Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kredit tizimi, uning tuzilishi



Yüklə 244,26 Kb.
səhifə3/10
tarix04.07.2023
ölçüsü244,26 Kb.
#119179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KREDITNING MOHIYATI VA MOLIYA TIZIMIDAGI ROLI 15

Kredit tizimi, uning tuzilishi




Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yig’indisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali huquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh mablag’lari yig’iladi va korxona, tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi bir necha bo’g’inlardan iborat bo’lishi mumkin. Mablag’larni jalb qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo’g’inlari o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. Jahon amaliyotida kredit tizimi o’zining tashkil qilinish turiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi.

    • Markaziy bank







    • maxsus-kredit institutlar

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog’onali kredit bank tizimi ko’p mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va nobank kredit muassasalaridir.


Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi:



      • tijorat banklar;




      • investitsiya banklari;




      • jamg’armalar jalb qiluvchi banklar (O’zbekistonda Xalq banki);




      • ipoteka banki; • savdo banklari;




      • tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha banklar




      • tarmoqlar bo’yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. Nobank kredit tashkilotlarga:

      • investitsiya kompaniyalari;




      • sug’urta kompaniyalari;




      • nafaqa va boshqa fondlar kiradi.

markaziy, tijorat banklari va maxsus kredit institutlar. Aralash banklar kapitali davlat tomonidan va bir qismi xususiy kapital tomonidan vujudga keltiriladi. Xalqaro banklar xalqaro pul, hisob va kredit munosobatlarini olib boruvchi bank bo’lib davlatlar o’rtasida valyuta, kredit va moliya munosabatlarini boshqarib boradi. Yirik xalqaro banklar qatoriga Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro Moliya korporatsiyasi, Xalqaro hisob-kitoblar bankini, Evropa investitsiya bankini va boshqalarni kiritish mumkin. Xorijiy banklar to’liq yoki qisman chet el investorlariga tegishli bo’lgan banklar bo’lib, ular o’z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar yirik banklarning sho’’balari sifatida faoliyat ko’rsatadi. Ba’zi davlatlarda mavjud depozit banklar jalb qilingan depozitlar hisobidan hisob, kredit, ishonch operatsiyalarini olib boradi. Depozit banklar asosan aholi jamg’armalarini jalb qilish va joylashtirish bilan shug’ullanadi. Universal banklar turli xil bank operatsilari: depozit, kredit, hisob, foiz, vositachilik va boshqa operatsiyalarni bajaruvchi bank hisoblanadi. Germaniya, Shveytsariya, Avstriya kabi mamlakatlarning tijorat banklari universal banklar hisoblanadi. Ixtisoslashgan banklar xalq ho’jaligining ma’lum sohalariga xizmat ko’rsatuvchi, aholiga xizmat ko’rsatuvchi banklardir.
Ixtisoslashtirilgan banklarning turdagi sifatida investitsiya, jamg’arma, rivojlanish va taraqkiyot banklarini keltirish mumkin. Kredit tiziminining yana bir qismi nobank kredit muassasalari bo’lib, davlat va korxonalarni moliyashtirishi, uzoq muddatli kreditlash bilan shug’ullanadi. O’zbekistonda 1997 yilda nobank kredit tashkilotlari to’g’risida qonun loyihasi ko’rib chiqildi. Sug’urta kompaniyalari, nafaqa fondlari va boshqa fondlarning mablag’laridan oqilona foydalanish va bu mablag’larning samaradorligini ta’minlash masalasi qo’yilgan. Har bir mamlakatning kredit tizimi o’z xususiyatiga ega bo’lib, rivojlangan
yirik universal banklar tarmoqlarining ko’pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Germaniya bank tizimi eng yuqori darajada rivojlangan davlat hisoblanadi. O’uyidagi sxemadagi Germaniya bank tizimi keltiriladi.



Yüklə 244,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə