Urganch davlat universiteti


Temuriylar sulolasida tarbiya tizimi. Amir Temurning yosh avlodni ma’naviy–axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faoliyati xaqida



Yüklə 148,14 Kb.
səhifə3/7
tarix01.06.2023
ölçüsü148,14 Kb.
#114892
1   2   3   4   5   6   7
151700-Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi

Temuriylar sulolasida tarbiya tizimi. Amir Temurning yosh avlodni ma’naviy–axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faoliyati xaqida.


Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temur va temuriylar davrida yashab ijod etgan mutafakkirlarning faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Ular qoldirgan ma’­naviy meros necha-necha avlodlarni ma’naviy-axloqiy kamolotga da’vat etib, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelmoqda.
O’sha davr allomalarining axloq-odob va esteti­ka borasidagi dono fikrlari madaniyatimizni yanada ravnaq toptirishda, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishda, ularni yuksak axloqiy fazilat­lar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, bugun Qurolli Kuchlarimiz saflari­da xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz ajdodlarimizning mana shunday boy ma’naviy merosidan oziqlanishsa, o’zlarining ma’naviy, axloqiy va intellektual sifatlarini shakllantirishsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo’lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixining, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o’zlashtirganini ta’kidlaydi.
Amir Temur harbiy sohada jahonga mashhur sarkarda va o’z zamonasining eng qudratli hukmdori bo’lish bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy san’ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishiga ko’ra o’z davrining nodir mo’jizasi edi. Sohibqiron tomonidan Movarounnahrda markazlashgan va qudratli davlat barpo etilishi hamda bu erda tinchlik, osoyishtalikning ta’minlanishi bunga asosdir.
Biroq ming taassufki, Amir Temur haqida so­vet davrida yaratilgan aksariyat adabiyotlarda, shu­ningdeq ko’pchilik nashrlarda sohibqironning insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari hakida deyarli ma’lumotlar berilmagan. Uning harbiy mahorati turli yo’nalishlarda: qismlarni qayta tashkil etishda, dushmanga hujum qilishda turli-tuman usullardan foydalanishda, hujumdan oldin dushman joylashgan erlarni obdon o’rganib chiqishda hamda qo’mondonlikda namoyon bo’ladi.
Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat ahliga e’tibor, mehribonlik ko’rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, «Temur olimlarga mehribon, sayidu shariflarni o’ziga yaqin tutar edi. Ular­ning har birini o’z martabasiga qo’yib, izzat-ikromini unga izhor qilar edi».
Sohibqironning ma’naviy-axloqiy qarashlari uning «Temur tuzuklari»da mujassamlangan. Mazkur asarda Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari ifodalangan.
Amir Temur davlatni boshqarishda o’zi uchun aso­siy yunalishlar deb, din va shariatni oladi: «yana tajribamda ko’rib bildimki, davlat agar din (qoida, rasm, tartib, odat, ravish, tarzi) asosida ko’rilmas ekan, unday saltanatning obro’si, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xshar ekan, uni ko’rgan har kimsa undan nazarini olib qochadi, yohud kasu-nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi, tuynugi yuq uyga o’xshaydi».
Buyuk davlatga asos solgan Amir Temurning sarkardalik san’atini, lashkarboshilarni qanday tanlagani va rag’batlantirganini o’rganish, bizningcha, muhim masaladir. Chunki, ulug’ amirning «Davlatu saltanat uch narsa — mulk, xazina va lashkar bilan tikdir», deb aytgan hikmatli so’zlari bugungi kun­da ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Sohibqiron harbiylikka olinadigan kishidagi sergaklik, xushyorlik va tadbirkorlikni oldingi o’ringa qo’ydi. U aytadiki, «ishbilarmon, mard va shijoatli sohib, azmi qat’iy tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-ming tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur». U shunday degan: «Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan — yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan — qilichni o’ynata olishiga, uchinchidan aql-zakovati-yu, kamolotiga e’tibor berdim. Shu uch sifat jamuljam bo’lgandagina navkarlik xizmatiga oldim. Negaki, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azob-uqubatlarga chidamli bo’ladi, qilich o’ynata oladigan kishi raqibini mag’lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog’i mumkin».
U kishilardagi, jumladan, navkarlaridagi vafodorlik va sadoqatni qadrlay bildi. Bevafo va sadoqatsiz sipohiylarni saltanatiga yaqinlashtirmadi.
«Men bilan ittifoqi buzilgan amirlarni bir-ma-bir holi joyga chaqirtirib, har qaysisi bilan alohida gaplashdim. Mol-dunyoga hirs qo’ygan ojiz va ta’magirlarga mol-dunyo va’da qildik, mansab-martabaga va mamlakatlarni boshqarishga ko’z tikkan amalparastlarga qo’lim ostidagi mamlakat va viloyatlardan birining hokimligini berdim. Ular­ning hammasini umid va qo’rqinch orasida saqladim. Qolgan sipohiylarni ham emak-ichmak va kiyim-kechak umidi, shirin so’z va ochiq chexra bilan o’zimga rom qildim. Bir xizmatini o’n barobar qilib taqdirlab, dilini xushnud etdim. Natijada meni qo’llab-quvvatladilar va atrofimda birlashdilar. Har ishda birlik — ittifoqlikni qo’ldan bermaslikka, amrimdan chiqmaslikka va’da berib, men uchun molu jonlarini ayamay, jang maydonida jonbozlik qilishga axd qildilar».
«Yo’l ustida kuzatuvchilar, zobitlar tayiria-sinlarki, yo’llarni qo’riqlab, yo’lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini biri manzildan ikkinchi manzilga etkazib qo’ysinlar. Yo’l ustida birontasining narsasi yo’qolsa, o’zi o’ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javobgarlik ularning zimmasida bo’lsin.

Yüklə 148,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə