni tashkil etgan.




  1. Tabiat xushmanzaralari asosida tashkil topgan bog‘lar tabiiy holatga barpo qilingan. Bu bog‘lar maydoni tartibli bog‘larnikiga nisbatan kengroq bo‘lgan. Zarafshon daryosi, Darg‘om Abbos, Qoraunas kanallari va Obirahmat, Bog‘i Shamol, Bog‘i Baland ariqlari bog‘larni suv bilan ta’minlagan.

Ariqlardan tashqari bog‘larning turli qismlaridan o‘rin olgan hovuzlar (25x25 : 32x64 m.), favvoralar (4x4 : 5x5 m.), shuningdek, bog‘ o‘rtasida joylashgan saroylarni o‘rab turgan suv havzalari (xandaqlar kengligi — 20-25 m.) bog‘larga fayz kiritishi bilan birga havosini musaffolashtirgan, miqroiqlim yaratgan.


Sohibqironning Konigil maydonida chodirlardan katta ko‘chma shahar qurgani uning me’morchilik san’atining muhim qirralaridan biri hisoblanadi. Bu shaharning o‘z uylari, ko‘chalari, maydonlari va bozorlari bor edi. Shahar qoq markazidan Sohibqironning chodiri joy olgan.
Klavixo o‘z kundaliklarida bir-biridan go‘zal chodirlarni ta’riflab, ulardan birining sirti olmaxon mo‘ynasi, ichkarisi oq mo‘yna bilan bezatilgani, yana boshqa chodirning suvsar mo‘ynasi bilan qoplangani, chodir ichkarisidagilar oynadan tashqarini ko‘ra olishlari,
tashqaridagilar esa ichkaridagilarni ko‘ra olmasligi, maxsus moslama bilan qurilgan eshiklar chodir ichiga yoqimli yelvizak berib turishi, chodirlardan tashqariga chiqmay maxsus matolardan qurilgan yo‘laklardan boshqa chodirlarga o‘tish mumkinligini ta’kidlagan.Ibn Arabshoh chodirlar va o‘rab turgan saroy (matodan ishlangan to‘siq)ni shunday ta’riflaydi: «Temur amr qildi, uning surodiqalarini bu yashnagan jahon markazi qilib qo‘ydilarki, go‘yo u ushbu aylanayotgan falak doirasining (markaziy) nuqtasi bo‘ldi. Bu qurilgan chodirlar va o‘tovlar ustidagi atrofi o‘ralib o‘rnatilgan bir ko‘tarma edi. Unda katta darvoza bo‘lib, u orqali ichidagi mavjud joy va manzillarga keng dahliz bo‘ylab kirilardi. Bu dargohning ichkarisiga Temur uchun bir qancha chodir, xayma va o‘tovlar tikdilar.
Shular jumlasidan bir chodir bor ediki, uning yuqoriyu quyisiga oltin bilan zarhal berilib, ichiyu sirti nafis patlar bilan bezatilgan edi. Chodirlardan yana biri batamom harirdan tikilib, turli- tuman naqshlar, xilma-xil alvonli bo‘yoqlar bilan bezalib to‘qilgan, yana boshqa biriga boshidan oxirigacha yirik marvaridlar qadalganki, ularning har bir donasining qiymatini barcha asrorlar bilimdoni (tangri)dan boshqa hech kim bilmaydi, yana bir tillo bo‘laklari ustida turli-tuman javohirlar bilan shunday bezatilganki, u odamzod ko‘zini o‘ynatib, aqlini lol etardi.
Chodirlardan iborat bu shaharchaning ichki dizayni ham shohona va san’atkorona tuzilgan edi. Chodirdan birining ichki tuzilishini Ibn Arabshoh yana shunday ta’riflaydi: «Balandligi odam ko‘kragiga keladigan marvarid durlar bilan bezatilgan tilla sandiq. Bu sandiqda quloqli tilla piyolalar mavjud. Sandiqning bir kichik eshigi bo‘lib, ichiga quloqli oltita piyola qo‘yilgan. Sandiq tepasida oltita oltin ko‘za, oltita oltin piyola, sandiq yonida balandligi bir qarich keladigan oltin piyola, unga ikki qarich zumrad o‘rnatilgan. Xontaxta qarshisida eman daraxti shaklida odam oyog‘i yo‘g‘onligida yasalgan oltin daraxt, balandligi odam bo‘yi, mevalari sarg‘ish, qizil, zangori yoqutlar, zumradlar, firuzalar, nihoyatda san’atkorona qo‘yilgan...» Temuriylar davri san’atining yorqin timsoli bo‘lmish ushbu chodir shaharda hatto ko‘chma masjid ham o‘rnatilgan. U ikki qavat bo‘lib, gir aylanasi yog‘och yo‘laklar va ayvonlardan ibrat. Masjid boshdan oyoq tilla va lojuvard rangli naqshlar bilan bezatilgan bo‘lib, uni istalgan paytda yig‘ish mumkin edi.
Ibn Arabshohning aytishicha, bu afsonaviy chodir shaharchada hunarmandlar o‘zlarining shoh asarlarini namoyish qilganlar. «Bir qamish to‘quvchi hunarmand (qamishdan) mukammal qurol- yarog‘li bir otliqni yasab chiqardi va uning suratini kamoliga yetkazib, hatto tirnoqlariyu kipriklarini ham yasadi. Unga (otliqqa) zarur bo‘lgan qurol-yarog‘lardan yoy, qilich va boshqa taalluqli narsalarning hammasini daqiq usulda kamoliga yetkazib yasadi. Ushbu anjomlarning barchasi qamishdan edi».
Amir Temurning davlat boshqaruvida bunyodkorlik muhim yo‘nalishlardan hisoblangan. Oqsaroy binosi peshtog‘iga yozilgan «Qudratimizga shubhangiz bo‘lsa, qurdirgan imoratlarimizga boqing» degan xitobda ham mana shu haqiqat mujassamlashgan.
Bu qurilishlar Amir Temurning tafakkuri, kuchi, ilmi, irodasi, tashkilotchiligi, qalbining nozikligi, etikasi, san’ati va eng asosiysi, buyuk hukmdor bo‘lgani, bu davrda mukammal davlat boshqaruv asoslari qurilganidan dalolat beradi.
Sohibqiron Amir Temurning Samarqandni zamin sayqaliga aylantirish ezgu niyati istiqlol yillarida tom ma’noda ro‘yobga chiqdi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqandda ulug‘ bunyodkorlik ishlari olib borildi. Obidalar manbalar asosida asl holida tiklandi, ularga uyg‘un zamonaviy inshootlar barpo qilindi, ulkan ko‘kalamzorlashtirish va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Tarixiy adolat tiklanib, Samarqandning 2750 yilligi, Imom Buxoriy, Moturidiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bekning tavallud to‘ylari nishonlandi. Shahar markazida Amir Temur haykali o‘rnatildi. Shu munosabat bilan qadim shahar yanada navqironlashdi, Samarqand nafaqat o‘tmishida, balki hozir ham yer yuzining abadiy sayqalidir.


Amir Temurning odob-axloq, ta'lim - tarbiya to‘g'risidagi o‘gitlari.


Amir Temur ko'ragon ibn amir Tarag'ay 1336 yilning 9 aprelida o'sha paytlardagi Kesh (Shahrisabz) ga qarashli Xojailg'or (bu qishloq hozir Yakkabog' tumaniga qaraydi) qishlog'ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag'ay o'ziga to'q, badavlat kishi edi. Lekin bo'lajak sohibqiron tavallud topgan paytda Qozonxon (1333-1346) huzurida kichik bir mansabga ega edi. Amirning onasi Tegina Begim Buxorolik "Sadr ash sha'ri'a-shariat" ulug'i, taniqli olim Ubaydullohning qizi bo'lgan. O‘sha paytda Kesh va unga tobe' yerlarning bekligi esa Amir Tarag'ayning og'asi Hoji Barlosning qo'lida edi.
"Zubdat at-tavorix"(Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid-laqabi Hofizi Abdu, vafoti 830427 y.) da yozilishicha, shajaraning Amir Sohibqiron tarmog'i Chingizxon ajdodlaridan Tumanoyxon (Tumanxon) farzandlaridan boshlab ajraldi. Jumladan, Qobilxon Jahongir podshoh Chingizxonning III-chi otasi va uning birodari Qachuloy no'yon esa, Amir Sohibqironning sakkizinchi otasidir.
Barloslar qabilasining nomi ham Qachuloy no'yondan bosh-langan. Chingizxon o'zining ikkinchi o'g'li Chig'atoyxonni Turkiston va Movarounnahr mamlakatlariga hukmdor qilib tayinlaganda, amir Sohibqironning beshinchi otasi Qarachor no'yon uning lashkarboshisi bo'lgan va "amir ul-umaro" ("amirlar amiri”) degan unvon olgan.
Keyinchalik Chig'atoy ulusida hokimiyat uchun ichki nizolar kuchayib ketganligi sababli, Qarachor no'yonning farzandlari va qavm-qarindoshlari Kesh viloyatiga kelib, o'rnashib, shu yerda yashab qolganlar, uning avlodlari o'sha viloyatni boshqarganlar, "Zubdat at-tavorix"da Qarachor no'yonning farzandlari ko'p bo'lganligi qayd etilib, ulardan o'n to'qqiz o'g'ilning nomini, shu o'g'illardan tarqalgan keyingi avlodning mashhurroqlarini sanab, ayrimlarining shajarasi to o'zi yashab turgan davrgacha davom ettirilgan va ularning qanday mavqeni egallab turganliklari qayd etiladi. Jumladan, Qarachor no'yonning oltinchi o'g'li Injil no'yon bo'lgan va uning farzandlaridan biri Iylangiz no'yon (Ilangiz)dir. Bu no'yonning bir necha farzandlari bo'lib, ulardan biri Sohibqironning bobosi Burkul no'yondir. Uning ikki o'g'li bo'lgan: biri-Bolta, ikkinchisi Tarag'ay no'yon" ya'ni Amir Temurning otasi. Tarag’ay no'yonning to'rt o'g'li va ikki qizi bor edi: o'g'illari - Amir Temur, Suyurg'atmish, Olamshayx, Jo'gi no'yon, qizlari - Qutlug' Turkon og'a, Sherbik og'a, Amir Temur farzandlar orasida to‘ng’ichi bo'lgan Amir Temur yoshlikdan ilm ahliga juda katta e'tibor bergan.
Tarixlar, hikoyatlar, qissalar va rivoyatlar tinglamaqqa mayli ko'p adabiyot, san'atni, harbiy ishlarni jon-dildan sevgan, o‘ta zukko, oqilu-dono, fahm-farosatli, ayni chog'da dovyurak, jasur bo‘lgan ammo, Temurning yoshlik va o'smirlik, yigitlik yillari Chig’atoy ulusi og'ir ijtimoiy- siyosiy bo'ron iskanjasiga tushib qolgan davrlarga to'g’ri keldi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o'zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga olib keldi. Hokimiyat uchun kurash, ayniqsa, xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag'on o'rtasida. kuchli bo'ldi. O‘zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi.
Amir Qazag’on ancha kuchli qo'shinga ega edi. Uning o‘g’li Abdulloh ham yon-atrofdagi o'lkalarga xujum qilib, o‘z mulkini kengaytirishga . intilar edi. Jumladan, u 1353 yilda Xorazmni bosib olib, u erda o'z. hukmini joriy etadi, 1357 yilga kelib, ikkinchi mo'g'ul amiri Qutlug' Temur Bulday amir Qazag’onni yasoqqa etkazadi. Amir Qazag’on o'rniga taxtga chiqqan amir Abdulloh saroyida fisqi-fujur zo'rayadi. "Natijada mo'g'ul hokimlari faqat hokimiyat, taxt talashibgina qolmay ishratparastlik, maishatparastlik bobida ham yuz tuban keta boshlaydilar.
Mo'g’ul faodallarining o'zaro nizolari va ishratparstliklarini ko'rib, bilib turgan turkiy
.xalqlarning nufuzli vakillari jim turolmas edilar, albatta. Ular ham asta-sekin siyosiy kurashlarga aralasha boshladilar. 1358 yilda amir Abdulloh ibn Qazag'onga qarshi kurash boshlagan mo'g’ul amiri Bayon Sulduz yonida turkiy aholinnng yetakchilaridan biri amir Hoji Barlos ham bo'lganligi buning dalil-isbotidir.
Kesh (Shahrisbz) viloyatining hokimi Amir Temurning amakisi Hoji Barlos edi. Tarixiy manbalarda ko'rsatilishicha, Hoji Barlos mo'g'ullarga qarshi kurashish uchun qulay imkoniyatlarni qo'ldan bermagan. Uning Bayon Sulduz bilan birlashib qilgan jangida Abdulloh ibn Qazag’on yengiladi.
Bayon Sulduz va Hoji Barlosning Shahrisabz va Qarshi hokimligini qo'lga kiritishi 1358 yillarga to'g’ri keladi. Ammo bu unchalik uzoqqa bormaydi. Mustaqillik da’vo qilayotgan barloslarni tiyib qo'yish uchun Sharqiy Turkiston xoni To'klug' Temur katta qo'shin bilan bostirib kela boshlaydi. Hoji Barlos bundan qo'rqib, Xurosonga qochadi. Uni Amudaryo bo'yigacha kuzatib qo'yganlar orasida Amir Temur ham bor edi. Ammo u o'ziga sodiq kishilar bilan iziga qaytadi. Temur ibn Tarag'ay birinchi bor ana shu og'ir vaziyatda sinovdan o'tadi.
Hoji Barlos Xurosonga ketgan, yurt egasiz qolgan paytda Amir Temur Shahrisabz hokimiyatini o'z qo'liga oladi. Bu jasurlik va vatanparvarvarlik, yurtsevarlik, timsoli edi, albatta. Darhaqiqat, oriyatni qo‘ldan bermaslik, og’ir paytda mardlik ko‘rsatish, har qanday qo‘shindan tap tortmaslik uning uchun iymon-e’tiqodga aylandi…
Tarixiy manbalarda Amir Temurning Movarounnahr taxtini rasman qo'lga olish yili sifatida 1370 yil qayd etiladi va bu muvaffaqiyat Balxda yuz berganligi aytiladi. Haqiqatda ham amir Husayn ibn Musallabni engib, qo'li baland kelgan Amir Temur jami akobirlar, qo'shin boshliqlari tomonidan Movarounnahr hukmdori deb tan olingan edi. Demak, sohibqiron o'ttiz to'rt, o'ttiz besh yoshida taxtga chiqishga erishgan.
Fosih Xavofiy o'zining "Mujmal-i Fosihiy" asarida: Amir Temurning 1336-1387 yillardan tortib 1404-1405 yillargacha bo'lgan hayot yo'li asosiy sanalarini keltiradi. Darhaqiqat, buyuk sohibqiron xususan 1370 yildan to 1404 yilga qadar 30 marta qo'shin tortgan, hamma vaqt qo'li baland kelib, 27 dan ortiq mamlakat va elatlarni zabt etgan, Ha, ulug’ bobomizning butun umri ot ustida, ur-surlaru kurashlarda kechgan. U umri davomida yaxshilik, ezgulikdan chekinmadi, mardlarni ulug'ladi, xoinlarni, zolimlarni kechirmadi, ulusga zulm qiluvchi hukmdorlarni ayovsiz jazoladi, vatan xoinlaridan nafratlandi.
"Amir Temur o'gitlari" risolasida haqqoniy ta'kidlanganidek, Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoya katta. Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtira oldi. Markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi, Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirini (1389-1402) tor-mor keltirib (1402), Usmonli turklarning istibdodiga tushib qolgan "Bolqon" yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarga ozodlik bag'ishladi. Oltin O‘rda xoni To'xtamishni (1376-1395) ikki marta (1391-1395) tor-mor keltirib, O‘rusiyaning mo'g'ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi. Uchinchidan, Turkiston zaminini xunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. Amir Temurning sa'yharakati bilan obod etilgan shaharlar, kasabalar, qishloqlarni Shahrisabz, Buxoro, Yassi (Turkiston) shaharlarda qad yahshiargan imoratlar, "Temur va Temuriylar davlati", "Temuriy madaniyatn", "Ulug'bek va Samarqand, "Observatoriya maktabi" kabi ulug' tushunchalarni dunyoga kelishlishi va dunyo xalqlari tarixiga oltin harflar bilan yozilishi ham Amir Temur nomi bilan bog'liqdir.
Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur odob-axloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-tarbiyada o'zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o'zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o'gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko'zdan kechirish kifoya. Bular "Tuzuki Temuriy" ("Temur tuzuklari"), "Malfuzoti Temuriy” ("Temurning aytganlari") va "Voqioti Temuriy" ("Temurnnng boshidan kechirganlari") nomi bilan jahonga mashhur bo'lgan asarlarni XV asr muarrixi Fosih Ahmad Havofiyning "Mujmal-i Fosixiy", Nizomuddin Shomiy (tug'ilgan va vafot etgan yili ma'lum emas) va Sharafiddin Ali Yazdiylarning mashhur "Zafar-nomasi", ibn Arabshoh (1389-1450)ning "Ajoyib ulmaqdur fiaxbori Temur" (Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari), Salohiddin ibn Mullo Aloiddin hoja Eshonning (Salohiddin Toshkandiy) qalamiga mansub "Temurnoma" (Amir Temur ko'ragon jangnomasi, 1908) kabilar shular jumlasidan. Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o'zi amal qilgan o'n bir sifatni yuksak baxolaydi.
Birinchi sifat: "Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim boyni kambag'aldan ustun qo'ymadim."
Ikkinchi sifat: "Men har doim Islomga qat'iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug’langan shaxslarga hurmat bilan qaradim."
Uchinchi sifat: "Men kambag’allarga ko'p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to'g'ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim."
To'rtiichi sifat. "Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf'’ yetkurdim. Bunda birovga nohaq ozor etkazmadim va mendan yordam so'rab kelganlarni ko'kragidan itarmadim. Qur'ondan parvardigorning Alloxning amriga bo'ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini o'zimga farz bilib, o‘qib oldim va umr bo'yi barcha yumushlarimda unga amal qildim."
Beshinchi sifat: "Islomga taalluqli ishlarini men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qo'yib keldim. Avval tangri itoatini ado etib bo'lgandan keyingina kundalik ishlarga qo'l urdim." Oltinchi sifat: "Barcha so'zlarimda doim haqiqatgo'ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo xaqidagi etishganlarimdagi haqiqatni yolg'ondan ajrata bildim."
Yettinchi sifat: "Men har kimgaki va'da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va'daga xilof ish qilmadim. Men doimo va'dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo'lishimni va kimsaga jabr etkazmasligimni angladim."
Sakkizinchi sifat: "Doimo o'zimni Allohning erdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigorning yoki uning noiblarining iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasiz uning bandalarining hech biriga zarar yetkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdek xayriya qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo'lishga intilmadim va shuningdek hech qachon ko'proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir Husayn bilan bo'lgan voqea menga ibratli bo'ldi. O‘z fuqarolarnning mol-mulkiga nisbatan ochko'zligi pirovardida uni halo-katga olib keldi".
To'qqizinchi sifat: "Men har doim tangrimning amrini va uning payg’ambarlarini hadislarini to'la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo'sunlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o'zimni tiydim. Payg'ambar va uning sahobalarini o'zimning yagona va eng yaxshi do'stlarim deb bildim."
O‘ninchi sifat: "Men har doim insof bayrog'ini baland yahshiardim va iymon tarqatishni o'z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men inson bir onadan tug'ilgan deb ishonganman. Shuning uchun mustahkam qudratga tayangan qudrat buyuk bo'ladi".
O‘n birinchi sifat: "Men doim saidlarga extirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e'zozlardim. Bu kishilarni doimo majlislarimga chaqirardim. Ularni din masalasi yuzasidan aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi."
Shunday qilib, sohibqiron Amir Temurnnng ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma'no o'gitlarining har bir mazmun va ma'no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida axamiyat kasb etadi, ularni hadsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Amir Temur ibratlaridan namunalar
. . . Bizkim - mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlarning eng qadimiy va eng ulug'i Turkning Bosh bo'g'ini bo'lamiz.
. . . Saltanat ishlarida to'rt narsaga amal kilgin, ya'ni:

  1. Kengash.

  2. Mashvaratu maslahat.

  3. Qat'iy qaror; tadbirkorlik, xushyorlik.

  4. Ehtiyotkorlik.

Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto'g'ri bo'lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so'zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltiradi. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo'lmaysan. Shuni ham bilishing kerakki, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo'lgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko'rib ko'rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart bo'lgan tadbirlarning ta'rifidan va zikridan so'ng (shuni ta'kidlash lozimki qat'iylik, sabr, chidamlilik sog'ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshiyrilur.
* **
Davlat ishlariniig to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvrat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
* * *
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azim qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-miiglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa ham aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
* * *
Bir ishga kirishmay turib, undan qutilib chiqish yo'llarini mo'ljallab qo'y,
* * *
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
***
Yerga etkur sabo, kim makr qilmishdir mang’a, Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun ang'a.
* * *
Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim Zolimlar otkazgan ashyoviy na jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar o'rtasida muxokama qildlin va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm o'tkazmadim.
* * *
Shijoatli kishilarni do'st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
* * *
Ulamo bilan suhbatda bo'l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.
***
Millatning dardlariga darmon bo‘l...
***
BISMILLAHIR ROHMANIR RAHIM
1
Saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto‘g‘ri bo‘lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so‘zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgay. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Shuni ham bilishing kerakkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo‘lgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko‘rib ko‘rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlarning ta’rifidan va zikridan so‘ng shuni ta’kidlash lozimki qat’iylik, sabr, chidamlilik, sog‘ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur.
2
Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
3
Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
4
G’anim lashkarini yengish qo‘shinning ko‘pligidan, mag‘lub bo‘lish esa sipohning kamligidan bo‘lmaydi. Balki g‘olib bo‘lmokdik Tangrining madadi va bandasining tadbiri bilandir.
5
Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
6
Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, ikkovidan barobar qutulish chorasi topilmagach, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak.
7
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘l qo‘y.
Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
9
Kengash ikki turli bo‘lur: biri — til uchida aytilgani, ikkinchisi — yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.
10
Amirlarim agar yarashdan so‘z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko‘rardim, agar urushga moyil bo‘lsalar, uning naf’ va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko‘rardim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, shuni ixtiyor qilardim. Sipohni ikkilantiradigan [turumsiz] kengashni eshitishdan saqlanardim. Qaysi kishi aqlga siqqan bir ishni kuyinib gapirsa, suyib eshitar edim.
Kimki oqilona gaplarni erlarcha keskinlik bilan so‘zlasa, unga ham quloq solardim. Har kimdan so‘z olib kengash so‘rar edim. Lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida o‘ylab ko‘rgach, to‘g‘ri va savoblirog‘ini tanlab olardim.
11
Biron ishni qilmoqchi bo‘lsam, kengashib olib, keyin Qur’ondan fol ochardim va Qur’on hukmi bilan ish qilur edim.
12
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
13
Xudo bitta, uning sherigi yo‘qdir. Shunday bo‘lgach, Alloh taoloning muqaddas mulki — yer yuziga egalik qiladigan (kadxudo) kishi ham bitta bo‘lishi kerak.
Agar yerda va ko‘kda ikki xudo bo‘lsa, jahonning ishi buzilur.
15
Yorga yetkur sabo, kim makr qilmishdir mang‘a, Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun ang‘a. (Amir Husaynga Amir Temurbek yozgan turkiy bayt)
16
Kimki menga kelib qo‘shilsa ulug‘lanadi, kimki men bilan kurashmoqchi bo‘lsa yiqiladi.
17
Jangda yengish-engilish ishi taqdir pardasi ostida yashirin.
18
Jahonni idora etguvchi qudratli nabiralarimga ma’lum bo‘lsinkim, Tangri taolo dargohidan umidim shulki, ko‘plab farzanddarim, avlodim saltanat taxtiga o‘tirib, mamlakatlarni idora etgay. Shuning uchun saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka bog‘ladim va saltanat boshqarish haqida qo‘llanma (dasturilamal) yozib qoldirdim, toki farzandlarim va avlodimdan bo‘lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritsin... tole’i baland millatining sharofatini, muhabbat va do‘stligim orqali qo‘lga kiritgan davlat va saltanatni saqlagaylar. Bu tuzuklardan o‘z saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo‘lgay.
19
Do‘stu dushman bilan murosayu madora qildim.
20
Har mamlakatga shayxulislom yubordimki, toki musulmonlarni gunoh ishlardan qaytarib, ularni yaxshi va savob ishlarga undasin.
21
Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim.
22
Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm o‘tkazma.
23
Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi.
24
Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
25
Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.
26
Azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilish-ga qasd qilgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim.

27
Hech kimga g‘azab bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g‘azabiga duchor bo‘lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.


28
Hozirgi damgacha o‘tgan sultonlarning qonunlari va turish-turmushlarini donolardan so‘rab- surishtirdim. Har qaysilarining yo‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va xush axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim. Davlatlarining tanazzulga uchrashi sabablarini surishtirdim va davlatu saltanat zavoliga sabab bo‘luvchi ishlardan saqlandim. Naslni buzuvchi, ocharchilik va vabo kasali keltiruvchi zulm va buzuqchilikdan saqlanishni o‘zimga lozim bildim.
29
Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim.
30
Har bir o‘lka va shahar aholisining ashrof-ulug‘lari va buzurglari bilan oshna tutindim. Ularning mijozlariga, tabiatiga to‘g‘ri kelgan, o‘zlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim.
31
Hokimlar, sipoh va raiyatdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko‘rdim.
32
Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim.
Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og‘ayni, qo‘shnilar va men bilan bir vaqtlar do‘stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne’mat martabasiga erishganimda unutmadim, haqlarini ado etdim.
34
Do‘st-dushmanligiga qaramay, har joyda sipohiylarni hurmat qildim, chunki ular boqiy mato bo‘lgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotadilar. O‘zlarini ma’raka-maydon, halokatga otib, jonlarini qurbon qiladilar. Agar g‘anim sipohidan biror odam o‘z valine’matiga sidqidildan xizmat qilib urush kunlarida menga qarshi qilich ko‘targan bo‘lsa ham, unday odamga nisbatan lutf-marhamatlar ko‘rsatdim, qoshimga panoh istab kelganda, uni qadrlab, haqiqat bilan xizmat qilishiga ishondim.
35
Qaysi bir sipohiy tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o‘z sohibidan yuz o‘girib, mening oldimga kelgan bo‘lsa, unday odamni o‘zimga eng yomon dushman deb bildim.
36
Davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xsharkim, uni ko‘rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi.
37
Men o‘z saltanatimni dini islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni tuzuk asosida bajardim.
38
Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, musofir yo‘lovchilar uchun yo‘l ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim.
39
Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim.
40
Kimki Muhammad dinini qo‘llab-quvvatlasa, sen ham uni qo‘llagil, kimki, Muhammad dinini xor qilsa, sen ham uni xor tutgil.

Yüklə 148,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə