Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Yüklə 244,26 Kb.
səhifə10/10
tarix04.07.2023
ölçüsü244,26 Kb.
#119179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KREDITNING MOHIYATI VA MOLIYA TIZIMIDAGI ROLI 15












Xulosa


Milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish sharoitida bank-moliya va sanoat sohasi taraqqiyotiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bunda iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar singari Oʻzbekistonda ham tijorat banklari resurslarini faol tarzda turli sanoat korxonalarining kapitallashuv darajasi va moliyaviy barqarorligini taʼminlashga jalb qilish muhim oʻrin tutadi.
Bank tizimining rivojlanishi va barqarorligini oshirishning muhim shartlaridan biri banklarning oʻz mablagʻlari hajmini oshirish va kredit tashkilotlari tomonidan olingan xatarlarni oʻz kapitali bilan yetarli darajada qoplanganida namoyon boʻladi.
Bu borada koʻplab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani ijobiy amaliy natijalarga erishishga asos boʻlmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2018-yil 23- martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori tijorat banklarini yangi infratuzilmalar bilan taʼminlash, raqamli texnologiyalarga asoslangan xizmat turlaridan foydalanishga keng yoʻl ochdi.
Mamlakatimizda milliy toʻlovlar tizimi, naqd pulsiz hisob-kitoblar infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga koʻra, 2019-yil 1-noyabrda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinishi ortidan yurtimizda toʻlovlarni uzluksiz amalga oshirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, shu bilan birga, tizimning samarali, ishonchli va xavfsiz ishlashini taʼminlashga imkoniyat yaratildi.
2019-yil 5-noyabrda kuchga kirgan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun Jahon banki koʻmagida ilgʻor xorijiy tajriba, umumeʼtirof etilgan normalar va standartlar asosida ishlab chiqildi. Oxirgi besh yilda pul-kredit siyosati sohasida islohotlar natijasida isteʼmol tovarlari hajmi sezilarli oshib, oʻzaro muvofiqlashgan makroiqtisodiy siyosat hamda tarif va notarif borasida salmoqli ishlar qilindi. Inflyatsion targetlashga bosqichma-
bosqich oʻtishga tayangan holda Markaziy bank tomonidan inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan qatʼiy pulkredit siyosati yuritilmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari uchun valyuta sotib olishi va sotishi uchun toʻliq imkoniyatlar eshigi ochildi, tovarlar (ish, xizmatlar) eksportidan tushgan valyuta tushumini majburiy sotish tartibi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha eksportchi tashkilotlar uchun butunlay bekor qilindi. Buning natijasida yuridik shaxslar tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan xorijiy valyuta hajmi 2020-yilda 2017-yildagiga nisbatan 2,1 barobar ortib, 20 milliard AQSH dollaridan oshdi. Jismoniy shaxslar tomonidan ayirboshlash shoxobchalari orqali xorijiy valyutani sotish hajmi 2020-yilda 2017-yildagiga nisbatan 5,3 barobar oshib, 4,6 milliard AQSH dollariga hamda xorijiy valyutani sotib olish hajmi 22 barobardan ziyod koʻpayib, 4,1 milliard AQSH dollariga yetdi. Mamlakatimizning oltin- valyuta zaxiralari hajmi 2021- yil 1-sentyabr holatiga 35,4 milliard AQSH dollarini tashkil etib, 2017-yildagiga nisbatan 1,3 barobar koʻp boʻldi.
Iqtisodiyotimizga ajratilgan kredit qoʻyilmalari hajmi 2017-yildagiga nisbatan 6 barobar oshib, 2021-yil yakuni boʻyicha 332 trillion soʻmga hamda uning YAIMdagi ulushi 20 foizdan qariyb 50 foizga yetishi kutilyapti. Aholini uyjoy
bilan taʼminlashning bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi joriy etildi va ipoteka kreditlari ajratish tartibi soddalashtirildi. Tijorat banklari tomonidan 2017-2020-yillarda jami 262,1 ming fuqaroga umumiy qiymati 32,1 trillion soʻm ipoteka kreditlari ajratildi. Koʻchmas mulk bozorida ipoteka kreditlari asosida sotilgan uy-joylar sonining jami koʻchmas mulk oldi-sotdisidagi ulushi 2017-yildagi 22 foizdan 2020-yilda 34 foizgacha oshdi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tijorat banklari tomonidan aholining daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanishi hamda kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli shartlarda kreditlar ajratishning aniq tizimi joriy etildi. Soʻnggi 4 yil davomida qariyb 934 mingdan ortiq oilaga 23 trillion soʻm miqdorda shunday kredit ajratildi.
Kreditlarning real oʻsishi yiliga oʻrtacha 38,6 foizni tashkil etdi. 2023-yil 1- yanvar holatiga koʻra, iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar miqdori 277 trillion soʻmni tashkil etib, uning umumiy hajmi 2017-yildagiga nisbatan 150 foiz oshdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1 ."O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank to’g’risida"gi Qonuni. “O’zbekiston” – 1995.

  1. "Banklar va bank faoliyati haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni . T. “O’zbekiston” – 1996.

  2. O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonuni, (1998. 30 aprel). Xalq so’zi, 1999 y. 12 yanvar. 7-son.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni, Xalq so’zi. 2000 y. 21 mart.

  4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi qarori. Toshkent oqshomi. 2001 y. 24 avgust. 99-son.

  5. “O’zbekiston” 1994. 12.Abdullaeva Sh.Z. "Pul va pul tizimi" T.

  6. “O’qituvchi” 1997. 13.Abdullaeva Sh.Z.“Bank ishi” o’quv qo’llanma T.

  7. “Moliya” – 2000. 14.Abdullaeva Sh.Z. “Pul‚ kredit va banklar” T. 9 Mullajanov F. “Bank tizimi” Toshkent. – 2001.




Yüklə 244,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə