O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73

bo`lishi uning tushunish darajasini yangi bir sifat bosqichiga ko`taradi. Psixikaning 
muayyan xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, sifatlari, fazilatlari, 
qonuniyatlari orqali moddiy dunyoni tushuna boradi va unda o`z faoliyatining 
mazmunida barcha obьektlarni amalga oshira boshlaydi. Bolalik dunyosining 
ichki murakkab qatlamlaridan asta-sekin «o`zlik»ni, shaxsiy «men»likni tushunish 
tuyg`usi, sezish, his qilish jarayonlari shakllana boshlaydi hamda u ëki bu har xil 
xususiyatli to`siqlarni yengish imkoniyati ro`yobga chiqadi. Mazkur taraqqiyot 
bosqichi psixologiya fanida «men» davri yoki «o`zlikni  anglash» davri deb yuritiladi
u bolada nutq paydo bo`lganidan boshlanib, bir necha rivojlanish bosqichlarini o`z 
ichiga qamrab oladi. «Men» davrining anglashilgan shakllari va ko`rinishlarining 
namoyon bo`lishi o`smirlik davriga to`g`ri keladi. O’smirlik davrida o`g`il va 
qizlarning ruhiyatida o`zlikni anglashga bog`liq bir talay muammoli savollar va 
ularning turmushda qaror toptirish tuyg`ulari, istaklari, orzulari paydo bo`lib, 
ko`pincha bu narsalar yakka shaxsning «kimligi», «qandayligi», «kimga va nima 
uchun kerakligi»ga yo`naltiriladi. Bolaning psixik xususiyatlari, funktsiyalari  uni 
qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va ijtimoiy vositalar 
orqali egallash uchun xizmat qiladi. Xuddi shunga o`xshash o`zligini anglash 
jarayoni insoniyatning barcha tarixiy va evolyutsion  tarakqiyoti davrlariga xos 
xususiyat sanaladi. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy davrlarida kishilarda ichki 
ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug`ma mayl va layoqatlar alomatlari 
asta-sekin iste’dodga, qobiliyatga aylana borgan. Ammo bu jarayon birining 
o`rniga ikkinchisini mexanik  ravishda yuzaga kelganligini bildirmaydi, balki, 
aksincha, murakkab sifat o`zgarishlar, organlarning takomillashuvi, tajribalarda 
to`plangan tatbiqiy bilimlar tartibga solinayotganligini ifodalaydi. Insonning 
jismoniy, ruxiy, ijtimoiy  rivojlanishi natijasida yer kurrasida moddiy dunyo, 
ma’navnyat, yozuv, san’at, adabiyot, fan, texnika yaratilgan. Bularning zamirida 
inson tafakkuri, ongi, aql-zakovati, kuchli irodasi, mustahkam harakteri, ijodiyoti, 
hayolati yotadi. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam o`zini 
hayajonlantirgan, taajjubga solgan   savollariga javob izlash imkoniyati vujudga 
kelgan. Buning natijasida «Inson qanday fikrlaydi», «Odam qanday yangilik 
yaratishi mumkin», «Ijod qilish qay yo`sinda paydo bo`ladi», «Moddiy dunyoni 
qay tariqa bo`ysundirish mumkin?», «Aql-zakovatning o`zi nima?», «Insonga 
uning ichki ruhiy dunyosi qaysi qonunlar asosida bo`ysunadi?», «Inson o`ziga 
o`zi ta’sir o`tkaza oladimi?». «O’zgalargachi?», kabi turli-tuman muammolar 
yechimini qidirishga harakat qiladi. Mana buning barchasi psixologik bilimlar 
tug`ilish nuqtasini vujudga keltiradi va ana shu daqiqadan boshlab inson o`zini 
o`zi anglaydi. Binobarin, psixologik bilimlar namoyon bo`lishi o`zini o`zi 
anglashni omiliga aylanadi, buning  natijasida insoniyatning buyuk yutug`i yaьni 
tafakkurning kashf qilinishiga olib keladi. Avvallari uning fikri, hayoli tashqi 
dunyoni egallashga qaratilgan bo`lsa, tafakkur kashf qilingan davrdan boshlab 
sub’ekt-ob’ekt  munosabati o`rnini sub’ekt yaьni  insonning fikri o`zini o`zi 
anglashga yo`naltirilgan munosabat egallay boradi. Demak, inson ob’ektiv 
dunyoni sub’ektiv tarzda aks ettirish orqali o`zini o`zi tadqiq qilishdek murakkab,  
ishni amalga oshirishga qaror qiladi. Ana shu boisdan, psixologiya fanining 
vazifalari ko`lami kengaydi, murakkablashdi, ichki tarkibida keskin burilish 
 
5


yasab, o`z predmetiga insonni ilmiy jihatdan o`rganishdan tashqari  o`zini o`zi 
anglashni ham kiritdi. 
    
Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridai farqli tomoni shundan 
iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo`lib, ijtimoiy turmushning 
barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada    ta’sir o`tkazadi. 
Psixologiya boshqa fanlardan farqli o`laroq o`z tatbiqiy ma’lumotlari, 
natijalarining ko`pqirra, ko`pyoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va 
mutlaqo boshqa sifat ko`rsatkichiga ega. Ayniqsa, bu borada o`zini o`zi boshqarish 
alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o`rganish ilmidan 
tafovutlanib, o`zining psixik jarayonlari, funktsiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, 
xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o`z aksini topadi. Inson o`zini 
anglay borib, o`z insoniy xislati, xususiyati, sifati, xulqini o`zgartirish 
imkoniyatiga ega bo`ladi. 
    Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o`zini o`zi boshqarish va 
takomillashtirish, o`zini o`zi qo`lga olish, o`ziga o`zi buyruq berish, o`zini o`zi 
tarbiyalash bo`yicha boy materiallar to`plagan, bu esa o`z navbatida inson 
munosabati, maqsadi, xolati, kechinmalari o`zgarishini yangidan yaralishi haqida 
ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-
barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, 
shakllantirish, yangi sharoitga ko`chirish, takomillashtirish, rivojlanish 
dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o`tishini qayd kilish imkoniyati 
borligi bilan o`ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari 
uning amaliyot uchun muhim axamiyat kasb etishidan dalolat beradi 
(hukuqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo 
psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, 
sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan uch 
predmetiga ega bo`lib, amaliy sotsial psixologiya, injener  psixologiya, oilaviy 
psixoterapevt, tibbiyot psixologiya, maktab psixologiyasi kabi sohalarni o`z ichiga 
qamrab olgandir. 
 Shu narsani alohida ta’kidlab o`tish kerakki, ilmiy psixologiya nemis 
psixologi V. Vundt  tomonidan 1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida 
asos solingan birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. 
 Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo`lgan 
bo`lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi 
aniqlangani yo`q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo`nalishdagi soxalar 
bo`yicha to`plangan ma’lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash 
mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar 
mavjud bo`lishidan qat’i nazar, u alohida xususiyatga ega bo`lgan mustaqil 
fandir. Ma’lumki, har qanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy 
tajribasi muayyan darajada o`z aksini topgan bo`ladi. Masalan, matematika fani 
sonlar, miqdoriy munosabatlar, geometrik shakllarning xossalari, trigonometrik 
funktsiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi. Lekin psixologiya 
yuzasidan ana shunday mulohazalar yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki 
uning zamirida tubdan boshqacha o`ziga xoslik yotadi. Har qaysi shaxs 
kundalik turmushning o`ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo`lib, o`z  
 
6


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə