O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   73

bo`lishi mujassalashadi. Muallif qat’iyatlikni ikkilamchilar qatoriga kiritadi, 
vaholanki uning fikricha, u o`ziga mahliyo qiladigan his-tuyg`ularni singishdan, 
shuningdek, rad etilgan variantlardan, ishonchsizlikni to`sishdan tashkil topadi. U 
tirishqoqlikni ham ikkilamchi sifatlar tarkibiga kiritadi, chunki ularda ob’ektning 
to`planganligi ifodasi o`ch aksini topgan, ravshan hayotiy qadr-qiymat 
mujassamlanlan. 
Chidamlilik tavsifida «qo`shimcha impulьslar», «qo`shimcha irodaviy zo`r 
berish», «iroda kuchi», «sabr-toqat» jabhalari ifodasining o`rni mavjud. 
Chidamlilikka turtkining xususiyatlari tirishqoqlik irodaviy sifatga mos tushish 
hollari uchraydi. Ye. P. Ilьinning rang jadvalida tirishqoklik sifati chidamlilikdan 
keyin joylashgan bo`lib, quyidagi ta’rifga ega: «Tirishqoqlik-qiyinchilikka va 
muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan, maqsadga erishish yo`lida uzluksiz ravishda 
intilishning paydo bo`lishidir». Tadqiqotchi D.N. Ushakovning mulohazasicha, 
«chidam» tushunchasi quyidagi ma’no anglatib keladi: 
1.
 
aksil harakat qilmasdan, shikoyatsiz, hasratsiz halokatli, mushkul, noxush 
holatlarni dildan kechiradi; 
2.
 
aksil harakat qilmasdan, o`zgarishlarni kutgan tarzda taqdir hazilsha rozi 
bo`lish; 
3.
 
biror holatga mubtalolik; 
4.
 
nima bilandir kelishish, biror ortiqcha kechinmaga parvo qilmasdan, 
og`irchilikni muruvvatkorona o`tkazish; 
5.
 
imkon darajada amal qilishga ko`nikish; 
6.
 
shoshqaloqlikka yo`l qo`ymaslik; 
7.
 
paysalga solishiga, kutishga imkoniyat yaratish. 
 
Shuni alohida ta’kidlab o`tish joizki. shoshqoloklik, kat’iyatlik sifatlari 
bilan bir qatorda chidamlilikni irodaviy xislatlarning yetakchisi tariqasida tan 
olish, qiyinchiliklarga qaramasdan harakatni davom ettirishga intilish tarzida 
tushunish muhim ahamiyat kasb etishi shak-shubhasiz. Lekin og`riqqa chidash, 
bardoshlikka moyillik nuqtai nazardan yonlashinilganda esa irodaning erkinligi 
ta’biri, irodaviy sohaning paydo bo`lishi va amalga oshishi mohiyati yuzasidan 
metodologii nuqsoniy talqin yuzaga kelishi mumkin. 
Tibbiyot psixologiyasida ma’lumki, inson tomonidan og`riqqa bardosh 
berish chidamlilik sifatining vujudga kelishi, kechishi jarayonining yorqin 
ifodasidir. Hayot va faoliyat tajribalari ko`rsatishicha, shaxs og`riqqa ko`nika 
olmaydi, chunki buning negizida boshqa mexanizmlar yotishi turgan gap. 
Fiziologik me’yorlarga binoan shaxs og`riqni sezish, idrok va tasavvur qilishning 
murakkab jismoniy qurilmasiga ega. Shunga qaramasdan, og`riqni inson har xil 
his qilishi, unga bardosh berishi, sabr-toqat bilan boshidan kechirishi mumkin, 
bunda individual tafovut aniq namoyon bo`ladi. Diqqatning og`riq sezgilariga 
to`planishi tufayli og`riq zarbi kuchayadi-bu psixofiziologik qonuniyatdir. Xuddi 
shu boisdan odam og`riq sezgilariga tobe bo`lib qolmasligi lozim, aks holda u 
bu noxush kechinma ruxiy holat taьsirida uzoq muddat qolib ketishi kuzatiladi. 
Og`riqni boshdan kechirish jarayonida nafaqat chidamlilik zarur, balki mushkul 
sharoitlarda faollik ko`rsatish ko`nikmasi, qiyinchiliknn yengish odati muhim 
 
128


ahamiyat kasb etadi. Bunday xususiyatga ega bo`lgan insonlarda o`z hissiy 
a’zolarini, ularning xarakatlarini idora qilishi o`quvi mavjuddir, aksincha nolik 
tabiatli, ichki intizomsiz, sabr-toqati zaif, mo`rt ruhiy kechinmali shaxslar 
chidamsizligini namoyish qiladilar. 
Yuqorida bildirilgan muloxazalardan ko`rinib turibdiki, to hozirgacha 
psixologiya fanida asosiy, muhim irodaviy sifatlarni tasniflashning umumbirlik 
tamoyili mavjud emasligi tufayli aksariyat hollarda bir irodaviy xislat ko`shaloq 
atama bilan belgilanishi davom etib kelmoqda (masalan, mustaqillik va 
tashabbuskorlik, jur’at va dadillik, tirishqoklik va qatьiyatlik, vazminlik va o`zini 
uddalash kabilar). 
Psixologiyada irodani eksperimengal o`rganishga oid qator ilmiy 
tadqiqotlar o`tkazilgan bo`lib, ularning ayrimlaridan namunalar keltirib o`tamiz. 
Ko`pchilik tadkikotchilar Ye.I.Ignatьev ko`llangan metodikasi va uning 
natijalariga xayrixohlik bildiradilar. Lekin muallifning o`zi uni baholashda juda 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`ladi. Uning mulohaza bildirishicha, ushbu 
metodika yetarli darajada ishonchli,  irodaning tormozlashi paydo bo`lishini 
tadqiqot qilishda qoniqarli natijalar berishi mumkin, lekin undan «test» sifatida 
foydalanish ko`ngildagidek ko`rsatgichlarga olib kelmasligi ehtimoldan xoli 
emas. Ushbu metodiqaning mohiyati shundan iboratki, muskulning kuchli 
qisqarilgandan keyin o`zining tinch holatiga qaytishdash qarshiliklarini yechish 
xususiyatini tajribada tekshirshidir. Xuddi shu vaziyatda irodaviy zo`riqishni 
bartaraf etish namoyon bo`ladi. Muallifning ta’kidlashicha. zo`riqishdagi 
muskullarning qisqarishini bir lahza to`xtatib qolish irodaning shartli ko`rsatkichi 
tariqasida qabul qilish mumkin, chunki mazkur jarayonida misol o`z tana a’zolari 
muskulini ongli boshqarishi o`quvi aks etadi. Ye.I. Ignatьev tadqiqotida maksimal 
qisilishdan keyin irodaviy zo`riqishni (zo`r berishni) 5 kg ortiq bo`lmagan 
og`irlikda pasaytirishga yo`l beriladi, uning taxminicha, bu kapalak (og`irlik) 
zo`riqish kuchini kamaytirmaydi va zo`r berishni vaqtincha to`xtatib qolishga 
ta’sirini o`tkazmaydi. Tadqiqotchi materiallarini tahlil qilishning ko`rsatishicha, 
muskul zo`r bershli 9-17 yoshdagi sinaluvchilarda 14 kgdan 40kggacha og`irlikni 
tashkil qiladi, zo`r berishning 5 kg kamayish doirasi maksimal holatga nisbatan 
35,7 protsentdan to 12,5 protsent miqdorlarda mujassamlashadi. 
Iroda sifatlarini tadqiqot qilishga intilgan V.I. Makarova test o`rnida 
gimnastik stoldan matga (gollandcha, inglizcha «mat»-polga yoziladigan 
matoga) sakrashni tanlagan, chunonchi: oldingi 180° aylanish bilan old tomonga, 
orqaga. Tajriba davomida tomir urishi, tayyorgarlik vaqti, mimika, gavda holat, 
barmoqlarni bukish qayd qilib berilgan. 
Shunday qilib, irodaviy sifatlarni aniqlash va baholash metodlari o`zlarining 
rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchilar o`z faoliyatlarida xarakatlarning 
odatiy va qiyinlashtirilgan sharoitlardagi xususiyatlari, ularning mahsuldorligi kabi 
xodisalarni qayd qilish imkoniyatiga ega bo`lganlar. To`plangai ma’lumotlar 
tahlilining ko`rsatishicha, iroda motivlarda, maqsadlarda, o`zini o`zi baholashda, 
xarakatlarda, faoliyatda o`z ifodasini topar ekan. Xuddi shu bois iroda- bu tashqi 
va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson 
tomonidan ongli boshqarishdir. 
 
129


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə