O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73

Psixologlardan A. A. Smirnov, P. I. Zinchenkolar ham xotira bo`yicha ilmiy-
tekshirish ishlarini olib bordilar, uning yangi qonunlari va mexanizmlarini 
ochdilar, esda olib qolishning faoliyat maqsadiga bog`liqligini yoritdilar, 
murakkab materialni esda olib qolishning oqilona usullarini ko`rsatib berishga 
muvofiq bo`ldilar. 
     Ye. N. Sokolov olib borgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, ilgari  so`ngan  
orientir  refleksining  qayta tiklanishi   faqatgina ko`zg`atuvchining   xarakterini   
o`zgartirilgan   zahoti   emas,   balki ma’lum vaqt o`tgandan so`ng ham kuzatish 
mumkin. Agar teshiruvchilarda alohida bir qo`zgatuvchiga nisbatan moslashish 
paydo qildirilgan,  salgina qo`zgatuvchining jadalligini, ta’sir etish vaqti yoki 
xarakteri o`zgartirilsa, u holda orientir refleksiniig vegetativ yoki 
elektrofiziologik simptomlari qayta tiklanadi. Bu orientir refleksining qayta 
tiklanishi uning so`ngganidan uzoq muddat o`tgandan keyin ham kuzatilgan. 
Ma’lumki, agar bir xil xususiyatga ega bo`lgan  signal qanchalik  ko`p 
uchrasa, sinaluvchi  unga  shunchalik  tez  moslashadi, xuddi shu tariqa 
tezkorlikda  javob qaytaradi. 
Tekshirishlarning ko`rsatishicha, insonniig nerv sistemasi alohida  muddat 
saqlash imkoniyatiga egadir. 
Inson miyasi bir marta berilgan qo`zg`atuvchining izini uzoq vaqt aniq 
saqlashi mumkindir. Shunisi ajablanarliki, izlarning aniqligi vaqt o`tishi bilan 
yo`qolmaydi, balki u borgan sari kuchayib boradi. 
Ko`pgina psixologlarning kuzatishlariga qaraganda, insonning bosh miyasi 
jarohatlanganda, jarohatgacha bo`lgan qisqa vaqt ichida va jarohatdai keyin 
ma’lum vaqt oralig`ida ta’sir qilgan qo`zg`ovchilarning izi saqlanmaydi. Bosh 
suyagi og`ir jarohatlanib, odam xushidan ketganda, shikastlangangacha qanday 
xodisa ro`y berganligini va undan so`ng ro`y bergan hodisani sira eslay olmaydi. 
Bu holat shuni ko`rsatadiki, nerv sistemasida ro`y bergan kuchli shok, yaьni 
ruhiy og`ir favquloddagi xastalanish  miyani ma’lum muddatga unga yetib 
kelgan qo`zg`atuvchilarning izlarini saqlashga qobiliyatsiz qilib qo`yadi.  
Masalan, 78-km da halokatga  uchragan mototsiklchi 64-km kmdan boshlab 
ko`rgan barcha narsalarni esdan chiqaradi. U soatiga 60 km tezlik bilan 
ketayotganligi sababli halokatdan 10-15 minut oldin ro`y bergan taassurotlarning 
izlarini mustahkam saqlab qola olmagan. Demak, izlarning xotirada 
mustahkamlanishi yoki psixologiyada aytiladiganidek, «konsalidatsiya»lanish 
uchun 10-15 minut kifoya qiladi. 
Miyaning qo`zg`alishiga ta’sir qiluvchi turli moddalar izlarning saqlanishiga 
turlicha «chuqurlikdagi» ta’sir qiladilar. Ba’zilari 3-4 kun oldin hosil kilingan 
ko`nikmalarni yo`qotsa, boshqalari izlarning hosil bo`lishiga ta’sir qiladi. 
Yuqorida bayon qilingan tadqiqotlarning ko`rsatishicha, xotira sababiy 
bog`lanish, ya’ni determinator holati natijasida vujudga keladi. 
Psixikaning eng muhim xususiyatlaridan biri-borliq to`g`risidagi tashqi 
taassurotlarning, xususiyatlarining aks ettirilishi individning yurish-turishida, 
xatti-harakatlarida, fe’l-atvorida keyinchalik uzluksiz ravishda foydalanishdan 
iboratdir. Iison xatti-harakatlarining asta-sekin murakkablashuvi, yangicha 
mazmun va shakl kasb etishi, sifatiy o`zgarishlarining yuz berishi, shaxsiy 
 
83


tajribaning kengayishi, ortishi bilan ro`y beradi. Tashqi olamning, borliqning, 
turmush tarzining bosh miya katta yarim sharlarining po`st qobig`ida xosil 
bo`ladigan obrazlari, tasvirlari, xossalari tubdan yo`qolib ketmaydi. Voqelikning 
va tashqi olamning timsollari, tizimlari o`zaro turli yo`sinda, tarzda bog`lanib 
mustahkamlanadi, tartibga keladi, guruhga birlashadi, hayot va faoliyatning 
talablariga mos ravishda esda olib qolinadi, esda saklanadi, muayyan izlarning 
jonlanishi iatijasida ularning barchasi tiklanadi. 
Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli 
uning namoyon bo`lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-
xil ko`rinishga egadirlar. Odatda xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga 
ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish,esda 
saqlash, qayta esga tushirish, eslash, tanish singari jarayonlarsh amalga oshiruvchi 
faoliyatning xususiyatlariga bog`likligi olinadi. Psixologiyada xotira  muhim 
mezonga  ajratiladi: 
I. Faoliyatning faolligiga ko`ra xotira kuyidagi turlarga  bo`linadi: 
a)  harakat yoki motor harakat xotirasi; 
b) obrazli xotira; 
v) his-tuyg`u yoki hissiyot xotirasi; 
g) so`z-mantiq xotira. 
II. Faoliyatning maqsadiga binoan; 
     a) ixtiyorsiz, b)ixtiyoriy, v) mexanik. 
III.  Faoliyatning` davomiyligiga ko`ra: 
a)  qisqa muddatli xotira; 
b) uzoq muddatli; 
v)  operativ (tezkor) xotira. 
IV.
 
Faoliyatning inson yo`nalishiga qarab: 
     a) fenomenal, b) kasbiy. 
Harakat xotirasi. Inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki 
bu ko`rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi. Ana shu ruhiy faollik turlarining har 
biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o`z ifodasini topib, 
harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuyg`ularda, obrazlarda, timsollarda fikr va 
mulohazalarda aks etadi. 
Turli harakatlar va ularni bajarilish tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va 
boshqalarni esda qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan  iborat xotira turi 
harakat xotirasi deb ataladi. 
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq, 
ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Masalan,  bir musiqa ishqibozi 
musiqiy asarni xotirasida mutlaqo kayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina 
eshitgan operani faqat pantomima tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega 
bo`lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydi-ki, ular o`zlarida harakat 
xotirasining birligini umuman payqamaydilar.Mazkur xotira  turining g`oyat  
katta  ahamiyati  shundan  iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari 
 
84


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə