O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73

melanxolikda qora o`t, flegmatikda balg`am   ustun bo`lishi ta’kidlanadi. 
Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan  hissasini qo`shgan olimlardan 
biri rus fiziologi I. P. Pavlov  hisoblanadi. 
I.P.Pavlov hayvonlarning oliy nerv faoliyatini tadqiq qilayotganida itlarda 
shartli reflekslarning paydo bo`lishi, kechishi, davom etishi xususiyatlari 
insonlarnikidan farq qilishi va bu hodisa temperamentda ham uchrashi 
mumkinligini kashf etadi. I. P. Pavlov temperament ham shartli reflektor 
faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog`liq 
bo`lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I. P. Pavlov ta’limoti bo`yicha, shartli 
reflekslar paydo bo`lishining individual xususiyatlari ro`yobga chiqishining 
sabablari nerv sistemasi xususiyatlari mohiyatidandir. Muallif nerv 
sistemasining uchta asosiy xususiyatiga alohida ahamiyat beradi. 
  1)    qo`zg`alish jarayoni va tormozlanish  jarayonining kuchi;  
  2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o`rtasidagi muvozanatlik darajasi;  
  3)  qo`zg`alishning  tormozlanishi bilan almashinishi tezligi yaьni          nerv 
jarayonlarining harakatchanligi.  
I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan 
temperamentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o`zaro qo`shiluvini 
nerv sistemasining tipi deb nomlaydi va uni to`rtta tipga ajratadi: a) kuchli, 
muvozanatli, epchil; b) kuchli, muvozanatsiz, epchil; v) kuchli, muvozanatli, sust; 
 g) kuchsiz tip. 
Yirik rus psixologlaridan biri B.M.Teplov va  uning  shogirdlari  I. P. 
Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining 
o`ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo`ldilar. B.M.Teplov ma’lumotlarga 
qaraganda, insonda hosil qilinadigan shartli reflekslarning ba’zi bir individual 
xususiyatlari o`zaro uyg`unlikka egadir. Ularning ta’biricha, o`zaro bog`liq 
individual xususiyatlar tizimi nerv sistemasining muayyan xususiyati bilan 
tavsiflanadi. Jumladan, o`zaro bog`langan xususiyatlar, birinchidan, shartli 
ko`zg`ovchi mustahkamlanishi davom etishidan qat’i nazar, shartli reflekslar 
so`nishi darajasiga, ikkinchidan, qo`zg`ovchilarning kuchli yoki kuchsizligi 
bilan shartli reaktsiyaning hajmi orasidagi tafovutlarga, uchinchidan, asosiy 
qo`zg`ovchi sezgirligiga begona  qo`zg`ovchini ijobiy ëki salbiy ta’sir o`tkazish 
darajasiga, to`rtinchidan, boshqa ko`rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo`zg`alish 
jarayonlarining kuchiga bog`liqdir. Ma’lumotlarning taxliliga binoan
tormozlanishning  kuchi bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga taalluqli 
shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari turkumlari shunga 
o`xshash usul yordami bilan kashf qilingan. Ushbu individual xususiyatlar 
mohiyatida ifodalanuvchi nerv sisitemasining xususiyati dinamiklik deb 
nomlangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh 
individual xususiyatlari qo`zg`alish jarayoni to`xtalishining tezligi mahsuli 
sifatida taxmin qilingan xususiyatni yangi xislatni labillik ya’ni beqarorlik deb atay 
boshlagan. Shuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari 
mavjudligi to`g`risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, 
reaktivlik va hokazo. 
Xuddi shu bois, nerv sistemasining xususiyati to`g`risidagi ilmiy 
 
135


mushohadalar faqat shartli reflektor faoliyati bilan o`zaro bog`liq individual 
xususiyatlar turkumiga taalluqli umumiy sabablar bo`yicha talqin qilishni 
ifodalaydi. 
Nerv sistemasi xususiyatlari bilan tempsramentning bog`liqligi aksariyat 
hollarda mana bunday omillarning mohiyatida aks etishi mumkin: 
1) insonda shartli refleks shakllangan bo`lsa-da, lekin u tez so`na boshlasa; 
 2) tashqi qo`zg`ovchi shartli refleksda kuchli tormozlanishni vujudga 
keltirsa; 
 3) shaxs kuchsiz qo`zg`ovchilarga kuchli qo`zg`ovchilar singari shiddat 
bilan reaktsiya qaytarsa;  
4) odam kuchsiz qo`zg`alish jarayoni bilan uyg`unlashgan xususiyatlarni 
aniqlasa;  
5) insonda kuchli emotsional qo`zg`alishi hamda diqqatning chalg`ishi 
yuzaga keladi. 
Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, I. P. Pavlov ta’limotida temperamentning 
psixologik ta’siri nerv sistemasining barcha xususiyatlari bilan alokadorligi yoki 
uning tipiga tegishli ekanligi tushuntiriladi. Xuddi shu bois, temperamentning u 
yoki bu xususiyati nerv sisitemasining birorta xislati bilan emas, balki 
xususiyatlarning turkumlari bilan aloqaga kirishadi. Buning ta’sirida nerv 
sistemasi xususiyatlarining miqdoriy munosabatlarida temperament 
xususiyatlari ham sifat o`zgarishini yasaydi. 
 
Hozirgi davrda nerv sistemasining umumiy tipi irsiyatga bog`liq ekanligi 
haqidagi ma’lumotlar, omillar  juda ko`p bo`lib, ular qiyosiy psixologiyada 
hayvonlarni o`rganishda topilgandir.     
Xorijiy psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, temperament nerv 
sistemasi umumiy tipining nerv-fiziologik xususiyatlariga emas, balki: a) tashqi 
ko`rsatkichi badanning jismoniy tuzilishiga, b) uning ba’zi qismlari o`rtasidagi 
aloqaga, v) organizm turli tarkiblarining munosabatlaridan tuzilgan 
organizmning umumiy tuzilmasiga bog`likdir, degan nazariya jahon 
psixologiyasida ustuvor o`rin egallagandir. Bu nazariyaning asoschilari E. 
Krechmer  va  U. Sheldonlari hisoblanib, ularning talqinicha, tana tuzilishi ham
temperament xususiyatlari ham ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o`zaro 
munosabatlarning nasliy belgilariga bog`liqdir. Ularning fikricha, tana 
tuzilishi bilan temperament xususiyatlari orasida muayyan mutanosiblik 
mavjuddir.  
Temperamentning muayyan xususiyati nerv sistemasi umumiy tipining birorta 
xususiyatiga aloqador bo`lmasdan, balki bir turkum xususiyatiga bog`liqdir. 
Temperament tipologiyasi mabodo insonlar temperamentlari bo`yicha 
qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o`zaro o`xshash shaxslarning 
guruhi mavjudligi namoyon bo`ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham 
temperament tiplari to`g`risida materiallar to`plangan. Ularda temperament tipi 
deyilganda, insonlarning muayyan guruxlarini tavsiflovchi psixik 
xususiyatlarnish yig`indisi  anglashinilgan. Hozirgi davrda temperamet tipi 
 
136


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə