Leksikologiya“ fanidan Toshkent 2022 Kurs ishi Mavzu: Nemis tilshunosi Harald Burger va uning ilmiy qarashlari Ilmiy rahbar



Yüklə 291,27 Kb.
səhifə3/5
tarix14.04.2023
ölçüsü291,27 Kb.
#105557
1   2   3   4   5
Harald Burger

Nemis tilshunos olimlari
Nemis olimlari nafaqat nemis tili balki, butun dunyo tilshunosligini to’liq o’rganib chiqa olgan olimlar sanaladi. Dunyo tilshunoslik tarixi, rivojlanish boshqichlari va uning bir-biridan farqli jihatlariga to’liq ta’rif bera olgan olimlar ham aynan Germaniyadan yetishib chiqqan. Tilshunoslik tarixida tilga turlicha yondashuvlami kuzatish mumkin. Umumiy tilshunoslik fani asoschisi V. fon Gumboldt (1767-1835) tilshunoslikning asosiy masalalarini, predmetini va chegarasini belgilab berishga harakat qilgan mashhur olimdir. V. Gumboldt tilshunoslikni inson o‘rganadigan tarixiy, falsafiy, etnografik fanlar qatoriga qo‘shishga harakat qildi. V. Gumboldt ta’rificha, til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi boigan sifat va xususiyatlami o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir, shuning uchun ham tilni ilmiy o‘rganishda, uning haqiqiy mohiyatini tushunishda antinomiya - qarama-qarshilik metodini qollash maqsadga muvofiqdir. Til tabiatiga xos asosiy antinomiyalar quyidagilardir: Birinchi antinomiva: til bilan tafakkuming ajralmas birligi va ichki qarama-qarshiligidir. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bolmaganidek, til ham tafakkurdan ajratilishi mumkin emas. Ikkinchi antinomiva: til har doim rivojlanib turadigan dinamik hodisadir. Bir tomondan, til faoliyat boisa, ikkinchi tomondan, faoliyat mahsulidir. Muloqot vositasidan foydalanuvchi har bir til sohibi nutqiy faoliyat davomida til taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi, uni me’yorlashtirishi, keng yoyishi, boyitishi mumkin. Shu bilan birga, til jamiyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha tarixiy boyliklarini mujassamlantirgan va ajdoddan avlodga o‘tib boradigan aniq tarixiy me’yordir. “Aslida til” “egroH” (faoliyat mahsuli) emas, balki “energiya” (faoliyat)ning o‘zginasidir”. Bu antinomiyadan ko‘rinib turibdiki, V. Gumboldt til bilan nutqni tilshunoslik tani obyektlari sifatida ajratib o‘rganish masalasini ilgari surgan. Demak, ikkinchi antinomiya til bilan nutqning o‘zaro munosabati masalasidan iborat. 11 Uchinchi antinomiva: nutq va tushunish antinomiyasidir. V. Gumboldt ta’rifiga ko‘ra nutq va nutqni tushunish inson nutq faoliyatining ikki tomonini tashkil etadi. To ‘rtinchi antinomiva: nutqning obyektiv va subyektiv xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. V. Gumboldt fikricha, har bir individ insoniyat jamoasi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Subyektiv hodisa sifatida esa har bir so‘zlovchi o‘zining nutqiy faoliyati jarayonida til rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. Beshinchi antinomiva: tildagi jamoaviy va individual xususiyatlardir. Ma’lumki shaxs o‘zidan oldingi avlod tomonidan yaratilgan jamoa mahsulotidan foydalanadi, individual xususiyatini namoyon etadi. Nutq faoliyati. o‘z navbatida, so'zlovchi va tinglovchini taqozo qiladi. Shuning uchun nutqning jamoa viy va individual xususiyatlarini o‘rganish zarur. V. fon Gumboldt fikricha, til murakkab va ko‘p aspektli hodisa boiib, uni ilmiy o‘rganish tilning barcha aspektlarini tekshirishni talab qiladi. Olimning ta’kidlashicha, tilning har doim rivojlanib, o‘zgarib turishi uning eng asosiy xususiyatidir. Tilshunoslik fanining asosiy masalasi - tilning ana shu xususiyatini o‘rganishdan iboratdir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalar tilshunoslik fanining predmeti masalasi bilan bevosita aloqadordir. Y. Gumboldt nazariyasi, uning ilmiy faoliyati, ayniqsa, til va nutq xususidagi qarashlari tilshunoslik fani taraqqiyotiga katta hissa boiib qo‘shildi. V. Gumboldtning til haqidagi falsafiy nazariyasi, o‘zidan keyingi tilshunoslik fani takomillashuvida, turli ilmiy maktablar va oqimlaming shakllanishida asosiy omil boidi. Tilning ijtimoiy tabiatini talqin qilishda jahon tilshunosligi dialektik taraqqiyot prinsiplariga asoslanadi. Xususan, tilni jamiyat taraqqiyotining mahsuli deb tushunish tilshunoslik faniga qo‘shilgan eng buyuk hissalardan biridir. Tilning asosiy va muhim xususiyati shundan iboratki, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan boiib, eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Boshqa bir qator olimlar (A.Shleyxer, G.Paul, JVLMyuller), tilshunoslik maktablari (“Yosh grammatikachilar” maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi) tilning asl mohiyatini ochib berish masalasiga o‘z nuqtayi nazarlaridan yondashdilar. Ulaming fikr-mulohazalari tilshunoslik sohasida erishilgan yutuqlardan 12 hisoblansa-da, mazkur qarashlaming ba’zi jihatlari cheklangan edi. Tilshunoslik fani tarixida muhim o‘rin tutgan “Yosh grammatikachilar'' maktabi vakillari tilning tarixiy hodisa ekanligini tilning eng asosiy xususiyati deb bildilar.

Yüklə 291,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə