O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73

asoslanish malakasidir. Matonatlilik - qo`yilgan maqsadni muqaddas his etgan 
holda o`zini oqlaydigan xavf-xatarga qo`l urish, ko`rqinchga nisbatan yuzma-yuz 
tura olish fazilatidir. 
Ishbilarmonlik - har qanday o`ylanilgan kishi qiyinchiliklar va 
qarshiliklardan qat’i nazar omilkor  yo`llar qo`llash tufayli oxiriga yetkazish 
xislatidir. Mustaqillik - o`z e’tiqodiga qat’iy shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish, 
boshqalarning yordamiga muhtojlik sezmaslik malakasidir. Shaxsning hulq-
atvorida, mehnat va o`kuv faoliyatida, agarda ishlab chiqarish va ta’limiy 
mashg`ulotlar oqilona, haqqoniy ravishda, to`g`ri uyushtirilsa, unchali muhim 
bo`lmagan irodaviy sifatlar ham paydo bo`lishi mumkin, chunonchi intizomlilik
o`zini qo`lga olishlik va hoqazo. 
Ushbu ruhiy holatni aniqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan testdan 
foydalanish mumkin. Tavsiya qilinayotgan fikrlarga shaxs «Ha» yoki «Yo`q» 
degan javob qaytarish kerak. 
  1. Hayotdagi muvaffaqiyat tasodiflariga ko`ra oldindan qilingan hisob-
kitoblarga ko`proq bog`liq bo`ladi deb o`ylayman. 
2.
 
Agar o`zimning sevimli mashg`ulotlaridan ayrilsam, unda men uchun 
hayotning mazmuni yo`qoladi. 
3.
 
Men  uchun  har qanday  ishning  oqibati,  natijasidan  ko`ra, uning 
bajarilish jarayoni muhim. 
4.
 
Men odamlarning o`z yaqinlari bilan bo`lgan munosabatlarining yaxshi 
emasligidan ko`ra, ishdan muvaffaqiyatsizliklardan ko`proq qayg`uradilar deb 
hisoblayman. 
5.
 
Mening fikrimcha, ko`pchilik odamlar yaqin kelajakka mo`ljallangan 
maqsad bilanmas, balki u uzoqqa mo`ljallangan maqsad bilan yashaydilar. 
6.
 
Agar imkoniyat bo`lsa-da, lekin hech kim sezmasliliga ishonchim komil 
bo`lsa ham nojo`ya harakat qila olmayman. 
7.
 
Mening hayotimda muvaffaqiyatsizliklardan ko`ra muvaffaqiyatli 
kunlar ko`p bo`lgan. 
8.
 
Menga amaliy, ishchan, ishbilarmon odamlardan ko`ra his-tuyg`uli, 
ko`ngilchan inson ko`proq yoqadi. 
9.
 
Hatto oddiy ishda ham men uning ba’zi elementlarini 
takomillashtirishga harakat qilaman. 
10. Muvaffaqiyatga erishish haqidagi fikrlari berilib ketgan vaqtlarimda 
ehtiyotkorlik choralarini unutib qo`yshim mumkin. 
11. Yoshligimda ota-onam meni dangasa deb hisoblar edi.  
12. Men o`zimning muvaffaqiyatsizliklarimga sharoit emas, balki ko`proq 
o`zimni aybdor deb hisoblayman. 
13.Ota-onam meni kattiq nazorat qilishgan. 
14. Menda qobiliyatga nisbatan sabr-toqat kuchli. 
15. O’z maqsadlarimdan kaytishga muvaffaqiyatga erisha olmasligim 
haqidagi fikr emas, balki dangasalik sabab bo`ladi. 
16.
 
 Men o`chimni o`zimga ishongan odamman deb hisoblayman.  
17.
 
 Muvaffaqiyatga erishish uchun garchi imkoniyatlar mening foydamga 
bo`lmasa ham tavakkal qilishim mumkin. 
 
132


18.
 
 Men tirishqoq odam emasman. 
19.
 
Hamma ishlar tekis (me’yorida) ketayotgan bo`lsa, unda mening 
g`ayratim yanada oshadi. 
20. Agar men gazetada ishlaganimda edi, unda turli voqealar haqida 
yozishdan ko`ra, ko`proq odamlar yaratgan yangiliklarni yozgan bo`lar edim. 
21. 
Mening yaqinlarim odatda shaxsiy rejalarim bilan hamfikr 
bo`lmaydilar. 
22. Mendagi  hayotga  nisbatan  bo`lgan talablarimning  darajasi 
o`rtoqlarimning shunday talablaridan pastroq. 
23. Men o`z maqsadlarimga erishish yo`lida qatьiyman. 
Test kaliti. «Ha»-1, 2, 6, 7, 8, 9, 15, 17, 19, 20, 22, 23. «Yo`k»- Z, 4, 5, 10, 
11, 12, 13, 14, 16, 18, 21. 
Natijalarning miqdoriy tahlili. Ballar yig`indisi 0-9 dan past bo`lganda. 
Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga ehtiyoj yaqqol ko`rinmaydi. 10-13 
ballgacha: Sizda muvaffaqiyatga intilish bor, lekin hayotda faoliyatingizni tashkil 
qilishda har doim ham muvaffakiyatga extiyoj sezavermaysiz. 14-23 ballgacha: 
Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga ehtiyoj yuqori darajada, har doim 
muvaffaqiyat bo`lishiga ishonasiz, qat’iysiz u yoki bu darajada murakkab, lekin 
bajarilishi mumkin ishlarni qilishni yoqtirasiz. 0-9 past, 10-13 o`rtacha, 14-23 
yukori. 
 
14 Mavzu: TЕMPЕRAMЕNT 
Reja: 
1. Temperament turlari va ularining tasnifi. 
2. Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning  
fizioligik mexanizimi. 
3. Nerv sistemasi va temperament tiplari. 
4. Temperament va uni faoliyat talablariga muvofiqlashtirish. 
 
Insonning ruhiy olami beto`xtov harakatlar majmuasidan iborat bo`lib, biri 
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o`xshash tarzda 
xukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to`g`risidagi 
taassurotlar, o`tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, 
xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy 
kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o`zaro o`rin almashtirib turiladi. 
Ruhiy olam kechishi, xususiyati, xislati, mexanizmi olohida individual  tarzda 
namoyon bo`lish kuzatiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, insonlar tabiat 
hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki 
sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko`rsatadilar. 
Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi 
nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham 
bevosita bog`likdir. Misol uchun, inson o`zi temperamentning qaysi tipiga 
 
133


taalluqli bo`lishidan qat’i nazar, o`z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi 
qat’iy, qiziquvchan bo`lsa, uni tashkillashtirishda va nazorat qilishda 
uyushqoklik, harakat sur’ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd munosabatni 
bildirsa, ish sur’ati sekin va sust kechadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli 
individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy 
kechinmalarning dinamik xususiyatlari o`rtasida muayyan darajasida tafovut 
mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko`rsatish 
maqsadida qo`shimcha belgilar kiritiladi va o`ziga xos tarzda tavsiflab 
bsriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko`rsatish maqsadga muvofiq. 
1.
 
Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psixik holat va 
hodisalardan farqli o`laroq, ayian shu shaxsning o`zida, uning turli 
faoliyatlarida, xatti-harakatlarida, muomalasida ifodalanadi. 
2.
 
Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli 
bo`lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining davomida yoki uning muayyan 
bir bo`lagida   barqaror,   o`zgarmas   va   mustahkamdir. 
3.
 
   Temperament   xususiyatlari   deganda,alohida bir shaxsning psixik 
faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o`zgarmas individual-
tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va 
mazmunga ega bo`lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda 
nisbatan o`zgarmovchi, temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi. 
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga 
nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to`g`risidagi talqinlar 
xilma-xil bo`lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o`ziga xos tarzda 
tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament latincha 
“temperamentum” degan so`zdan olingan  bo`lib, buning ma’nosi «aralashma» 
degan tushunchani anglatadi. Temperament to`g`risidagi dastlabki ta’limotni 
yunon olimi Gippokrat  yaratgan bo`lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha 
qo`llanilib kelinmokda. 
Temperamentning fiziologik asoslari to`g`risida tushuncha Qadimgi yunon 
olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari 
jihatidan o`zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi 
suyuqliklarning turlicha nisbatda joylashuviga bog`liq ekanligi tasavvur 
qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to`rt xil suyuqlik  mavjud bo`lib, 
ular o`t yoki safro, qon, qora o`t, balg`am  kabilardan iboratdir. Uning 
mulohazasicha; 
 1) o`tning xususiyati - quruklikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida quruqlikni 
saqlab turish yoki badanni qurik tutishdir;  
2) qonning xususiyati - issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir; 
 3) qora o`tning xususiyati-namlikdir, uiing vazifasi-badan namligini saqlab 
turishdir;  
4)balg`amning xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi - badanni sovutib 
turishdan iboratdir. 
 Gippokrat ta’limotiga muvofiq, har bir insonda shu-to`rt xil suyuqlik mavjud 
bo`lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Shunga qarab insonlar temperament 
jihatdan farqlanadilar, chunonchi, xolerikda sariq o`t, sangvinikda qon, 
 
134


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə