O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73

psixologik ma’lumotlarga qaraganda, gaho xayol faoliyatning funktsiyasini 
bajaradi, bunda u xatti-harakatlarning sun’iy ravishdagi majmuasi vazifasini ijro 
etadi, xolos. Inson quyidagi xolatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo`lgan xayolot 
olamiga kirib borishi mumkin: 1)inson hech qanday yo`l bilan hal qilib 
bo`lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2) 
turmushning og`ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish niyatida; 3)shaxsiy 
nuqsonlarning ta’qibidan; 4) ushalgan armondan; 5) patologik holatga 
uchraganda; 6)alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot 
(fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo`lmagan, amalga oshirish 
imkoniyati yo`q xatti-harakatlar dasturini namoyon etadi. 
Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bunday shakli 
psixologiya fanida passiv xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv, ixtiyoriy, 
ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to`g`risida ham muayyan ma’lumotlar 
mavjuddir. 
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi ham 
mumkin. Xuddi shu bois iroda bilan hech bir bog`liq bo`lmagan, jo`rttaga 
«kashf» qilingan, biroq hayotda gavdalantirishga yo`naltirilgan xayolning o`ziga 
xos obrazlari majmuasi « shirin xayol» deyiladi. Odatda «shirin xayol»da 
fantaziyaning mahsullari bi-lan insonning ehtiyojlari o`rtasidagi aloqa yengillik 
bilan yuzaga kelganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida 
odamlar xayol suradilar. Demak, u reallikdan tubdan uzoqlashadi. Goho passiv 
xayol hech o`ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, 
bunda quyidagi holat yuz beradi; A) ong nazoratining kuchsizlanishi, B) ikkinchi 
signallar tizimining susayishi, V) insonning vaqtincha harakatsizlanishi, G) 
uyqusirash kezida, D) affektiv vaziyatdan, Ye) tush ko`rishda, Yo) 
gallyutsinatsiyada; J)patologik holatlarda va hokazo. 
Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga 
ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko`rinishlarga bo`linadi. 
O’zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasavvurlar, 
tasvirlar tizimini yaratuvchi xayol tiklovchi xayol deb ataladi.  
Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farqli o`laroq original va ijodiy 
mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat xayolning 
turidir. 
Xayolning muhim tomonlaridan biri-uning ijodiyot va shaxs munosabatining 
yaxlit holda talqin qilish xususiyatidir. Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va 
zaxiralariniig ro`yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir. Xuddi shu 
sababdan shaxs o`zining ijodiy faoliyati bilan, birinchidan, insonning 
yaratuvchilik qudratini amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot 
ta’sirida yangi fazilatlarni egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik qobiliyat
kashfiyot ijtimoiy muammolarni integratsiya qilish yoki mavjud umumiy 
qonuniyatlardan kelib chiqib, uni differsntsiallashtiradi. Uchinchidan, jahon 
faniga o`z ulushini qo`shadi va tsivilizatsiyaga o`z ta’siriii o`tkazadi, ijtimoiy 
taraqqiyot harakatlantiruvchisiga aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion, 
emotsional, irodaviy barqarorlik, xarakterning mustahkamligi va boshqa 
individual-tipologik xususiyatlardagi yetuklik ijodiyot mahsuliga, uning 
 
110


samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda ijobiy ta’sir o`tkazadi. Ijodiyot 
tarkiblari bilan shaxsning xususiyatlari o`rtasidagi uyg`unlikning yuzaga kelishi 
ikki yoqlama ta’sir o`tkazish mexanizmi sifatida muxim rolь o`ynaydi, ya’ni 
faoliyatda shaxs o`zining yangi qirralarini ochadi, uning fazilatlari esa ijodiy 
izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. 
Xayolning analitik xususiyati bo`yicha xayolning mazmunini, mohiyatini, 
predmetini, asosan tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar, timsollar, 
tasvirlar yaratilishidan, atrof-muhitning ifodasi, yangi bezakli, jiloli ekanligini 
qayd qilishdan iboratligidan tan olishdir.  
Xayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Xayolning 
sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya muayyan 
tasavvurlarni bir-biriga qo`shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning 
yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol fenomenidan biridir;  
Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar sintezlashuv jarayonining soddaroq 
ko`rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro`y-
rost yaxlitlashtirish imkoniyati yo`q xilma-xil xislatlar, fazilatlar, sifatlar va 
qismlarni aks ettiradi. Odatda agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalq 
tomonidan yaratilgan ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki xayoliy 
kompozitsiyasi to`qib chiqariladi 
Giperbolizatsiya fenomeni xayol obrazlarini hamda tasavvur shakllarini 
o`zlashtirish jihatidan yaqin agglyutinatsiyaga yondosh, o`xshash psixik 
jarayondir. Giperbolizatsiya narsalar va jonivorlarni nafaqat (barmoqdek kichik 
balo, uydek tuxum, tog`dek pahlavon, tarikdek bola, tuyadek burga va hokazo) 
bilan tavsiflanibgina qolmasdan, balki tasavvur obrazlari (timsollar, tasvirlar) 
miqdorini ko`paytirish yoki ularning o`rniga almashtirish xususiyatlarini ham 
namoyon etadi.  
Xayol jarayonlarining, shu jumladan fantaziya obrazlarining vujudga kelishi 
inson miyasi faoliyatining mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari 
po`stloq qismining funktsiyasi orqaliamalga oshadi.  
Xotiraning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog`lanishlarining o`zaro 
birikuvi hamda faollashuvidan iborat bo`lsa, xayol jarayonida inson 
ontogenezida yuzaga keltirilgan bog`lanishlar tizimi buzilishi oqibatida yangi 
tizim hosil qilinadi. Favquloddagi bunday holat ma’lum ehtiyoj yoki birorta 
tasodifiy taassurot orqali miya po`stida kuchli ko`zg`olish o`chog`ining hosil 
bo`lishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Xuddi shu boisdan xayol surayotgan 
shaxsda nerv hujayralarining guruhlari o`zaro yangitdan bog`lanishi, shuning 
uchun faktaziya obrazlariga xos yangilik va o`xshashlik alomatlari mazkur 
yangicha bog`lanishga bo`ysunadi. 
Shunday qilib, xayol miya katta yarim sharlari po`stining funktsiyasi 
hisoblanishiga qaramasdan, uning fiziologik mexanizmlari miyaning boshqa 
qismlari bilan bog`liq ekanligi to`g`risida faraz qilishga imkon tug`diradi.  
Inson miyasi fantaziya obrazlariga hamda organizmning periferik qismlariga 
boshqaruvchanlik ta’sirini o`tkazib, ularning faoliyatini o`zgartirib turadi. Shaxs 
asabiylashganida biror narsa haqida qattiq o`ylasa, albatta tana a’zolarida ko`zga 
tashlanadigan o`zgarishlar sodir bo`lishi mumkin. Yuzaga kelgan bunday 
 
111


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə