Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Yüklə 244,26 Kb.
səhifə1/10
tarix04.07.2023
ölçüsü244,26 Kb.
#119179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KREDITNING MOHIYATI VA MOLIYA TIZIMIDAGI ROLI 15




REJA:
Kirish


1-bob Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli


    1. Kredit Mohiyati va zarurligi

    2. Kredit tizimi, uning tuzilishi

    3. Kredit ta’minoti: mohiyati, turlari va ahamiyati



2-bob. Kreditlash .


    1. Aloqabank kredit liniyalari va kredit tamoyili

    2. Aloqabank kredit liniyalari stavka va shartlari

    3. Kreditlash Tamoyilari



XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


KIRISH

Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.




Kredit va banklar o’quv dasturi asosida yaratilgan bo’lib, ushbu yo’nalish sohalariga taalluqli bo’lgan mavzularni o’z ichiga oladi. Bu darslikda bozor iqtisodi nuqtai-nazaridan iqtisodiy kategoriyalar va ularga taallluqli bo’lgan masalalar ko’rib chiqildi. Bu kurs iqtisodiy fanlarni aniq mustaqil yo’nalishlaridan bo’lib, ishlab chiqarish munosabatlarining maxsus bo’limi – pul, kredit, banklar birjalar bilan bog’liq sohalardagi iqtisodiy munosabatlarning ifodasini o’zida aks ettiradi. Darslik umumiqtisodiy nazariya ta’limotlari, xorijiy olimlarning tadqiqotlarini e’tiborga olgan holda tadqiqot qilish asosida yaratilgan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi va kreditning rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari, banklar va bank operatsiyalarining olib borilishi va valyuta tizimini rivojlanish bosqichlari kabi masalalar o’z ifodasini topgan


Jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda taraqqiy qilib borgan. Banklar xo’jaliklarga kredit bera turib, korxona, tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni o’tkaza borib, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi.


Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi.
Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:


- naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima?





      • aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik mumkin?




      • mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?




      • milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?




Yüklə 244,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə