O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73

jarayon, psixik funktsiya, psixik xususiyat, ijodiyot, faoliyat, ong, xulq, muomala 
singari tushunchalar bo`yicha materiallar to`plab beradi, shuningdek, psixik aks 
ettirishning (fizik, fiziologik, psixik, ong, o`zini o`zi anglash) moddiy asoslari, 
mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning 
o`zligiii anglash va boshqarish sari yetaklaydi. 
     «Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so`zini o`zbek tiliga tarjima qilsak, u 
«jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi 
davrda «jon» tushunchasi o`rniga «psixika»ni qo`llashda davom etmoqdamiz. 
Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni 
bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungn kunda «jon»dan kengroq 
ko`lamga ega bo`lib, ham ko`zga ko`rinuvchi, ham ko`zga ko`rinmovchi 
tomonlarini o`zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, 
muomala yaqqol namoyon bo`lish xususiyatiga ega bo`lsa, bilish jarayonlari, 
psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada 
mujassamlashgani uchun ular ko`zga ko`rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi 
davrdagi taraqqiyoti ular o`rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi. 
Psixika to`g`risida dastlabki tasavvurga ega bo`lish uchun dastavval psixik 
hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda psixik hodisalar deganda ichki
sub’ekgiv tajriba faktlarniig namoyon bo`lishi tushuniladi, boshqacha so`z bilan 
aytganda psixika hayotning sezgi, idrok
,
 xotira, tafakkur. xayol kabi har biri 
alohida olingan yaqqol shakllaridai iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajribaning o`zi 
nimani anglatadiz Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg`ulari, uning nimalarnidir 
esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki 
xayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy 
qismlaridir, ya’ni bularnipg hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi. 
  Sub’ektiv  hodisalarning  asosiy  xususiyati  ularning bevosita sub’ektga 
taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, 
albatta ana shu hodisalarni bir davrning o`zida tushunib ham turadi. Inson intilsa
ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo`layotganligini anglab 
turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir 
bo`lishidan tashqari, ular bevosita ko`z o`ngimizda namoyon bo`lib turadi. Umumiy  
qilib  aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, 
odatda shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning 
tomoshabini hisoblanadi. 
   Psixikaning turli shakllarda ko`rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, 
anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche «jon» 
somo «tana» ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo`lining 
mo`’jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday 
faktlarda, hodisalarda psixika namoyon bo`ladi, o`zining xususiyatlarini ajratadi, 
faqat ular orqaligina psixikani o`rganish mumkin. 
   Psixologik  voqelik-fakt deganda sub’ektning ichki kechinmalarining 
tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning ob’ektiv shakllari (xulq-atvor, tana 
harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali 
psixikaning xususiyatlari, holatlari, konuniyatlarini o`rganish tushuniladi. 
Boshqacha so`z bilan aytganda. inson ongidan tashqari, o`sha bog`liq bo`lmagan 
 
9


holda hukm suruvchi ob’ektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisalar, 
muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks etishi
 
psixologik voqelik deb 
ataladi. 
   Bugungi kunda psixologiya to`g`risidagina emas, balki uning sohalari 
bo`yicha ham boy ilmiy materiallar to`plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan 
mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli 
dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya 
psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim 
psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus 
psixologiya, iste’dod psixologiyasi) tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya, 
psixogigiena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat 
tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya, 
savdo va reklama psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy 
psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar. 
      
Psixologiya predmet quyidagilarni qamrab olishi zarur: 
1)
 
psixologik bilish jarayonlari (sezgi. idrok, xotira va hokazo) 
2)
 
psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala), 
3)
 
psixikanppg holatlari (kayfiyat, xayolparishonlnk kabilar), 
4)
 
psixikaning hodisalari, 
5)
 
psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari, 
6)
 
psixikaning qonuniyatlari
7)
 
psixikaning mexanizmlari, 
8)
 
psixik sharoit, muhit, vaziyat, 
9)
 
o`zaro sababiy bog`lanishlar, 
10)tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, printsiplari  
            va hakazo. 
   Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar tabiiy 
hamda ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqkan holda ibtidoiy jamoa a’zolarining 
psixologik xususiyatlarini aniqlash, ulardan shaxslararo munosabatlarda oqilona 
foydalanish, o`zining xatti-harakati, shaxsiy faoliyati va muomalaga kirishishida 
ularni hisobga olishga intilib yashab kelganlar. Ko`p ming yillik ijtimoiy hayot 
tajribalariga asoslangan ravishda odamlar shaxsning individual  xususiyatlarini 
jon bilan bog`lashga va uning ta’siri bilan izohlashga harakat qilishgan. Qadimgi 
odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida jon joylashgan bo`lib, u 
shaxsga oid xususiyatlar, xislatlarni vujudga keltirish imkoniyatiga ega emish. 
Ijtimoiy xalqlariing tasavvurlarida rux insonning tanasi bilan uzviy bog`liq holda 
xukm suradi, go`yoki yashaydi. Shuning uchun ijtimoiy hodisalar, hatto ong, 
shuningdek, real voqeliklar (o`lim, uyqu, bexush bo`lish, betoblik) kabilarni sodda 
tarzdagi moddiylik nuqtai nazaridan talqin qilishga uringanlar. Sodda tafakkur 
shakllari bilan qurollangan qadimgi odamlar atrof-muhit to`g`risidagi rang-baraig 
holatlar, hodisalar mohiyatini ilmiy jihatdan dalillash imkoniyatiga ega 
bo`lmaganligi sababli idrok qilingan narsani uning haqiqiy mohiyati tarzida aks 
ettirishgan.  
    Ularning tasavvurlarida quyidagicha talqinlar keng o`rin egallagan: 
 
10


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə