O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73

keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni; vaqtinchalik unutish. 
Reministsentsiyaning sababi asab tizimining charchashi, zaharlanishi yoki 
shaxsning kuchli hayajonlanishi va  hokazolardan kelib chiqishi mumkin. 
      Eydetizm (yunon. eidos obraz)  avval idrok qilingan narsa va hodisalarning 
obrazlarini  ongda   aniq,   to`liq   va  yorqin   holda  uzoq   vaqt   saqlab   qola  
olish qobiliyatida ifodalaydigan ruhiy hodisa. Narsalarning tasvirlaridan deyarli 
farq qilmaydigan tasavvur sifatida. 
    Paramneziya    (yunon.    mnesis   eslash) sodir bo`layotgan voqelikning 
qachonlardir boshdan kechirilgandek bo`lib tuyulishidan  iborat  xotira  
kasalligi;  yolg`on esdaliklar yoki xotiraning  noto`g`ri  aks  etishi. 
Obraz xotirasi - yaqqol mazmunni, yaьni narsa va xodisalarning    aniq     
obrazlarini,     ularnipg    yorkin    xususiyati     va bog`lanishlarini zsda 
qoldirish, mustahkamlash, hamda esga tushirishdan   iborat  xotira turi.   Obraz  
xotirasi  analizatorlarning   nomiga ko`ra ko`ruv, eshituv, ter sezgisi kabi 
turlarga bo`linadi. Obraz xotirasining alohida bir turi   eydetizm   hisoblanadi.   
Masalan,   biz   ilgari   o`zimiz   ko`rgan qo`shiqchining obrazini, u ijro etgan 
kuyning va ashulani, uning  ashula paytidagi ifodali harakatlarini va turli 
qo`zg`atuvchilar hosil qilgan boshqa taassurotlarni esimizda saqlaymiz. 
 
Harakat xotirasi-turli xdrakatlarni, ularning bajarilish tartibi, tezligi, 
sur’ati, izchilliga va boshqa sifatlarini esda qoldirish,   mustahkamlash   hamda   
esga   tushirishdan   iborat   turi.Harakatni esga tushirish shu harakatni bevosita 
bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir bo`ladi. Harakat xotirasi mehnat, 
o`quv, maishiy xizmat ishlari, sport va boshqa turdagi malakalarning tarkib  
topishi   hamda  bajarilishida   muhim  ahamiyatga  egadir.  O’z gavdasining 
xatti-harakatlarini esda saqlab qolish inson hayotida muhim ahamiyat kasb 
etadi, bunday esda eslab qolishning asosida  harakat shakli, tezligi, izchilligi, 
ularning ritmi va hokazolar to`g`risidagi muskul harakat tasavvurlari yotadi. 
 
Mantiq xotirasi-ma’lum g`oyalar, fikrlar hamda ular o`rtasidagi 
mantiqiy bog`lanishlarni esda qoldirish, mustahkamlash va zarur paytlarda esga 
tushirishdan iborat bo`lgan xotira turi. Masalan,  falsafiy   mushohadalar,  
qonuniyatlar  va shu kabilarni esda qoldirish, mustahkamlash  va qayta tiklash 
jarayonlaridir. So`zlar  yaьni  verbal orqali ifodalangan fikrlar so`z mantiq 
xotirasi yordamida esda olib qolinadi.  
 
His-tuyg`u      yaьni  emotsional   xotirasi-voqelikdagi   narsa va 
hodisalardan,    o`z-o`zimizga    bo`lgan        munosabatlarimizdan        kelib  
chiqadigan  yoqimli  hamda  yoqimsiz  kechinmalarni  esda qoldirish va esga 
tushirishdan iborat xotira turi. His-tuyg`u yoki hissiy xotira odamlarning ilgari 
o`z boshidan kechirgan his-tuyg`ularni hissiy  holatlarini esda olib qolishdir. 
Chunonchi, qachonlardir, biron ulkan va murakkab ishni amalga oshirgai 
paytingizda yoki musobaqa g`olibi bo`lganingizda va shu kabi boshqa holatlarda 
sizda jo`sh urgan quvonch yoxud iftixor hissi oradan ancha vaqt o`tgandan keyin 
ham xotirada tiklanishi   mumkin.   Imtihon   paytida  qoniqarsiz  javob 
qaytargan yoki noto`g`ri nojo`ya xatti-harakat tufayli qattik hijolat chekib, 
uyalgan bo`lsangiz, siz uni uzoq vaqt esdan chiqarmasligingiz mumkin. 
 
Mexanik (grek, ongga yo`naltirilmagan) xotira-muayyan materialni 
 
81


uning mazmuni, mohiyati, ichki mantiqiy bog`lanishlariga tushunmagan holda, 
faqat muhim bo`lmagan tashqi belgilariga asoslanib esda qoldirish, 
mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. 
 
Fenomenal  (gr.phainomenal-noyob)  xotira-idrok qilingan narsa    va   
hodisalarni,    ularning    bog`lanish    muiosabatlarini favqulodda tez  hamda  
aniq  esda  qoldirish   va  esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyat. 
 
Esda qoldirish-idrok qilingan materiallarni, narsa va hodisalarni 
ongimizda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. 
 
Ixtiyorsiz esda qoldirish-idrok kilingan narsa va hodisalarni, ularning 
ayrim belgilari va xususiyatlarini, ular haqidagi fikr hamda tushunchalarni 
oldindan aniq maqsad qo`ymagan holda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. 
I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh miya yarim sharlari 
qobig`ining ma’lum darajada tormozlangan uchastkalari orqali ro`y beradi. 
Shuning ham ixtiyorsiz esda qoldirilgan narsalarni biz keyin payqab qolamiz. 
 
Ixtiyoriy esda qoldirish-idrok materialini maqsadga mufiq, uning 
muhimligini anglangan holda, irodaviy va asabiy kuch sarflab esda qoldirishdai 
iborat xotira jarayoni. 
 
Tezkor (operativ. lat. operativ-tezkor) xotira inson tomonidan bevosita 
amalga oshiriladigan ko`z harakatlari, aqliy harakatlar uchun xizmat qiluvchi 
xotira jarayonidan iboratdir. Masalan, matematik amalni bajarishga kirishar 
ekanmiz, biz uni bo`laklarga ajratib bajarishga kirishamiz; oraliq natijalarini 
esimizda saqlab turamiz, faoliyatimiz nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim 
materiallar esdan chiqa boshlaydi. Bunday holatni matnni o`qishda, uni 
ko`chirib yozishda, murakkabroq aqliy mehnatni amalga oshirishda kuzatish 
mumkin.  
 Qiska muddatli xotira-bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oralig`ida idrok  
qilish hamda shu kezdayoq qayta tiklashdan iborat bo`lib, qisqa muddatli esda 
olib qolish bilan tavsiflanadi. Axborotning saqlanishi 30 sekundgacha bo`lishi 
mumkin. 
Uzoq muddatli xotira- ko`p martalab takrorlash va qayta tiklashlar orqali 
uzoq vaqt, muddat esda olib qolishga mo`ljallangan xotira turi. 
Inson xotirasining qonuniyatlariii o`rganish psixologiya fanining markaziy 
masalalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Ma’lumki, insonning har qanday 
kechinmasi, hatto xatti-harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, ma’lum bir 
sharoitda qayta namoyon bo`luvchi izlar qoldiradi. Shuning uchun xotira 
deganda, insonga tabiat, jamiyat, koinot to`g`risida ma’lumot, xabar, axborot va 
taassurot to`plash imkonini beradigan hamda ilgarigi tajriba izlarining esda olib 
qolinishi, esda saqlanishi, qayta esga tushirilishi, eslashi, tanishi tushuniladi. 
Bolalarda xotiraning yuksak (yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy 
ravishda tadqiqot qilish taniqli L. S. Vigotskiyga nasib etgan. L.S. Vigotskiy va  
uning  shogirdlari L. N. Leontьev  va L. V. Zankovlar bilan birgalikda xotiraning 
yuksak shakllari ruhiy faoliyatning murakkab shakli ekanligini, kelib chiqish 
jihatidan ijtimoiyligini ko`rsatadi. Shuning bilan birga u murakkab, mohiyatiga 
ko`ra, esda olib qolishning asosiy bosqichlari rivojlanishini dalillab berdi. 
 
82


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə