O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73

2.Diqqatning fiziologik mexanizmlari. 
3.Diqqatning asosiy xususiyatlari. 
4.Jahon psixologiya fanida diqqat nazariyalari. 
Tayanch iboralar 
Diqqat, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ifodalilik, ko`rgazmalilik, 
neyrofiziologik, diqqat neyronlari, sinchkovlik. 
 
13 Mavzu: Xissiyot va iroda 
 
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo`nalishda tashkil qilish, 
muammolar yechimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni 
amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordami bilan 
ro`yobga chiqadi.  
Ehtiyoj,  motiv,  qiziqish,  anglashilmagan, anglashilgan mayllar 
negizidan kelib chiqadigan barcha ko`rinishdagi harakatlar o`zlarining yuzaga 
kelishiga binoay ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi. Odatda 
psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki yetarli darajada 
anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl ustanovka va shu kabilarning ichki 
turtki ta’sirida paydo bulishi natijasida ro`yobga chiqariladi. Mazkur istak va 
uning boshqa shakllari impulьsiv  xususiyatiga ega bo`lib, inson tomonidan 
anglanilmaganligi uchun ma’lum ob’ektga qaratish yuzasidan 
rejalashtirilmagan, hatto ko`zda tutilmagan bo`ladi.  
Boshka kategoriyaga taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, 
ular maqsad ko`zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi 
operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs, o`z miyasida tasavvur qilishni, 
samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. Јzining mohiyati bilan 
tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy xarakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar 
deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. «Maqsadga erishish yo`lida uchraydigan 
qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo`r berish bilan uyg`unlashgan, 
muayyan maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi». 
Shaxsning irodaviy faoliyati o`z oldiga qo`ygan anglangan maqsadlarni 
bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning 
majmuasidan iborat emac. Zo`r berishni taqozo etmaydigan ish-harakati 
(masalan, shkafdan choynak olish, sochiqni qoziqqa ilish va hokazolar) bilan 
irodaviy faoliyat tarkiblari o`rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat 
o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs 
o`z oldiga qo`ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o`zi 
uchun kamroq qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo`ysundiradi. Ustuvor 
motivlar qo`shimcha ko`makchi motivlarni muayyan yo`nalishga safarbar qilib, 
umumiy maqsadga xizmat qildiradi. 
Shaxc faolligining har xil ko`rishlari mavjud bo`lib, ular funktsional 
 
122


tomondan bir-biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining alohida o`ziga xos 
shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o`z xatti-harakaglarini o`zi 
boshqarishini, u yoki bu xususiyatni intilish va istaklarini tormozlashni talab 
qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha harakatlar tizimi mujassam bo`lishini 
nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat mohiyati shunda ko`zga tashlanadiki, bunda 
shaxs o`zini o`zi boshqaradi, o`zini qo`lga oladi, o`zining xususiy ixtiyorsiz 
impulьsiv tomonlarini nazorat etadi, hatto zarurat tug`ilsa, u holda ularni 
tamoman yo`qotadi ham.  
Iroda shaxsning psixologik qiyofasi, uning ijtimoiy hayoti va faoliyati 
sharoitida turli axborotlar natijasi sifatida yuzaga kelgan motivlarning xususiyati 
va maqsadi bilan uyg`unlashgandir. Shuningdek, irodaviy faoliyatning bevosita 
motivi tariqasida harakatlar tizimini vujudga keltiruvchi, ularni tartibga 
soluvchi rang-barang vaziyatlar sharoitlar namoyon bo`ladi. Shuni unutmaslik 
joizki, shaxsning irodaviy faoliyati ob’ektiv jihatdan boshqa kategoriyalar bilan 
bog`langandir. 
Irodaviy faoliyatning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil 
topgandir; 1) irodaviy harakatlarni shaxs hamisha ularning sub’ekti sifatida 
amalga oshiradi; 2) irodaviy akt, harakat shaxs to`la-to`kis mas’ullikni zimmasiga 
olgan ish, amal sifatda ichdan kechiriladi; 3) irodaviy faoliyat tufayli inson ko`p 
jihatdan o`zini-o`zi shaxs sifatida anglaydi; 4) irodaniy faoliyat sababli shaxs o`z 
hayot yo`li va taqdirini o`zi belgilashini tushunib yetadi. 
Irodaviy faoliyatni shaxs uning batamom oqibatlari uchun sub’ekt sifatida 
amalga oshiradi. Faoliyat uchun ob’ektning o`ziga mas’ul hisoblanadi, vaholanki 
uning maqsadi doirasidan tashqari chiqadi. Sub’ekt muruvvat ko`rsatarkan, 
boshqacha tarzda yordam uyushtiradi, muammolarni hal qilishga ko`maklashadi. 
Shaxslar o`zlarining faoliyati uchun mas’uliyatni boshqa birovga yuklashga 
moyilligiga binoan, ular sezilarli ravishda bir-birlaridan tafovutlanadilar. Insonning 
shaxsiy faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarda va sharoitlarda 
qayd qilish, shuningdek, shaxsiy kuch va g`ayratiga, qobiliyatiga moyillikni 
aniqlaydigan mezonlar nazorat lokusi (lotincha lotus o`rnashgan joy va frantsuzcha 
conlrole- gekshirish degan ma’no anglatadi) deb ataladi. Ma’lumki, o`z xulq-atvori 
va o`z faoliyati sabablarini tashqi omillardan deb tushunishga moyil odamlar 
mavjud. 
Psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning individual 
faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarda va sharoitlarda qayd 
qilishni, shuningdek, ularning kuch-g`ayratiga, kobiliyatiga moyilligini 
belgilaydigan sifatlar majmuasi tushuniladi. Nazoratni lokallashtirish tashqi 
(eksterial) hamda ichki interial turlariga ajratiladi. Nazoratni tashqi 
lokallashtirishga ba’zi misollarni keltiramiz: Xodim ishga, talaba darsga kech 
qolsa, bu hodisani turlicha bahonalar bilan izohlashga harakat qiladi. 1) avtobus 
o`z vaqtida kelmadi, 2) yo`lovchilar ko`p bo`lganligi uchun avtobusga chiqa 
olmadim, 3) avtobyc juda sekin harakat qiladi, 4) transport buzilib qoladi, 5) 
ko`chada yo`l harakati fojiasi yuz bergani ushlanib qoldik va hokazo. Psixologik 
tadqiqotlar natijalarining ko`rsatishicha, nazoratning eksernal lokallik turining 
namoyon bo`lishi shaxsning muayyai nuqsonlari va illatlariga bevosita bog`liqdir, 
 
123


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə