O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73

ustida o`sgan va rivojlangan. Chunki tafakkurning genetik jihatdan kelib 
chiqishi analiz qilib chiqsak, konkret tafakkur amaliy tafakkur bilan parallel 
ravishda namoyon bo`la boshlagan, abstrakt tafakkur esa tarixiy taraqqiyotning 
keyingi bosqichlarida hosil bo`lgan. Shunga qaramasdan, hamma vaqt qar 
qanday konkret fikr, mulohaza abstrakt fikr, muhokama ichiga ma’lum darajada 
singib ketgan bo`ladi. 
Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga karatilgan tafakkur nazariy tafakkur 
deb ataladi. Tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishlarni, munosabatlarni, ichki 
bog`lanishlarni yoritib borish va shu bog`lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish 
yo`li bilan izohlash kabi jarayonlarni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish 
mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va 
xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma’lum turkumdagi 
tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq kiladigan belgi va alomatlari 
fikran ajratib ko`rsatiladi. Bundan tashqari muayyan ob’ektlarning mohiyati, 
mazmuni, mavjud bo`lishlik sabablari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, o`zgarishi, 
shuningdek, ularning ahamiyati va funktsiya xamda vazifalari izohlab beriladi. 
Nazariy tafakkur jarayonlarda «Nega?», «Nima uchun?», «Nima sababdan?», 
«Buning o`zi nima?», «Bu hodisa yoki holatlar, yoxud tushunchalar o`rtasida 
qanday o`xshashlik va tafovutlar mavjud?» kabi qator savollar vujudga keladi. 
Berilgan savollarga atroflicha o`ylab, mantiqan oqilona tuzilgan javoblar ham 
topiladi. Jumladan, «Quyosh botdi-qorong`i tushdi», «Sovuq tushdi-suvlar 
muzladi», «Olmaxon-hayvondir», «Kit-sut emizuvchidir», «15+2 va 20-3 
miqdorlari o`zaro teng», «TAT - mavzuli appertseptsiya ochib berish 
ipparatidir», «Xarakter-ijtimoiy turmush mahsulidir» va boshqalar. Bu 
keltirgan misollarda o`quvchi va talabalar narsa va hodisalardagi bog`lanishlarni, 
ichki qonuniyatlar va xossalarni, o`zaro muntazam munosabatlarni ta’kidlab 
o`tadilar, izohlaydilar va tushuntirib berishga harakat qiladilar. 
Nazariy tafakkurni ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb atashlik an’ana 
tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy 
tafakkurning umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Misol uchun, metallar elektr 
tokini yaxshi o`tkazadi, jismlar ishqalanishdan qiziydi, hamma hayvonlar o`zi 
yashayotgan muhitga moslashadi, narsa va predmet nomini bildirib kelgan so`zlar 
ot deb ataladi. Diqqat barcha psixik jarayon va holatlarnikg muvafaqqiyatli 
amalga oshirish garovidir. O’tish (o`smirlik) davri ham jismoniy, ham jinsiy 
jihatdan intensiv o`sish davridir. Shaxs tarakkiyoti  
nasliy (irsiy) belgi, ijtimoiy muhit va ta’lim tarbiyaga bog`likdir. Qiziqish va 
ehtiyoj inson shaxsining muhim jihatidir va hokazo. 
Abstrakt tafakkur maktab o`quvchilarida dastavval elementar shakldagi 
abstrakt tushunchalarga suyangan holda rivojlanadi, so`ngra murakkab tabiiy-
matematik fan asoslarini egallash jarayonida ma’lum tizimdagi abstrakt 
tushunchalarni o`zlashtirish evaziga yuqoriroq bosqichga ko`tariladi. Oliy 
maktablarda tahsil olish davomida abstrakt tafakkur o`zining eng yuqori ilmiy 
dialektik nazariy bosqichiga ko`tariladi. Bunda ijtimoiy fanlar alohida ahamiyat 
kasb etadi, jumladan filosofiya, psixologiya va boshqalar. Talabalar ham ko`lam, 
ham daraja jihatidan murakkab bo`lgan tushunchalar bilan tanishadilar. Masalan: 
 
104


materiya, ong, xususiyat, umumiylik, reallik, makon, zamon, harakat, psixika, 
sifat, krizis, bosqich va hokazo. 
Abstrakt tafakkur muammosi qator sobiq sovet psixologlari tomonidan 
izchillik bilan tadqiq etilgan. Sobiq sho`ro psixologiyasining dastlabki rivojlanishi 
pallasida ushbu masala bilan L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiylar, keyinchalik S. L. 
Rubinshteyn, B. G. Ananьev, A. N. Leontьev, N. A. Menchinskaya, G. S. 
Kostyuk, P. YA. Galьperin, R. G. Natadze, D. B. Elьkonin, V. V. Davidov, A. M. 
Matyushkin va boshqalar shug`ullanganlar. Hozirgi mazkur muammo 
yuzasidan yetarli darajada empirik va nazariy bilimlar to`plangan. Fan va 
texnikaning taraqkiyoti abstrakt tafakkurni yanada rivojlantirishni taqozo 
etmoqda. 
Bu aytib o`tilgan muloxazalar nazariy va abstrakt tafakkurga yorqin misol 
bo`la oladi. Nazariy tafakkur tufayli voqelikdagi umumiy va muhim 
bog`lanishlarni, xossalarni, qonuniyatlarni anglab olamiz. Shuning uchun Quyosh 
va oy tutilishini, yulduzlar tizimining harakatini, ob-havo ma’lumotlarini, yer 
qimirlash o`choqlarini voqea sodir bo`lishini ancha ilgari aytib berishimiz 
mumkin. Shu sababdan nazariy tafakkurni oldindan ko`rish imkoniyatini 
yaratadigan umumlashgan tafakkur deb ham ataydilar. 
Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni bevosita idrok 
qilish mumkin bo`lmagan xususiyatlari, o`zaro munosabatlari aniqlanadi, u yoki 
bu sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog`lanishlari aks ettiriladi. 
Voqelikni o`zgartirishga yoki inson ehtiyojlari uchun zarur bo`lgan real 
narsalar yaratishga qaratilgan tafakkur turi konstruktiv, tsxnikaviy, tasviriy 
san’at singari kasb sohalarini tadqiq etadi. Voqelikni o`zlashtirish vositasi 
bilan real narsa va hodisalarni yaratishga yo`naltirilgan fikr yuritish amaliy 
tafakkur deb ataladi. U qo`yilgan amaliy va nazariy vazifalarni yangi usullar bilan 
hal kilish, ongimizda yangi tasavvur, tushuncha va hukmlar hosil qilish, 
muayyan yangi narsalar yaratish bilan bog`liq murakkab  tafakkur jarayonidir. 
Amaliy tafakkur jarayonida ham nazariy tafakkurga o`xshash savollar tug`iladi. 
Amaliy tafakkur jarayonining davomi ish-harakatlarni, aqliy harakatlarni tasavvur 
qilishda, fikrlashda namoyon bo`ladi. Maktab hayotidan o`kuvchilarning diktant, 
bayon yoki insho yozish jarayonini misol kilib keltirish mumkin. Ta-labalar 
faoliyatidan konspekt yozish, referat tayyorlash, kurs va diplom ishi ustida 
ishlash, seminarga hozirlik ko`rish, laboratoriya mashg`ulotlarida amaliy 
vazifalarni bajarish kabilar amaliy tafakkurga yorqin misoldir. 
Psixologiyada tafakkurning o`ndan ortiq turlariga xarakteristika berib 
o`tilgan. Psixologiya tarixidan bizga ma’lum bo`lgan avtoritar tafakkur turi ham 
o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan keskin ajralib turadi. Muayyan 
fikrning chin yoki yolg`onligini ob’ektiv dalillar bilan isbotlash o`rniga inson 
shaxsning ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan iborat 
tafakkur turi avtoritar tafakkur deb ataladi. U ko`pincha odamlarning muayyan 
soha bo`yicha bilim saviyasining, darajasining cheklanganligidan va mustaqil fikr 
yuritish qobiliyatining yetarli darajada o`smaganligidan dalolat beradi. 
Shuningdek, psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog`langan mulohaza 
yuritishdan iborat mantiqiy tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb atash qabul 
 
105


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə