O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73

saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko`rsatgichiga egadir, hatto turmush 
tajribasida to`plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham 
mumkin. Chunki, yirik yozuvchilar, vrachlar, o`qituvchilar, ruhoniylar, 
savdogarlar uzluksiz ravishda kishilar bilan muomalaga kirishishlari  natijasida 
ularning ichki dunyosi va xulq-atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada 
qurollangandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko`pmi psixologik 
bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir-birlarini tushunishlari, 
ta’sir o`tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan bashorat qilish, kishining 
yakkahol xususiyatlarini hisobga olgan holda ko`rsatishni ta’kidlab o`tishning 
o`zi kifoya. 
 Endi  kundalik  turmushning psixologik bilimlari bilan ilmiy psixologik 
bilimlar o`rtasidagi tafovutni oladigan bo`lsak, kundalik turmushga oid psixologik 
bilimlar, dastavval, yaqqol va alohida olingan holat, vaziyatni o`z ichiga qamrab 
oladi. Masalan, sinchkov bola o`z muddaosiga yetish uchun otasiga, onasiga, 
buvasiga, opasi hamda akasiga har xil uslub bilan ta’sir o`tkazadi, turlicha 
vositalardan foydalanadi. U ko`zlangan maqsadiga erishish uchun katta yoshdagi 
odamlarning individual-tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutadi. 
Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar aniq vaziyatga qaratilganligi, biror 
shaxsga yo`natirilganligi bilan ilmiy psixologik bilimlardan farq qiladi. 
   Ilmiy psixologiya esa muayyan metodlar, vositalar, uslublar, usullar, 
operatsiyalar yordamida ma’lumotlar to`plash va ularni umumlashtirishga intiladi
izlanyotgan ob’ektning xususiyati, holati, munosabati, bog`lanishi kabilarni aks 
ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta’riflar, qonuniyatlar, xossalar yordamida 
psixologik mexanizmlar kashf qilishga harakat qiladi. 
   Odatda shaxsning xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xislatlari, xulq-
atvorlari, xatti-harakatlari bo`yicha turmush sharoitidagi bilan fan olamidagilar  
o`zaro o`xshab ketsada, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat, mantiqan  
izchilligi bilan  keskin ajralib turadi. Yuqorida yuritilgan mulohazalar kundalik 
turmush tajribasida to`planadigan psixologik bilimlar bilan ilmiy bilimlar 
orasidagi dastlabki farqni sharxlashga yo`naltirilganligi bois alohida ahamiyat 
kasb etadi. Lekin shu narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, turmush oid amaliy 
psixologik bilimlarga asoslanmasdan turib, ilmiy psixologik nazariyalarni yaratish 
mumkin emas.  Holbuki shunday ekan, amaliy bilimlar genetik kelib chiqishi 
nuqtai nazaridan birlamchi hisoblanadi Shu narsani alohida ta’kidlab o`tish 
zarurki, kundalik turmush psixologik bilimlari aksariyat hollarda sezgirlik, 
topqirlik xususiyati asosida intuitiv tarzda namoyon bo`lishi kuzatiladi. 
 
 
  Shuning 
uchun 
bunday 
psixologik bilimlar mahsus uslublar 
yordamida qabul qilinadi, ammo mantiqiy tahlil qilinmasdan turib to`g`ridan-
to`g`ri muomala tizimiga o`tiladi. Turmushda uchraydigan go`daklarning har xil 
shakldagi harxashalari va ularning maqsadga erishish istaklari kundalik hayotiy 
tajribalari, sinovlarida toblanadi, sezgir bolalar katta yoshdagi odamlarning zaif 
va mustahkam tomonlarini puxta o`rganadilar, bu borada muayyan qarorga 
kelganlaridan so`ng har qaysi shaxsga yakkahol yondashishini amaliyotga tatbiq 
qilib ko`radilar. Ana shu tariqa amaliy psixologik bilimlar ma’lum tizimga 
kiritiladi, ularning barqaror xususiyat kasb etganlari esa turmushda qo`llanila 
 
7


boshlanadi. Buning uchun o`zgalarga ta’sir o`tkazish usuli, ularda ichki 
imkoniyatga ishonch tuyg`usini uyg`otish, ta’sirga beriluvchanlikni 
kuchaytiruvchi motivlar  tabiatini chuqur tahlil qilish kerak.   Hayotiy psixologik 
bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan farqi shundan iboratki, ilmiy jihatdan 
asoslangan bilimlar   anglashilgan,   mantiqiy   puxta,   oqilonalik   xususiyatiga   
ega bo`ladi. Ilmiy psixologik bilimlar faraz va g`oyalarni ilgari surish daqiqasidan 
boshlaboq shakllana boradi, ulardan kelib chiqadigan oqibatlarni mantiqan 
tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda ham olg`a surilgan g`oyalar tekshirish 
jarayonida biron-bir tasdiq yoki inkor ma’nosiga erishsagina ilmiy psixologik 
bilimlar tizimiga kiritiladi. 
   Hayotiy isixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlar bilan qiyoslanishni 
davom ettirsak, unda ular o`rtasidagi tafovutlar yanada yaqqolroq ko`zga tashlana 
boshlaydi, masalan keksa  avlod tomonidan yaratilgan turmush psixologiyasini 
yosh avlod to`g`ridan-to`g`ri qabul qila olmaydi. Har bir yosh yakkahol ravishda 
hayotiy psixologik bilimlarni shaxsiy tajribasidan o`tkazganidan keyingina 
ularnipg to`g`riligiga ishonch hosil qiladi. Ana shu boisdan keksa  avlod bilan yosh 
avlod o`rtasida yuz beradigan nizolar, tushunmovchiliklar uzluksiz, to`xtovsiz 
ravishda davom etayotganligi sababli abadiyat konuniyatlariga aylanib ketgandir. 
Ilmiy psixologik bilimlar bundan farqni o`laroq tajribalarda, ilmiy tushunchalar va 
qonuniyatlarda yanada oydinlashadi, so`z va alomatlar orqali, nutq yordamida 
muayyan yozma nutq manbalarida qoldiriladi. Shuning uchun ularniig yoyilish 
ko`lami keng, tarqalish sur’ati tszdir. Kundalik turmushda to`planadigan 
psixologik bilimlar kuzatishlar, mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan 
qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish, 
sinash, tajriba (eksperiment) o`tkazish orqali bir voqelikni bir necha marta 
takroran tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush 
psixologiyasining materiallari tabiiy ravishda ro`y bergan vaziyat, holat, voqelik 
kabilarni tahlil hilish natijasida yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng 
qamrovli tajriba ma’lumotlariga tayanadi. Tajribalar esa bir necha bosqichlardan, 
qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko`rinishini kutib o`tirmasdan, 
balki zarur sharoit yaratiladi. 
    Shu faktni yana bir marotaba ta’kidlash o`rinliki, ilmiy psixologiyada 
katta hajmdagi materiallar, shu jumladan, qonuniyatlar, xususiyatlar 
umumlashtiriladi, insonning ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati 
yuzasidan umuminsoniy tavsifga ega bo`lgan teran xulosalar chiqariladi. Buning 
natijasida odam psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim ruhiy nuqsonlarni 
tuzatsh, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug`iladi, bu esa 
ijtimoiy, ijtimoiy psixologik bog`lanishlar mohiyatini oqilona tavsiflash uchun 
xizmat qiladi. Ijtimoiy va yakkahol turmush og`irliklari va tashvishlarini 
kamaytirish, aqliy hamda jismoniy zo`riqishlarni pasaytirish, shaxslararo 
nizolarni bartaraf etish singari sa’y-harakatlarni faqat ilmiy psixologik 
materiallarga asoslangan xolda oshirish mumkin.  
    
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalarida (yosh psixologiyasi, 
pedagogik psixologiya. tibbiyot psixologiyasi, sotsial psixologiya va boshqalar) 
o`tkazilgan tadqiqot ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik 
 
8


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə