porlok kelajakka qaratilgan bo`lsa, ular inson xislatiga aylanadi.
Mavzu yuzasidan savollar
1.Xayol turlari va xususiyatalri.
2.Xayollarda analitik-sintetik faoliyat.
3.Shirin xayollar va fantaziya.
4. Xayol jarayonning fiziologik asoslari.
Tayanch iboralar
Passiv, aktiv, ijodiy, orzu, tush, fantaziya, agglyutinatsiya, giperbolizatsiya
12 Mavzu: Diqqat.
Reja:
1.Diqqat tushunchasi va mohiyati
2. Diqqatning asosiy turlari va xususiyatlari
3.Diqqatning nerv fiziologik mexanizmlari
4. Diqqatning pedagogik psixologiyada o`rganilishi
Diqkat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga
oshirishning, ularning samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan-biridir.
Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq
muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar
va talablar qo`yadi. Inson ziyrakligi,
farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi,
dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil
sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi,
insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo`ladi
Psixologiya fanida dikqatga har xil ta’rif beriladi, uni yori-tishda psixologlar
turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Dikkat deb ongni bir nuqtaga to`plab,
muayyan bir ob’ektga aktiv qaratilishiga aytiladi. Faoliyatimiz jarayonida idrok
va tasavvur qiladigan har bir narsa, har
bir xodisa, o`zimiz qilgan ishimiz, o`y
va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo`la oladi.
F. Dobrinin, F. N. Gonobolin va boshqalarning nuqtai nazaridan diqqatning
vujudga kelishida ongning bir nuqtaga to`planishi ong doirasining torayishini
bildiradi, go`yoki ong doirasi bir muncha tig`izlanadi. Bunday torayish va
tigizlanish natijasida ong doirasi yanada yorqinlashadi. Ongning eng toraygan,
tig`izlangan yorqin nuqtasi diqqatning markazi deb nomlanadi. Xuddi shu
markazga tushgan
idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o`y va fikrlar
to`la, yorqin va anik ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz
ravishda, muayyan darajada aktivlik xususiyatini saqlab turadi. Bunday aktivlik,
ongning biron bir ob’ektga o`ynalishining kuchayishi va ma’lum vaqt davomida
114
diqqat yo`naltirilgan narsaga ongning faol qaratilishini
regulirovka qilib turadi
hamda mazkur holatning saklanishini ta’minlaydi.
Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur,
xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik
jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu
boisdan dikqat qaratilgan ob’ektlar ong to`plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks
ettiriladi. Demak, diqqat-aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va
samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek,
u har kanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va
yo`nalganlik bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko`plab
qo`zg`atuvchilari, ta’sirlari orasidan alohida
nimanidir idrok etadi, faraz qiladi,
allaqaysi narsa to`g`risidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi
diqqat xususiyati bilan bog`liq ravishda namoyon bo`ladi. Diqqat bilish
jarayonlari singari o`zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas,
shuning uchun u barcha jarayonlarning jo`shqinligi, ildamligini ta’minlaydi.
Demak,
diqkat individning hissiy, aqliy yoki hara-katlantiruvchi faolligi
darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va
biror narsaga qaratilganligidir.
Berilgan ta’rifga binoan, ushbu yo`naltirilganlish sub’ektning ehtiyojlariga,
uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan ob’ektlarning
tanlanganligida, ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda vujudga keladi.
Diqqatning muayyan ob’ektlarga ayni paytda boshqa jismlardan chalg`ishni yoki
ularning vaqtincha (muvakqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omillarga
ko`ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohazalar faoliyat
yakunlangunga qadar, qo`yilgan maqsadga erishguncha ongda sakdanadi. Ana
shu yo`sinda diqqat faolashganini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi.
Shuning
uchun ko`pgina psixologlar diqqatni yuksak turini bilish jarayonlari, kishining
xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlaydilar.
Diqqatning biror ob’ektga yo`nalishiga ko`ra sensor, aqliy, harakatlantiruvchi
shakllariga ajratish mumkin.
Dikqat muayyan ob’ektga to`planishi ko`p jihatdan insonning his-tuyg`usi,
irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog`liqdir.
His-tuyg`ular va emotsional holatlar diqqatning ob’ekti bilan uzviy
bog`langandagina uning uchun ijobiy axamiyat kasb etadi. His-tuyg`ular,
emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko`tarinki tarzda namoyon bo`lsa,
demak, diqqat ham shunchalik ob’ektga mustahkam qaratiladi. Hislar,
emotsiyalar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo`raytiradi.
Insonning amaliy va aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada
yangi bilimlar ma’lumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham
takomillashadi. Yangilikni payqash hissi odam aqliy
faoliyatini faollashtiradi,
shu bilan birga, diqqatning ob’ektga uzoqroq to`planishini ta’minlaydi.
Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi,
tanlovchanligiga ijobiy ta’sir etadi. Stress, affekt singari emotsioial holatlar
diqqatga salbiy ta’sir etib, uning tashqi ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib
115