O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73

shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining 
majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi 
faoliyatga qo`yiladigan talablarni shaxs tomonidan qay yo`sinda bajarish 
imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga 
qaraganda malaka, bilimlardan nechog`lik tez, yengil, puxta foydalana olishini 
namoyish qiladi. 
Keltirilgan misollardan ko`rinib turibdiki, u yoki bu faoliyatni amalga 
oshirishda o`zaro o`xshash yoki bir-biri bilan farqlanuvchi turlicha qobiliyatlar 
turkumi  ishtirok etishi mumkin ekan. Bu psixologik hodisa tahlili orqali shaxs 
qobiliyatlarining muxim jabhalari yaqqol ko`zga tashlanadi, jumladan, shaxsdagi 
bir xislatning o`rnini boshqasi bosishi  vujudga keladi, buning uchun inson o`zi 
ustida sabr-toqat, chidam bilan mehnat qilishi tufayli yuksak 
ko`rsatkichlarga erisha oladi. 
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo`lgan o`rnini bosishlik imkoniyati ko`rish 
va eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o`qitish orqali ro`yobga chiqadi. 
Hayotda ko`r musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb 
egalari yetishib chiqqanligi ko`p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki 
umuman yo`qligi ham kasbiy musiqaviy qobiliyatining rivojlanishiga keskin 
xalaqit bermasligi mumkin. Bu psixologik hodisa yaьni  bir qobiliyatning  
boshqa qobiliyat yordami bilan o`stirish, yaьni kompensatorlik xususiyati  har bir 
shaxs uchun kasb tanlash va qayta kasb tanlash sohasida mislsiz keng ko`lamdagi 
imkoniyatlarni ochadi. Ushbu voqelikni tasdiqlovchi kator misollar mavjuddir, 
chunonchi o`qituvchi bir davrning o`zida silliq duradgor, mohir tikuvchi bo`lishi; 
yirik fan allomasi yirik san’atkor, yetuk sportchi ekanligi uchrab turadi. 
Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhalarida o`z 
o`rnini topa oladilar hamda yuksak yutuqdarga erishadilar, hatto bir necha 
faoliyat turida tekis muvaffaqiyatlar qozonishlari ham mumkin. 
Shaxs  egallashi  shart  hisoblangan  faoliyat,  u  xoh  taьlim,  xoh mehnat,  
xoh sport  bo`lishidan  qatьi  nazar  uning  bilish  jarayonlariga,  aqliy  xislatlariga,  
hissiy-irodaviy  jabhalariga,  xarakterologik  xususiyatlariga  muayyan  talablar  
qo`yadi  va  ularning  hamkorlikdagi  saьi-harakati  tufayli  muvaffaqiyatlarga  
erishiladi.   Psixologik  maьlumotlarga  qaraganda,  insondagi  yuksak  
ko`rsatgichga  erishgan  sifat  harchand  ustuvorlikka ega bo`lmasin,  utalablarni  
qondirish  imkoniyatiga  ega    bo`lmaydi. 
Shuning  uchun  qobiliyatlar murakkab  tuzilishga  ega  bo`lgan  psixik  sifatlar  
majmuasidir  deyish  juda  o`rinlidir. 
Qobiliyatlar  sifatida  psixik  xislatlar  majmuasining  tuzilishi   yaqqol   va  
alohida  faolit  alohida  faoliyat  talabi  bilan  belgilanganligi  tufayli  har  qaysi  
turdagi  faoliyatlar  uchun  o`ziga  xos  tarzda   qo`yiladi. 
 Yaqqol  qobiliyatlar  tuzilishini  tashkil  qiluvchi  shaxsning  xislatlari ,  
fazilatlari  orasida  maьlum  turkimi  yetakchilik, ustuvorlik  qilsa,  ayrimlari  
yordamchilik  vazifasini  bajaradi. 
Maьlumki  pedagogik  qobiliyatlar  tuzilishida  yetakchi  xislatlar  sifatida  
pedagogik  odob,  bolalarni  sevish,  o`quvchilar  jamoasini  tashkil  qilish  va  uni  
boshqarish,  kuzatuvchanlik, talabchanlik  va  shunga o`xshashlar  kiradi.  
 
141


Pedagogik  qobiliyatlarning  yetakchi va  yordamchi tarkiblari  taьlim  jarayoni  
muvaffaqiyatini  taьminlaydigan  birlikni  yuzaga  keltiradi.  Shaxsning  umumiy  
qobiliyatlari  ularni  hosil  qiluvchi   omillar  yaqqol  psixologik  xodisa  yoki  
voqelikdir.  Maxsus   qobiliyatlar  ko`lam  jihatdan  torroq  bo`lishiga  qaramay,  
chuqrroq  mohiyatni  o`zlarida  mujassamlashtiriladi. 
Talantaning ijtimoiy tarixiy tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar 
taraqkiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha  
irsiy, tabiiy xislat degan ma’no anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli 
va ijodiy ravishda bajarilishshsh ta’minlaydigan qobiliyat iste’dodlar 
majmuasidan  iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga 
turlicha ta’rif berilishiga  qaramay, ularda asosiy belgilar ta’kidlab o`tiladi, 
chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli
mustaqil va originap tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar 
majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgilari: 
 a) muvaffaqiyatni ta’minlash; 
 b) faoliyatni mustaqil bajarish; 
 v) originallik   unsurining   mavjudligi; 
 g)  qobiliyat   hamda   iste’dodlar yig`indisidan iborat ekanligi; 
 d) individual psixologak xislatligi; 
      ye) 
ijtimoiy 
turmushni o`zgartiruvchi, yaratuvchi imkoniyatligi  
          
kabilar. 
Talant ham qobiliyatlarga o`xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, 
muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi insonlarning 
ijtimoiy tarixiy turmush shart-sharoitlariga bog`liqdir. Jamiyatda tapantli 
shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi uchun 
zarur ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda barkamol 
odamlarning  shakllanishiga imkoniyat tug`iladi. 
Shuninguchun jahon tsivilizatsiyasi, fan va texnikasi, san’at va adabiyot, 
moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratishning ichki imkoniyati hisoblanmish 
talant progressning harakatlantiruvchi omilidir.Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyot bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yetishmasligi tufayli 
ko`pchilik talant sohiblari o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish imkoniyatlaridan 
mahrum bo`lganlar. Mamlakatimizning yaqin o`tmishida chorizm 
 
mustamlakachilik siyosatida, qatag`on yillarida qanchalab talantli davlat va jamoat 
arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot namoyandalari o`z imkoniyatlarini 
ro`yobga chiqarishga erisha olmay dunyodan ko`z yumdilar. Ma’lumki, shaxsning 
yaratuvchanlik faoliyatida aqlning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda
barqaror xarakter, turg`un qiziqishlar, sermahsul bilish jarayonlari, motivatsiya, 
yuksak his-tuyg`ular va boshqa psixologik sifatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi.  
Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xususiyatli fikrni 
alohida ta’kidlab o`tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini 
yaratadi: 
1)
 
talant - bu shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab 
birikmasidirki,  uni:  a) alohida,  yagona maxsus qobiliyat 
bilan;b)xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob sifat 
 
142


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə