O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73

muvaffaqiyatsizlikka olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo 
bo`lib, keyinchalik butunlay tormozlanishga aylaiadi. Ba’zi talabalar, aksincha, 
imtihonda hayajonlanib, fikrlari ravonlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi 
taьsir natijasida uyqudagi ayrim neyronlar uyg`onib funktsiyasi jadallashib ketadi 
va fikr «birdaniga» ravshanlanishi mumkin. Shuning uchun o`qitish jarayonida 
talaba va o`quvchilarning aqliy faoliyatini to`g`ri baholashda ularning individual 
topologik xususiyatlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. 
Jahon psixologlarining ko`rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib 
chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog`liqdir.  
Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati-bu moddiy voqelikdagi 
muhim jihatlarini ajratib, mustaqil ravishda yangi mazmundagi 
umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to`g`risida fikr 
yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki 
hodisa mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqiqatidan umumiy 
qonuniyat yaratishga xarakat qiladi. Shubhasiz, inson tafakkuri hali izlanmagan, 
to`la foydalanilmagan rezerv va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining 
asosiy vazifasi ana shu rezervlarni to`la ochish, fan va texnika progressini 
intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, progress-inson 
aql-zakovatining mahsulidir. Shu boisdan ham fan va texnika progressi 
insonshunoslik fanining rivojiga ko`p jihatdan bog`liqdir. 
Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari, 
xatti-harakat motivlari, narsalarga qiziqishlari, intilishlari, mayllari, aqliy 
qobiliyatlari, hatto faoliyatlari xam turli-tumandir. Xuddi ana shu boisdan
ularning tafakkuri ham har xil holatlarda, vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga 
keladi, namoyon bo`ladi. Bundan oldingi boblarda ta’kidlab o`tkanimizdek, bilish 
jarayonida, amaliy va nazariy vazifalarni hal etishda, o`zga kishilarning nutq 
orqali ifodalangan fikrlarini o`qib olishda muomalaga kirishishda, fikrlarini 
tushunib olishda inson fikr yuritadi. Psixolgiya fanida tafakkur shakliga, topshiriq 
xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikran originallik darajasiga qarab quyidagicha 
shartli klassifikatsiya qilinadi. 
Tarixiy tarakqiyot bosqichida odamlar ijtimoiy turmushda voqe bo`lgan 
muammolarning aksariyati amaliy yo`l bilan xal qilingan, shuningdek, ularga 
iisbatan munosabat xam amaliy faoliyatidai kelib chiqqan xolda amalga 
oshirilgan. Narsa va hodisalar yuzasidan nazariy fikr bildirish esa tarixiy 
tarakqiyotning bir muncha keyin-gi davriga to`g`ri keladi. Yer yuzasida 
fanlarning kelib chiqishi haqidagi bizgacha yetib kelgan ma’lumotlar mazkur 
mulohazamizga dalil bo`la oladi. Qadimgi avlod va ajdodlarimizda yer 
maydonini qadam bilan o`lchash, ko`z bilan chamalash bo`yicha amaliy 
bilimlarning to`planishi natijasida geometriya fani kashf kilingan. Kishilarning 
barmoq bilan hisoblash turmush talabini qondira olmagandan so`ng-matematika, 
narsa va xodisalarning tasviri, shartli belgilarni qoldirilishi yakuni sifatida tarix 
fani kabilar vujudga kelgan. Yer yuzasida amaliy bilimlar to`planishi asosida 
asta-sekin nazariy umumlashmalar barpo bo`la boshlagan, turli sohaga taalluqli 
informatsiyalar tizimlashishi natijasida fanlar xosil bo`lgan. Shuning uchun 
 
100


insonning amaliy va nazariy faoliyati o`zaro uzviy aloqada bo`lib, xamisha 
biri-ikkiichisini taqozo etadi. Genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan amaliy 
faoliyat birlamchi hisoblanib, obrazlar tasavvurlar va fikrlarni aks ettiruvchi 
nazariy faoliyat esa amaliy faoliyatning maьlum taraqqiyot cho`qqisiga 
chiqqandan so`ng ajralib chiqqan. Mazkur jarayon bir necha o`ng ming yo`llar 
davomida yuzaga kelgan. 
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu 
masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga qanoat hosil 
qilamiz. Buniig uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga 
murojaat qilamiz. Bola tug`ilishidan tortib, to uning bog`cha yoshigacha davrni 
amaliy faoliyatda ko`rgazmali-harakat tafakkur o`sishining asosiy pallasi deb 
atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat qobig`ida 
aqliy harakatlarni amalga oshiradi, amaliy bilimlarni o`zlashtiradi, natijada 
ko`rgazmali-harakat tafakkur o`sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar 
o`zlari o`ynayotgan narsalar, o`yinchoqlarni qo`llari bilan bevosita ushlab 
ko`rish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan birga ularni idrok qilishga 
intiladilar. Idrok qilgan predmetlar va o`yinchoqlarni o`zaro solishtiradilar, 
qismlarga ajratadilar, analiz va sintez kiladilar, bo`laklarga ajratilganlarni yaxlit 
holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, 
ayni chog`da ularni ob’ektlarni sindirib yoki buzib bo`lsa ham ularning ichki 
tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi (mayli) kuchli bo`ladi. Shu boisdan amaliy 
xarakterdagi muammolarni xal qilishda ko`pincha «buzib-tuzatish» yo`li bilan 
harakat qiladilar. Ko`rgazmali-harakat tafakkur bog`cha yoshiga yetgandan so`ng 
bolalarda o`z qiymatini yo`qota boshlaydi. 
Inson tomonidan bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat 
tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi 
ko`rgazmali-obrazli tafakkur deb ataladi. Tafakkurning mazkur ko`rinishi 4-7 
yoshgacha bo`lgan bolalarda namoyon bo`ladi. Bog`cha yoshidagi bolalarda 
ko`rgazmali harakat tafakkurning amaliy elementlari ko`rgazmali obrazli 
tafakkur bosqichiga o`tgandan so`ng ham saqlanib qoladi, lekin u o`zining 
yetakchi rolini yo`qota boshlaydi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar jism va 
predmetlar bilan tanishayotganda analitik-sintetik faoliyatdan foydalanib ish 
ko`rayotganda ularni qo`l bilan ushlab ko`rishga, ichki tuzilishi bilan amalda 
tanishishga intilmaydilar. Chunki ko`p hollarda ulardan amaliy harakat qilish talab 
qilinmaydi. Lekin bu ular jism va predmetlarni, ob’ektlarni aniq va to`liq idrok 
qilish, yaqqol tasavvur etish imkoniyatidan mustasno qilinadi, degan so`z emas, 
albatta. Bog`cha yoshidagi bolalar ilmiy tushunchalarga ega bo`lmaganliklari 
uchun bilish faoliyatida asosan ko`rgazmali-obrazlarga suyanib fikr yuritadilar, 
mulohaza bildiradilar, hukm chiqaradilar. Yuqoridagi fikrimizni tasdiqlash uchun 
shveytsariyalik psixolog Jan Piaje tajribalariga murojaat qilamiz. U 6-7 yoshdagi 
bolalarga xamirdan bab-baravar qilib yasalgan ikkita zuvalachaii ko`rsatadi, shu 
zaxotiyoq tekshiriluvchilar ularning bir-biriga teng ekanligiga ishonch hosil 
qiladilar. Tajribaning ikkinchi bosqichida zuvalachaning bittasi non shakliga 
keltiriladi, bu holatni o`z ko`zlari bilan kuzatib turgan bolalardan so`ralganda, 
ular zuvalacha hajmining o`zgarishish qarab tenglik buzilgan deb javob 
 
101


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə