O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73

chunonchi insoning mas’uliyatsizligi, o`z imkoniyatiga inshonmasligi
hadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy niyatini ro`yobga chiqarishni paysalga solishi va 
boshqalar. Mabodo shaxc o`z xulq-atvori oqibati uchun masьuliyatini o`z 
zimmasiga olsa, o`z qilmish-qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa, 
bunday psixologik voqealik nazoratning interial (ichki) lokallashuvi mavjud 
ekanligini bildiradi. Nazoratining ichki lokallashtirishiga xos insonlar maqsadga 
erishish yo`lida mas’uliyat yoki javobgarlik his etadilar, o`zini o`zi tahlillash 
imkoniyatiga egadirlar. Ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsda lokallashtirishning har 
ikkala (eksterial, internal) turini shakllantirish tufayli uning mustahkam shaxsiy 
fazilatiga aylantirish mumkin. 
Iroda muammosiga bag`ishlangan bundan oldingi sahifalarda ta’kidlab 
o`tilganidek, shaxsning irodaviy harakatlari murakkab psixologik mazmun, mohiyat, 
ma’no kasb etishi bilan tavsiflanadi. Shuni ham eslash o`rinliki, shaxsda motivlar 
kurashining paydo bo`lishi uchun unga mas’uliyat, javobgarlik qissining 
yuklatilishi, irodaviy xarakatni amalga oshirish zaruriyati tug`ilishi, mazkur 
vaziyatda shubhalanish, ikkilanish uyg`onishi favqulodda unda irodaviy zo`r 
berishlar vujudga kelishi lozim. Bu voqelikni tushuntirish yoki izohlash uchun 
psixologik nuqtai nazardan iroda aktining tarkiblaridan iborat ekanligi 
aniqlanish uchun uning unsurlari, bo`linmalari, tuzilishi to`g`risida mulohaza 
yuritish joiz. 
Insonning miyasida tushladigan maqsadga erishish tufayligina irodaviy 
harakat amaliyotga tatbiq eshladi. Ushbu fikr boshqacharoq ifodalanganda, shaxe 
u yoki bu harakat yordami bilan qo`yilgan maqsadiga erishish yo`llarini anglab 
yetadi, ya’ni harakat bilan maqsad, o`rtasidagi uygunlik insonga yubora 
yaqqollashadi, anglashiniladi. Holbuki shunday ekan, shaxs o`zining ruhiy 
holatini o`zgartirishga qaror qiladi, qondirilishi lozim bo`lgan ehtiyojlarini 
muayyan tartibga keltiradi, ularni birlamchi va ikkilamchi darajalarga ajratishni 
lozim topadi. Xuddi shu yo`sinda irodaviy harakatni amalga oshirishnimg tarqoq 
va yig`iq  tarkiblari (unsurlari) maqsadga yo`naltiriladi.  
Shaxs faolligining mexanizmi sifatida unda aniq, yaqqol, ob’ektga 
yo`nalgan maqsadchi amalga oshirish (qaror toptirish) ezgu niyati pyyobga 
chiqadi. Masalan, kundalik moddiy ehtiyojini qondirish, sayohatga chiqish, ish 
joyini almashtirish, til Markaziga o`qishga kirish, qarindoshlari holidan xabar 
olish, televizor tomosha qilish istaklari tug`ilishi mumkin. Bu asnoda iroda 
aktining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, nafaqat xohish-istakdagi 
maqsadni tanlay olish, balki uni amalga oshirish imkoniyati aniqroq ekanligini 
tushunish hamda anglashdir.  
Irodaviy aktning boshlanishi maksadga erishish yo`l-yo`riqlari haqiqatdan 
ham aniq istaklarning ushalishiga xizmat qilishi to`g`risida oqilona qarorga 
kelishda o`z ifodasini topadi. Psixologik ma’lumotlarning ko`rsatishicha, 
tanlangan harakatlar oqilona, omilkor, odilona ekanligi to`g`risida qarorga 
kelinganida, maqsadga muvofiqligi ishonchli dalillar ustiga qurilganida ushbu 
jarayon qiyinchiliklarsiz sodir bo`ladi. Biroq aksariyat hollarda karorga kelish 
murakkab jarayonga aylanadi, buning natijasida motivlar kurashi yuzaga keladi, 
binobarin, tanlash, yakdillikka kelish muddati birmuncha  cho`ziladi. 
 
124


Shuni eslatib o`tish o`rinliki, qarorga kelish, uni amalga oshirishda 
qiyinchiliklarni bartaraf etishda irodaviy zo`r berish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Aksariyat psixologik holatlarda inson tomonidan qarorga kelish o`z 
ehtiyojlarining ustuvorligi darajasi ta’sirinn zaruriy chora tariqasida yengish bilan 
uyg`unashgan, jiddiylik, zo`riqish xususiyatli ichki zo`p berish jarayoni bilan uzviy 
bog`liqlikka ega. Shaxs o`zidagi qarama-qarshiliklarni yengishga nisbatan bunday 
munosabat birinchidan, subьektning ayrim
 
istaklari, mustahkamlangan salbiy 
odatlari; ikkinchidan, turmush hodisalariga nisbatan ko`nikish hissi; uchinchidan, 
ma’qullanmagan axloq-odob printsiplari, an’analar bilan kurashining kechishi 
irodaviy aktning o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan xislati hisoblanish irodaviy 
zo`r berish tomonidan idora qilinadi. 
Irodaviy jarayon hamisha shaxsni faollikka chorlaydi, uni kat’iy yo`l 
belgilash sari yetaklaydi, barqaror harakat qilishga yo`naltiriladi, ikkilanish, 
shubhalanishning oldini oladi. 
Iroda uchum irodaviy xatti-harakat motivatsiyasi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Xuddi shy bois irodaning negizini shaxsning xatti-harakatlari va ishlarining 
keng ko`lamli, rang-barang xususiyatli motivlashtirilishiga omil tariqasidagi 
ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Psixologiyada motivlashtirishning uch turi 
mavjudligi ta’kidlamadi (psixologik hodisalarning bir-biri bilan jips bog`langan, 
lekin o`zaro to`la mutanosib bo`lmagan, nisbiy mustaqil ko`rinishlari 
motivlashtirish deyiladi). 
1.
 
Shaxsning ehtiyojlarini qondirish bilan shartlangan, uni faoliyatga 
undovchi tarzda vujudga keluvchi motiv sifatidagi motivlashtirishdir. 
Mazkur holatda motivlashtirish faollik nima sababdan vujudga kelishini
shaxsni faoliyatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar mohiyatini 
tahlillashga xizmat qiladi. 
2.
 
Motivlashtirish faollik nimalarga yo`naltirilganligini, nega aynan shunday 
xulk-atvor tanlanganligini, nima uchun boshqasiga e’tibor berilmaganligimi 
asoslashga qaratiladi. Bu o`rinda motivlar shaxsning xulk-atvor yo`nalishini 
tanlashni aks ettiruvchi sabablar funktsiyasini bajaradi. Bularning barchasi 
yaxlit holda keltirganida inson shaxsining yo`nalishini vujudga keltiradi. 
3.  Motivlashtirish - bu inson ahloqi va faoliyatini boshqaruvchi vosita 
tariqasida namoyon bo`lishidir. Ushbu vositalar tarkibiga emotsiyalar, xohishlar, 
tilaklar, qiziqishlar, mayllar va boshqalar kiradi. Masalan, emotsiyada insoniy 
fe’l-atvorning shaxsiy aks ettirish mohiyati baholanadi, binobarii, uning tub 
maksad faoliyat tuzilishiga mos tushmay qolsa, u taqdirda xis-tuyg`ular uning 
yo`nalishinn o`zgartiradi. Buning natijasida fe’l-atvor qayta quriladi, oldingi 
harakatlarni jadallashtiruvchi yordamchi kechinmalar va boshqalar. 
Shunday qilib, irodaviy harakatda uni motivlashtirishni uchta jabhasi 
(sohasi), ya’ni faollik manbai ekanligi, inson shaxsinnng yo`nalganligi, o`zini o`zi 
boshqarish vositasiligi aks etadi. 
Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari mavjud bo`lib, inson 
faoliyatining maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta’minlaydi. Iroda 
shaxs faoliyatining ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilmadan 
iborat bo`lib, u o`zini o`zi boshqarish sifatida dastavval o`ziga, o`z hissistiga va 
 
125


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə