O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73

tariqasida o`lchab bo`lmaydi; 
2)
 
shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli 
darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga 
kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali 
ularning o`rnini bosib yuborishi mumkin. 
Talant-katta, ijodiy va zo`r mehnat mahsulasidir, Mehnat esa hayotiy tajriba, 
ko`nikmalarning zaruriy majmuasi man-baidir. Ijodiyotning sharti-bu hayotiy 
tajriba, zaruriy ko`nikma va malakalar yig`indisining mavjudligidir. Ijodiy 
faoliyat talant-ning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan 
psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa faoliyat 
 
mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan iboratdir. Talant imkoniyat 
tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat-haqiqatga aylangan 
imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik  nuqtai nazardan hakiqiy maxorat-bu 
shaxs talantining faoliyatda namoyon bo`lishidir. 
Odatda qobiliyatlar insonga shaxsniig barcha individual psiologik 
xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug`ma ravishda tayyor xolda berilmaydi, 
balki hayot davomida va faoliyat   jarayonida shakllanadi.  
Shuni uqtirish joizki, qobiliyatning tug`maligini inkor etish mutlaq 
xususiyatga ega emas, albatta. Lekin qobiliyatning tug`ma ekanligini tan 
olmaslik, miya tuzilishi bilan bog`liq differentsial xususiyatlarning tug`maligini 
inkor qiladi degan so`z emasdir. Layoqat esa qobiliyatning tabiiy zamini sifatida 
faoliyatda muhim rolь o`ynaydi. Layoqat deb qobiliyatlar tarakqiy etishining 
dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo`ladigan miya tuzilishining, sezgi 
a’zolari va harakatlarning morfologik hamda funktsional xususiyatlari aytiladi. 
Tug`ma layokat jumlasiga nozik hid sezish, binobarin, bilish analizatorlarining 
alohida yuksak sezgirligi muvofiqdir. Alohida yakka shaxs ma’lum tabiiy 
layoqatga ega bo`lsa, u holda o`ziga taalluqli qobiliyatlarni rivojlantirish 
nisbatan yengil kechadi. Insonlarning kasbiy qobiliyati ular layoqatlarining 
rivojlanishi mahsulasidir. Layoqat ko`pqirrali psixik hodisa bo`lganligi tufayli 
faoliyat talablarining xususiyatiga bog`liq ravishda bir xil layoqatlar, negizida 
har xil qobiliyatlar rivojlanishi kuzatiladi. 
Rus psixologi B.M.Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati 
tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir 
sifat xususiyatlari paydo bo`lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan, nerv 
sistemasining alohida sezgirligi ma’lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga 
kelishi mumkin. Shuning uchun qobiliyat tabiatini biologik irsiyatdan emas, 
balki turmush muhitining nasldan-naslga o`tishidan qidirish maqsadga 
muvofiqdir.  
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda qobiliyat va layoqatlar 
muayyan tabiiy zaminga bog`liq bo`lsa-da, lekin ular faqat tabiatning in’omi 
emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho mahsulidir. Xuddi ana bois 
qobiliyatlarning namoyon bo`lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko`nikmalarni tarkib 
toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog`liqdir. Shuning uchun qobiliyatlar 
taraqqiyotining uzluksiz ta’lim tizimiga bog`liq ekanligi ta’kidlab o`tish muhim 
 
143


ahamiyatga ega. 
Shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishda barqaror, turg`un, kasbiy maxsus 
qiziqishlar muhim omillar, vositalar tariqasida xizmat qiladi. Maxsus qiziqishlar 
inson faoliyatidagi. u yoki bu sohaning mazmuniga nisbatan intilishidan iborat 
shaxsiy fazilat, ichki turtki, harakatlantiruvchi kuchdir. Bunday maxsus 
qiziqishlar turlicha faoliyat bilan kasbiy tayyorgarlik sifatida shug`ullanish 
moyilligiga o`sib o`tadi. Bilishga oid qiziqish  faoliyat usullarini amaliy jihatdan 
o`zlashtirib olishni va yangi vaziyat, sharoitga ko`chirishii taqozo qiladi
rag`batlantiradi hamda shaxsda o`zini o`zi boshqarishni ta’minlashga yordam 
beradi.   Qobiliyatning rivojlanishi shaxsniig tarkib topishi bilan 
uzviyuyg`unlikka ega bo`lib, inson kamoloti har ikkala omilning birikuvini talab 
qiladi.  
Rus psixologi A. G. Kovalev o`z tadqiqotlarida qobiliyatning tabiati va 
tashxis qilish yo`llarini tekshirishga muvaffaq bo`lgan. Muallifning ta’rificha, 
qobiliyat deganda birorta xususiyatning o`zini emas, balki inson shaxsining 
faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko`rsatkichlarga 
erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar yoki sintezini tushunish kerak. Uning 
ta’kidlashicha, qobiliyatning tuzilishida tayanch va yetakchi xususiyatlarni va 
nihoyat, muayyan fanni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma 
qobiliyatlar uchun asosiy, tayanch xususiyati kuzatuvchanlik- ko`ra bilish 
ko`nikmasidir. Uning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A. G. 
Kovalyov yordamchi xususiyatlar qatoriga xotira, emotsionallik, ya’ni his-
tuyg`uga beriluvchanlikdir.   
Qobiliyatning rivojlanishi va shakllanishi, birinchidan, maьlum bir 
faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga 
qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalarini aniqlash yo`li bilan, ikkinchidan, 
mutaxassis rahbarligida sistemali faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy 
xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo`li bilan, uchinchidan
umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo`li bilan, to`rtinchidan, 
o`quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni 
ta’minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo`li bilan, beshinchidan, 
shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo`li bilan, oltinchidan, o`quvchilarga 
nisbatan individual munosabatda bo`lishni umumiy talablar bilan to`g`ri qo`shib 
olib borishdir. 
A. G. Kovalyovning ta’rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs iste’dodining 
badiiy tipiga tegishli bo`lib, badiiy tipdagi qobiliyatning hamma 
ko`rinishlaridan uni ajratib turadigap o`ziga xos sifatlarga ham egadir. Uning 
ta’kidlashicha, umuman qobiliyat va xususan adabiy ijodga xos qobiliyat 
murakkab bo`lib, uning tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar mavjud. 
Bu tarkiblarning biri yetakchi, boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa 
sermahsul faoliyat uchun zarur bo`lgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy 
qobiliyatda uch tomonni mujassamlashtirish muhim ahamiyatga ega: o`tkir 
kuzatuvchanlik, kuchli ijodiy tasavvur, til vositasida ko`rgan va ravshan 
tasavvur etgan narsalarni tasvirlay olish. 
Muallif mulohazasiga qaraganda, adabiy qobiliyatning tayanch xususiyati 
 
144


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə