Leksikologiya“ fanidan Toshkent 2022 Kurs ishi Mavzu: Nemis tilshunosi Harald Burger va uning ilmiy qarashlari Ilmiy rahbar



Yüklə 291,27 Kb.
səhifə5/5
tarix14.04.2023
ölçüsü291,27 Kb.
#105557
1   2   3   4   5
Harald Burger

Nemis tilida frazeologiya
Frazeologiya atamasi orqali, tomondan esa bir tomondan, so’z birikmalarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi, boshqa, ma’lum tilning barcha barqaror birikmalari majmui tushuniladi. Tilning lug’at tarkibini nafaqat boshqa so’zlar, balki barqaror so’z birikmalari ham tashkil qiladi. Barqaror so’z birikmalari boshqa so’zlar bilan ibora tushunchasi vositasi vazifasida xizmat qiladi. Barqaror so’z birikmalari o’zida tobe munosabatda birikkan so’zlarni namoyon etadi. Erkin birikkan so’z birikmasi ma’lum fikrlarni ifodalash uchun har bir ma’lum nutq vaziyatlarining vazifasiga asosan tildagi muloqotlar davridagi mazkur tilning grammatik qoidalariga asoslanib yaratiladi. Erkin birikmaning umumiy ma’nosi o’sha birikmani tashkil etgan har bir so’z mazmunidan anglashiladi. Erkin birikma tarkibiga hokim so’z va gapning mustaqil a’zosi vazifasini bajaradigan tobe so’z kiritilgan. Shunday qilib, erkin birikma o’zida sintaktik bog’lanishni namoyon etadi. Birikmadagi har bir bog’lanishlarning tobelik munosabati birikmaning semantik mustaqilligini anglatadi va ular birlashgan holda turg’un birikmalarni hosil qiladi. Barqaror so’z birikmasi birikma tarkibidagi biror so’zni birikma ma’nosini buzmasdan o’zgartirish mumkin bo’lmagan qat’iy muayyan so’zlardan tashkil topgan bo’ladi. Barqaror birikma shaklan va muayyan ma’no jihatidan boshqa birikmalardan ajralib turadi, u an’anaviy qo’llanishi va mazmun to’laligining yuqori yoki quyi ekanligidan aniqlab olinadi. Turg’un so’z birikmasi nutq paytidagi so’zlashuv jarayonida yaratilmaydi, lekin nutqda allaqachon qotib qolgan va ma’lum mazmunda ishlatilayotgan bo’ladi. Barqaror so’z birikmasining mazmunan to’liq tarkibi gapning mustaqil bo’lagini anglatmaydi, lekin barqaror birikma bir butunlikda gapning bir bo’lagini barpo etadi, maqol bundan mustasno, chunki uning tuzilishi butun boshli gap bilan teng bo’lishi mumkin. Barqaror birikmali so’zlar tilning frazeologik birikmalari deb ham yuritiladi. Frazeologik birikmalar ikki yoki undan ko’p so’zlardan tashkil topadi, u bir tushunchani ifodalashi va bir so’zga ekvivalent bo’lishi mumkin, odatda u bir so’zli sinonimik ekvivalentga ega bo’ladi, sintaktik jihatdan gapning bir bo’lagini barpo etadi. Tuzilishiga ko’ra frazeologik birikmalar ulkan xilma-xillikni o’zida namoyon etadi. Frazeologik birikmalarning tarkibi o’rtasidagi semantik bog’lanishlar turlicha bo’lishi mumkin: bunday birliklar tarkibiga kiruvchi so’z o’zining ma’no mustaqilligini yuqori yoki past darajada saqlab qoladi. Erkin birikma – bu barqaror birikma, ya’ni birikma tarkibidagi so’zlarning har birida tobelik munosabati mavjud, bir oz ma’no mustaqilligi saqlangan birikma. Erkin birikmani tashkil etuvchi so’zlar ma’nosi frazeologik bog’lanishlarda tobelikni bildiradi, bundan tashqari har biri mazkur so’zlar bilan faqat birikmalarda ko’rsatiladi. Butun birikma ma’nosi uni tashkil etuvchi so’zlar ma’nosidan anglashiladi. Frazeologizmlar nemis tilshunosligida o’rganila boshlagach, frazeologik birliklarni tasniflash, tizimlashtirish masalasi ko’tarila boshlandi. Nemis tilshunos olimlari frazeologizmlarni turlicha yondashuvlar asosida klassifikatsiyalashgan. Masalan, M. D. Stepanova hamda I. I. Chernishyovalar strukturaviy hamda semantik jihatdan tasniflagan. Teo Shippan ham frazeologizmlarning ikki turini ajratib ko’rsatgan, ya’ni frazeologik butunlik va turg’un birikmalar. Yana bir tilshunos olim U. Fiks esa, frazeologizmlarni erkin gap bilan taqqoslaganda, fe’llar ma’nosining mos kelishi yoki mos kelmasligiga ko’ra ikki turini farqlaydi. Demak, tilshunos olimlar frazeologizmlarni turli xil jihatlarini o’rganishga urinishgan. Barcha sohalarda bo’lgani kabi frazeologiya ham o’zining o’rganish obyektiga ega. Frazeologiyaning o’rganish obyekti o’z navbatida shunday murakkab va o’ziga xoski, uni o’rganish jarayonida yuqorida sanab o’tilgan tilshunoslik fanlari rivojlanishiga yangi manbalar yaratadi. Frazeologiya nemis tilshunosligida umuman olganda asosiy mavzu ekanligi allaqachon isbotlab ko’rsatib berilgan. Avvalombor, muhokamada tasniflash masalasi turadi. Frazeologizmlarda so’z yasalishidagidek struktur tiplari va yasalish elementlari (affikslar) ning alohida sistemasi mavjud emas. Mavzu so’z gruppalari va gaplar haqida ketganligi tufayli so’zlar uchun qo’llanila oladigan tasniflash kriteriyalari frazeologizmlarda to’liq ko’chirilmaydi. Bu erda qandaydir tur klassifikatsiyasi haqida gap ketayotgani yo’q, balki kamdan- kam uchraydigan hodisalar, ya’ni frazeologizmlarning funksiyasi va mazmun- mohiyatidagi nuqtai-nazar, qarashlar, ularning turg’unligi va boshqa til birliklari bilan o’zgaruvchanlik aloqalarini ko’rib chiqish haqida ketmoqda. Frazeologik konstruksiya mohiyatining xarakterlanish bilan aloqadorligi tasniflash kriteriyalari sifatida ko’rib chiqilgan. Bir tomondan frazeologizmlardagi komponent sifatidagi qo’llanilayotgan so’larning ma’nolari orasidagi ”noqonuniy” munosabat va boshqa tomondan esa, frazeologizmlarning mutlaqo aniq qo’yilgan faktorlari, frazeologizmlarning ma’nolari semantik klassifikatsiya kriteriyasini ko’rsatadi. Lekin kelib chiqish darajasida alohida bo’linishini, farqlanishni qamrab ololmaganligi tufayli, boshqa keyingi funksional va struktur kriteriyalarni ham o’ziga yaqinlashtiradi. Mavzuni va predmetni aniqlash so’z va so’z yasalishi konstruksiyasi predmetini aniqlashdagi turli xil muammolarga qaraganda biroz qiyinroq. Mana shuning uchun hamma klassifikatsiya tajribalariga birinchi navbatda ana shu ta’sir ko’rsatadi. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida tilda mavjud bo’lgan so’z komplekslarining aniq kombinatsiyalarining barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. N. Teliya ham muammoli masala sifatida frazeologiyaning ko’rinishini leksikologiya bilan yonma- yon mustaqil bo’lim sifatida ajratdi va til sistemasi bo’limlarida batafsil asoslash bilan frazeologik qatlamning yuzaga kelishini rad etadi va tilning leksik semantik birligi sifatida e’tirof etilgan so’zning muammoli masalalaridan an’anaviy frazeologiyaning muammoli masalalarini ajratishni frazeologik tadqiqotlarning kamchiliklaridan biri deb izoh berdi. Nemis frazeologiyasining birinchi mustaqil umumiy ifodasi avval ham aytib o’tilganidek, rus tilshunos olimi I. I. Chernyashevaga taalluqlidir. U “frazeologik birliklar”ni (kamida bitta komponentning ma’nosi bilan) va frazeologik tipga xos bo’lmagan “turg’un so’z komponentlar”ini bir-biridan farqlab berdi. Frazeologizmlarga xos bo’lmagan turg’un so’z komlekslarini Chernyasheva “leksik birliklar” “frazeologiyalashgan yasalish” (jm. einem Verhör/einer Prüfung unterziehen) va “modellashgan yasalish” (in Verlegenheit sein/ zur Kenntnis bringen/nehmen) kabilarga ajratgan. Ushbu klassifikatsiyadan I. I. Chernyasheva u qadar qoniqmadi. U navbatdagi ishlarida frazeologiya masalalarin, predmetini aniqlash va tasniflash bilan ochib berishga harakat qildi. Lekin keyingi ishlari tugallanmay qoldi. Uning tugallanmay qolgan ishlari frazeologik birliklarning sinonimligi va ko’p ma’noliligi, umumiy qoidalar bo’yicha frazeologik sistemaning rivojlanishi, frazeologik yangi so’zlarning paydo bo’lishi kabi masalalar bilan bog’liq bo’lgan. Nemis tilshunos olimi X. Burger ham frazeologizmlar masalalari bo’yicha ko’plab ishlarni amalga oshirgan. U asosan idiomalarning stilistik aspektlariga va ularni tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratgan. U frazeologizmlarning bir guruhi sifatida idiomalarni sharhlab o’tgan. X. Burgerning fikricha, birikmaning umumiy ma’nosi qoidadan mustasno tarzda talqin qilinadi. Bunda ko’rsatilgan ko’chma ma’noli so’z birikmalari yoki ularning umumiy ma’nolari hech qanday holatda komponentlarning erkin ma’nosidan tushunilmaydi. Frazeologiya fanini o’rganishning o’ziga xos ba’zi muammolari mavjud bo’lib, bu borada mutaxassislarning fikrlari turlichadir. Darhaqiqat, frazeologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri frazeologiya sohasidagi nazariy va amaliy fikrlarni umumlashtirib, to’g’ri ilmiytadqiqotni amalga oshirishdan iboratdir. Tilshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar V. Flaysher, V. V. Vinogradov, E. D. Polivanov, B. A. Larin, A. V. Kunin, N. M. Shanskiy, L. P. Smit va Sh. Ballilar ham frazeologiya va uning masalalari borasida alohida tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirishgan va mazkur sohaning taraqqiyotida ularning hizmatlari nihoyatda beqiyos bo’lgan. Frazeologiya fanining tarix, adabiyotshunoslik, lisoniy mamlakatshunoslik va tilshunoslikning bir qator boshqa fanlari leksikologiya, semantika, grammatika, fonetika, stilistika, til tarixi, etimologiya, matn tilshunosligi va umumiy tilshunoslik kabi fanlar bilan bog’liqlik jihatlari ham mavjud. Frazeologiya leksemalardan tashkil topadi, leksemalar esa leksikologiyaning o’rganish obyekti hisoblanadi. Frazeologiya komponentlarining tabiatini hamda ularning lisoniy darajasini leksikologiyaning manbalariga tayanib aniqlash mumkin. Frazeologizmlar nemis tilshunosligida o’rganila boshlagach, frazeologik birliklarni tasniflash, tizimlashtirish masalasi ko’tarila boshlandi. Nemis tilshunos olimlari frazeologizmlarni turlicha yondashuvlar asosida klassifikatsiyalashgan. Masalan, M. D. Stepanova hamda I.I.Chernishyovalar frazeologizmlarning strukturaviy hamda semantik jihatdan tasniflagan. Teo Shippan ham frazeologizmlarning ikki turini ajratib ko’rsatgan, ya’ni frazeologik butunlik va turg’un birikmalar. Yana bir tilshunos olim U. Fiks esa, frazeologizmlarni erkin gap bilan taqqoslaganda, fe’llar ma’nosining mos kelishi yoki mos kelmasligiga ko’ra ikki turini farqlaydi. Demak, tilshunos olimlar frazeologizmlarni turli xil jihatlarini o’rganishga urinishgan. Barcha sohalarda bo’lgani kabi frazeologiya ham o’zining o’rganish obyektiga ega. Frazeologiyaning o’rganish obyekti o’z navbatida shunday murakkab va o’ziga xoski, uni o’rganish jarayonida yuqorida sanab o’tilgan tilshunoslik fanlari rivojlanishiga yangi manbalar yaratadi. Frazeologiya nemis tilshunosligida umuman olganda asosiy mavzu ekanligi allaqachon isbotlab ko’rsatib berilgan. Avvalombor, muhokamada tasniflash masalasi turadi. Frazeologizmlarda so’z yasalishidagidek struktur tiplari va yasalish elementlari (affikslar) ning alohida sistemasi mavjud emas. Mavzu so’z gruppalari va gaplar haqida ketganligi tufayli so’zlar uchun qo’llanila oladigan tasniflash kriteriyalari frazeologizmlarda to’liq ko’chirilmaydi. Bu erda qandaydir tur klassifikatsiyasi haqida gap ketayotgani yo’q, balki kamdan- kam uchraydigan hodisalar, ya’ni frazeologizmlarning funksiyasi va mazmun- mohiyatidagi nuqtai- nazar, qarashlar, ularning turg’unligi va boshqa til birliklari bilan o’zgaruvchanlik aloqalarini ko’rib chiqish haqida ketmoqda. Frazeologizmlar haqli ravishda lug’at boyligining birliklari sifatida tadqiq qilinishi va xuddi so’zlar kabi tasvirlanishi lozim. Bu misol uchun frazeologizmlar va alohida so’zlar uchun asosiy umumiy tushuncha sifatida leksema terminining qo’llanilishida o’z ifodasini topadi. Yaxlit holda keltirilgan frazeologiya xuddi sintasis va morfologiya kabi chambarchas bog’liq yo’nalish sifatida bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan. N. Teliya ham muammoli masala sifatida frazeologiyaning ko’rinishini leksikologiya bilan yonma- yon mustaqil bo’lim sifatida ajratdi va til sistemasi bo’limlarida batafsil asoslash bilan frazeologik qatlamning yuzaga kelishini rad etadi va tilning leksik semantik birligi sifatida e’tirof etilgan so’zning muammoli masalalaridan an’anaviy frazeologiyaning muammoli masalalarini ajratishni frazeologik tadqiqotlarning kamchiliklaridan biri deb izoh berdi. Nemis frazeologiyasining birinchi mustaqil umumiy ifodasi avval ham aytib o’tilganidek, rus tilshunos olimi I. I. Chernyashevaga taalluqlidir. U “frazeologik birliklar”ni (kamida bitta komponentning ma’nosi bilan) va frazeologik tipga xos “turg’un so’z komponentlar”ini bir-biridan farqlab berdi. Frazeologizmlarga xos bo’lmagan turg’un so’z komlekslarini Chernyasheva “leksik birliklar” “frazeologiyalashgan yasalish” (jm. einem Verhör/einer Prüfung unterziehen) va “modellashgan yasalish” (in Verlegenheit sein/ zur Kenntnis bringen/nehmen) kabilarga ajratgan. Ushbu klassifikatsiyadan I. I. Chernyasheva u qadar qoniqmadi. U navbatdagi ishlarida frazeologiya masalalarin, predmetini aniqlash va tasniflash bilan ochib berishga harakat qildi. Lekin keyingi ishlari tugallanmay qoldi. Uning tugallanmay qolgan ishlari frazeologik birliklarning sinonimligi va ko’p ma’noliligi, umumiy qoidalar bo’yicha frazeologik sistemaning rivojlanishi, frazeologik yangi so’zlarning paydo bo’lishi kabi masalalar bilan bog’liq bo’lgan.
Xulosa
Yuqoridagi manba nemis tilshunos olimi X. Burger ham frazeologizmlar masalalari bo’yicha ko’plab ishlarni amalga oshirgan. U asosan idiomalarning stilistik aspektlariga va ularni tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratgan. U frazeologizmlarning bir guruhi sifatida idiomalarni sharhlab o’tgan. X. Burgerning fikricha, birikmaning umumiy ma’nosi qoidadan mustasno tarzda talqin qilinadi. Bunda ko’rsatilgan ko’chma ma’noli so’z birikmalari yoki ularning umumiy ma’nolari hech qanday holatda komponentlarning erkin ma’nosidan tushunilmaydi. Ma’lumki, frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq leksemadan tashkil topadi. Uning komponentlari orasida o’zaro sintaktik va semantik aloqa mavjud bo’ladi. FB komponentlarining semantik mustaqil bo’lgandagi farqlari avvaldan mavjud bo’lganlaridan frazeologizmlarning yasalishida ham muhim rol o’ynaydi. Shunday qilib, leksik komponent o’zgarmas tarkibi bir frazeologizmning belgisi ekanligini keltirib chiqaradi. FBlarning tarkibiy qismlari sifatida so’zlar leksik- semantik paradigmadan kelib chiqadi va leksik- semantik sistemaning birligi sifatida so’zdan farq qiladigan struktur funksiyaga ega bo’ladi. Bu masalada A. I. Malotkov ko’proq shug’ullangan. Frazeologizm u uchun na yolg’iz bir so’z bilan, na so’z gruppalari bilan o’xshash, balki alohida leksik ma’noga, ko’plab komponentlar strukturalariga va o’ziga xos grammatik kategoriyalarga ega bo’lgan birlikdir. Frazeologizmlarning komponentlari bo’yicha dastlab ba’zi lug’atlar va maxsus frazeologik materiallar jamlanmasi asosida ikki yoki undan ortiq tillarda tadqiqotlar olib borildi. Reyxshteynning aniqlashicha, nemis va rus tillarida quyidagi komponentlar frazeologizmlarning 15-20% ni tashkil etadi: Auge/ko’z, Nase/burun, Wort/so’z, Ohr/quloq, Herz/yurak, Tag/kun kabilar. Ushbu so’zlar hayvonlar, tabiat hodisalari, uy sharoitida ishlatiladigan va uchraydigan belgilar asosida darajalanadi. Nemis tilida komponentlar ko’plab nominal kompozitaga ega. Ana shu turdagi frazeologizmlar orasida faol komponentlarning uchrashi nemis tilida 1,5 % ni tashkil etadi. Rus tilida esa bu holat ko’proqdir. Reyxshteynning ma’lumotlariga ko’ra, buning asosiy sabablaridan biri frazeologizmlarning ko’p qismi nemis tilidagi quyidagi fe’llarda faollashgan: sein, haben, machen, kommen, gehen, sitzen, bringen va ular nemis tilidagi fe’llarning 30% ni tashkil etadi.
Nemis tilshunos olimi X. Burger ham frazeologizmlar masalalari bo’yicha ko’plab ishlarni amalga oshirgan. U asosan idiomalarning stilistik aspektlariga va ularni tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratgan. U frazeologizmlarning bir guruhi sifatida idiomalarni sharhlab o’tgan. X. Burgerning fikricha, birikmaning umumiy ma’nosi qoidadan mustasno tarzda talqin qilinadi. Bunda ko’rsatilgan ko’chma ma’noli so’z birikmalari yoki ularning umumiy ma’nolari hech qanday holatda komponentlarning erkin ma’nosidan tushunilmaydi. Nemis tilshunosligida frazeologiyaning alohida soha sifatida shakllanish jarayoni davom etmoqda va ushbu sohada ko’plab yangiliklar olib borilmoqda. Shunga qaramasdan frazeologiyaning yechilishi lozim bo’lgan muammoli qismlari, ushbu sohaning naqadar chuqur o’rganish kerakligini yaqqol ko’rsatib bermoqda.
Foydalanilgan adabiyotlat ro’yxati:



  1. “Nemis adabiyoti tarixi” dotsent Sh.Q.Karimov

  2. "Germanic Studies - Chikagodagi Illinoys universiteti - UIC". lcsl.las.uic.edu.

  3. "German va slavyan tillari va adabiyotlari". German va slavyan tillari va adabiyotlari.

  4. Z Xolmonova “Tilshunoslik nazariyasi”

  5. Kuvonov, Z. (2021). Nemis tili lug’ati tarkibidagi o’zlashmalarning lingvistik va ekstralingvistik mohiyati

Yüklə 291,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə