O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73

birligida hukm surishi inson ongida bevosita inьikos qilinadi. Odatda inson 
tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, 
xususiyatlarning o`zaro o`rin almashinuvi tufayli namoyon bo`ladi va o`ziga 
xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. 
Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining 
obьektiv  mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga   bog`liq  bo`lib,    
xuddi    shu    mezon    orqali    uning mahsuldorligi o`lchanadi. Masalan, 
shaxsning ehtiyoji, motivatsiyasi, qiziqishlari va intilishiga mos, mutanosib 
vaqt birligini idrok birligini    idrok    qilgan    taqdirdagina   vaqt   obьektiv   
jixatdan  tez o`tganday idrok kilinadi, odatda yoqtirmaslik, idrok maydoniga  
nomutanosiblik esa shaxsda zerikish   tuyg`usini   uyg`otadi.  
Biosfsra va neosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning  fazodagi  o`rin 
almashinuvini bevosita  inьikos ettirishdan iboratdir. Xuddi shu sababdan 
harakat nisbatan  va nisbat berilmasdan   idrok kilinishi ilmiy psixologik 
manbalarda  qayd qilib o`tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan 
harakatsiz boshqa jismlarga takqoslangan holda idrok kilinsa, bunday toifadagi 
harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda, harakatlanayotgan jism hech 
kanday narsa bilan takqoslanmasdan idrok kilinsa, bu ko`rinishdagi harakat esa 
nisbat berilmasdan  idrok qilish deyiladi. Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa 
va xodisalarning fazoda egallagan o`rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga 
nisbatan munosabatlarini iborat bilish jarayoninig shaklidir. Voqelikni idrok 
qilish orqali inson borliq to`g`risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi 
yaьni ich tomoni, chuqurligi yuzasidan muayyan ma’lumotlar, xossalar, 
axborotlar to`plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Idrokning har 
uchala shaklining yordami bilan dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va  
noverbal holatlar bilan bevosita va bilvosita yo`l yordamida muayyan obrazlar  
mujassamlashadi, natijada yaxlit in’ikos etish holati yuzaga keladi, bilishga oid 
aksariyat mahsullar to`planadi. 
Idrok jarayonida uning fenomenlari  muayyan hodisalarni  aks  
ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo`lishi 
mumkinligi to`g`risida ma’lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida 
gallyutsinatsiya  ya’ny yo`q narsalarning ko`rinishi, eshitilishi, sezilishi, 
illyuziya, adashish, yanglishish 
degan ma’noni bildiradi, attraktsiya   o`ziga tortish, mahliyo etish, 
tushunchalar orqali nomlanadi. 
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish 
analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning yaьni 
ovozlarning eshitilishi, sharpalarniig sezilishi  xayolan, fikran paydo bo`lishidan 
iborat idrokning psixopatologik  hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi. 
Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo`lib, ba’zan 
qo`rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig`idagi 
qo`zg`alish jarayonlarining nuqsonli, sust  harakati natijasida, goho asab 
tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga 
 
75


kelish mumkin. Bizningcha, gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko`rinishga 
ega bo`lishi mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a)yo`q 
narsalarning ko`zga ko`rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar 
eshitilishi; v) yo`q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar. 
Illyuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va 
xodisalarning noto`g`ri  idrok qilishdan iborat jarayonning noyob hodisasidir. 
Ba’zan psixologiya fanida noto`g`ri idrok qilishga olib keluvchi 
qo`zg`atuvchilar konfiguratsiyasining o`zi ham illyuziya deb ataladi. Tasvirlar 
yorug` fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya’ni holat mahsuli deyiladi. 
Kontrast frantsuzcha keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so`z bilan 
aytganda yorug`lik bilan fon o`rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon» 
tushunchasi  asos, negiz  ma’nosini bildiradi. 
Aksariyat illyuziyalar ko`rinadigai harakatlar bilan bog`liqdir, a) 
qorong`ilikda harakatsiz yorug`lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi; b) 
fazoviy jihatdai yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur’atlar bilan 
namoyon etib turish harakat taassurotini vujudga keltiradi; v) harakatsiz 
obьektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo`nalishga qo`yish harakat 
tuyg`usini paydo qiladi. 
Attraktsiya insonni o`zi bilan o`zga o`rtasidagi munosabatda namoyon 
bo`lib, o`ziga maxliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli 
insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha 
manbalar, qo`zg`atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan: 1) 
dastlabki tashqi ko`rinish, istarasining issiqligi; 2) subьektga nisbatan rishtasiz 
bog`lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq 
moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o`xshashlikning mavjudligi; 
sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar. 
Idrokning muhim tomonlaridan biri- uning xususiyatlarining turli jabhalar, 
vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo`lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan 
biri - bu faol ravishda, bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. 
Odatda insonning idrok qilish  faoliyati uning o`zlashtirilgai bilimlari, 
to`plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik- sintetik harakatlar tizimi 
zamirida yuzaga keladi. 
Idrokning yana bir muhim xususiyati - uning umumlashgan holda narsa va 
hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan 
ko`pqirrali, ko`pyoqlama alomatlari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib 
qolmasdan, balki o`sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi. 
Idroknipg navbatdagi xususiyata - uning xarakatchanligi va 
boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko`mir yorug`likda yog`du sochadi, oq 
qog`ozdan ko`proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora» va «oq» deb 
idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’ektiv taassurotlarga nisbatan 
o`zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok jarayoni inson oldida turgan 
maqsadga, maqsad qo`ya olishga, unga berilgan ustanovkaga  uzviy bog`liq 
holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir.  
Idrokning boshqa bilish jarayonlaridan, shu jumladan, sezgidan farqli 
tomoni shuki, u narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirishdir. Xuddi shu 
 
76


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə