O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73

qo`yadi. Ana shuning oqibatida diqqat chalg`iydi, bo`linadi, parishonlik 
namoyon bo`ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi. 
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko`pincha irodaviy deb nomlanadi. 
Ixtiyorsiz diqqat faoliyatda qatnashsa, u ham irodaning zo`ri bilan yo`naltirilgan 
ob’ektda to`planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok 
qilishi ko`p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, ishchanlik qobiliyati, 
psixologik tayyorligiga bog`liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, 
mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, 
shayligi bilan o`lchanadi.  
Har qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida qiyinchiliklar yuzaga 
keladi va ular kishidan irodaviy zo`r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi 
nuqsonlarning namoyon bo`lishi diqqatni to`plashdagi qiyinchiliklarning oqibati 
bo`lib hisoblanadi. 
Diqqatiing ob’ektga to`planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga 
bog`liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishnning 
ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish 
bevosita va bilvosita shaklda namoyon    bo`ladi.    Bevosita   qiziqish    faoliyat   
jarayoniga,    xatti-harakatlarning o`ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan 
iboratdir. Bilvosita qizikish esa, faoliyatnmng maqsadga, uning natijasiga 
yo`naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy. irodaviy diqqat bilvosita kiziqish bilan 
aloqadordir.  
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o`zining 
yo`nalishiga ko`ra tashqi va ichki bo`lishi mumkin. Agar diqqatning manbai 
ongimizdan tashqarida bo`lsa tashqi deb ataladi. Masalan, shofer, tikuvchi, 
muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo`ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi 
diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo`lmasdan, balki fikr 
yuritilayotgan narsalarga qam qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o`zi yaratgan 
narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni
muhandisning to`g`on qurilishini ko`z o`ngiga keltirish bilan bog`liq holatlar 
bunga misol bo`la oladi. Inson ongining o`zida sodir bo`layotgan o`z 
hissiyotlarini, fikrlarini, orzu istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat 
yuzaga keladi. Diqqatning har ikkala ko`rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli 
yakunlanishiga munosib hissa qo`shish imkoniyatiga egadir.  
  Diqqatning qo`lami-bir davrning o`zida diqqat tomonidai qamrab olinishi 
mumkin bo`lgan ob’ektlarning mikdori. 
  Diqqatning   ko`chuvchanligi-faoliyat   jarayonida   diqqatni ongli   
ravishda   bir   ob’ektdan   ikkinchi   ob’ektga   ko`chiriliish. Diqkatning  
ko`chuvchanligi   har   qanday   faoliyatda,   ayniqsa  pulm boshqaruvida alohida 
ahamiyatga egadir.  
 Diqkatning 
taqsimlanishi-diqqatning bir vaktning o`zida bir qancha 
ob’ektlarga karatilishidan iborat xususiyati. Diqqatnit taqsimlanishi   murakkab   
faoliyat   jarayonini   amalga   oshirshida alohida ahamiyatga egadir. Masalan: 
shoferning, o`qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir. 
  Diqqatning   barqarorligi-diqqatning  o`z   ob’ektiga  kuchli yo`naltirilishi 
va faol to`planishidan iborat ijobiy xususiyati. 
 
116


 Parishonlik-diqqatni ma’lum bir ob’ektga qarata olmaganlikdan iborat 
salbiy xususiyat. Parishonlik vaqtincha holat bo`lishi ham, shaxsning nisbatan 
barqaror xislati bo`lishi ham mumkkn. Parishonlikning ikki turi mavjud bo`lib, 
biri diqqatni umuman narsaga qarata olmaslik bo`lsa, ikkinchisi diqqatning 
muayyan ob’ekt ustiga kuchli to`plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. 
Parishonlik psixopatologik sabablarga ko`ra kelib chiqishi ham mumkin. 
 Ixtiyoriy diqqat-ongning oldindan belgilangan maqsadga  muvofiq irodaviy 
va asabiy faollik ko`rsatgan holda muayyan ob’ektga yo`nalishi va unga 
to`planishdan iborat diqqat turi. 
 Ixtiyoriydan keyingi diqqat-diqqatning muayyai ob’ekt avvalo ixtiyoriy 
ravishda qaratilib, so`nra uning ahamiyati tushunilgan   sari   o`z-o`zidan   
qaratilib   boriladigan diqqat turi.  
 
Diqqat chalg`ishi-ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir 
ob’ektdan boshqa bir ob’ektga ixtiyorsiz ravishda o`tib turishidan iborat salbiy 
xususiyati. 
 
Diqqatning hajmi-diqqatning bir vaqtning o`zida qamrab olishi mumkin 
bo`lgan mustaqil ob’ektlar mikdori bilan belgilana-digan xususiyati. Diqqatning 
hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustakil    ob’ektga   tengdir.    Diqqatning   
ob’ektlari    o`rtasida qanchalik yaqin bog`lanishlar mavjud bo`lsa, uning hajmi 
shunchalik keng bo`ladi va aksincha. Diqqat ob’ekti-ongimiz atrofdagilardan 
ajratib olgan holda yo`naltirilgan va faol to`plangan narsa yoki hodisa. Diqqat 
ob’ekti faqat ob’ektiv narsalar emas, balki sub’ektiv hodisalar, o`z his-
tuyg`ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu 
kabilar ham bo`lishi mumkin. 
 
Ixtiyorsiz   diqqat-ongimizning   oldindan   belgilangan maqsadsiz 
ravishda muayyan ob’ektga yo`naltirilishi va unga to`pla- nishidan iborat diqqat 
turi. Ixtiyorsiz diqqat ob’ektlari narsa va hodisalarning    odatdan    tashqari    
holati,    belgisi,    sifati    va boshqalardir 
Diqqatning o`zgarib turishi-idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida 
diqqatning ma’lum vakt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat 
qonuniyat; diqqat ba’zan minutiga 25-30 marta ham o`zgaradi. Diqqatning 
o`rtacha o`zgarish-tebranish chastotasi 2-3 sekundga tengdir. 
   
Ichki diqqat-ongimizning o`z sub’ekgiv taassurotlarimiz, his-
tuygularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat dikqat turi. 
 
Tashqi diqqat- opgpmizning ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga
ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo`naltirilish, ularda faol to`planadigan 
diqqat turi. 
Diqqatning fiziologik asoslarini tushuntirib berishda buyuk rus fiziologlari I. 
P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning olib borgan ilmiy kashfiyotlari muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Diqqatning fiziologik asosini tushunib yetishda A. A. Uxtom-skiyning 
ilmiy ishlari katta ahamiyatga egadir. Muallif diqqatning fiziologik 
mexanizmlari to`g`risida tadqiqot o`taazib dominanta printsipini kashf kiladi. A. 
A. Uxtomskiyning nuqtai nazaricha, miya po`stida qo`zg`alishning ustun va 
hukmronlik qiluvchi markaz xukm suradi. Dominantning  hukmronlik 
 
 
117


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə