Leksikologiya“ fanidan Toshkent 2022 Kurs ishi Mavzu: Nemis tilshunosi Harald Burger va uning ilmiy qarashlari Ilmiy rahbar



Yüklə 291,27 Kb.
səhifə1/5
tarix14.04.2023
ölçüsü291,27 Kb.
#105557
  1   2   3   4   5
Harald Burger



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


Xorijiy filologiya fakulteti
Nemis filologiya“ kafedrasi
Leksikologiya“ fanidan


Toshkent - 2022
Kurs ishi


Mavzu: Nemis tilshunosi Harald Burger va
uning ilmiy qarashlari
Ilmiy rahbar: Umrzoqova F
Bajardi : 210A-guruh talabasi Yo’ldasheva Dilnavoz


Reja:


Kirish


I. BOB
I.1. Germaniyada leksikologiya tarixi
I.2. Nemis tilshunos olimlari


II BOB.


II.1. Harald Burgerning ilmiy qarashlari
II.2. Nemis tilida frazeologiya
Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish.
Mazkur kurs ishi davomida Nemis tili tarixi va uning rivojiga hissa qo’shgan tilshunos olimlar haqida ma’lumot beramiz. Xususan, lingvist Harald Burger ilmiy maqolalari uning lingvistik qarashlari haqida to’liq ma’lumot berishga va o’rganib chiqishga harakat qilamiz. Aslida nemis tili nima? Nemis tili (nemischa: Deutsch) – Hind-yevropa oilasidagi german tillari guruhiga mansub til. Idish tiliga yaqin. GFR, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi (qisman), Lyuksemburg Gersogligi (qisman), Belgiya Qirolligining rasmiy tili. Rossiya Federatsiyasida, Shim. va Jan. Amerikaning bir kancha mamlakatlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 110 million kishidan ortiqrokdir. Nemis tili frank, saks, turing , alemann, bavar singari gʻarbiy german kabilalari shevalari asosida tarkib topgan va quyi nemis, oʻrta nemis va jan. nemis lahjalariga, har bir lahja guruhi esa gʻarbiy va shar-qiy guruhchalarga ajraladi. Nemis tilining taraqqiyot tarixida milliy tilgacha boʻlgan (16-asrgacha) va milliy til (18-asrdan) davrlari farqlanadi; 16—17-asrlar oʻtish davri hisoblanadi. Hozirgi ada-biy til meʼyorlarining shakllanishi asosan 18-asr oxirida tugallanib, bu davrda grammatik tizim va imlo barqarorlashgan. Hozirgi Nemis tili fonologik tizimida monoftong va diftonglar 45 foizni tashkil etadi (16 unli fonema va 3 diftong); undoshlar tizimi 18 undosh fonema va 2 qorishiq tovushdan iborat. Barcha fonemalar hosil boʻlish oʻrni, usuli va talaffuzi jihatidan oʻzaro farqdanadi, muayyan oʻziga xosliklarga ega. Gramatik qurilishi analitiksintetik xususiyat bilan ajralib turadi. Mas, otlarda jins va kelishik shakllari, asosan, analitik tarzda, son kategoriyasi esa sintetik tarzda ifodalanadi. Bu holat boshqa soʻz turkumlaridagi shakllar ifodasida ham ku-zatiladi. Gapning asosiy turi feʼl markazli ran. Yasama, qoʻshma feʼllardan ifodalangan kesim qismlarining ran tarkibida distant holatda qoʻllanishi Nemis tilining aloqida xususiyati hisoblanadi.
Soʻz yasash vositalari tizimi yaxshi rivojlangan; soʻz qoʻshish bilan ot (asosan, termin) yasalishi keng qoʻllanadi. Lugʻat tarkibida asl nemischa soʻzlar qatori lotin, fransuz, italyan, ingliz va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham koʻplab uchraydi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan. Adabiy Nemis tilining Avstriya va Shveysariyadagi variantlari Germaniyadagi variantidan adabiy tildan turlicha foydalanish va uning lahjalar hamda soʻzlashuv tiliga munosabati nuqtai nazaridan oʻzaro farqdanadi.

Yüklə 291,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə