O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73

Ijtimoiy-ruhiy ehtiyojga asoslangan holda mamlakatimiz yoshlarini komil 
inson qilib kamol topirtish uchun ularni o`zini o`zi uddalashga o`rgatishlar ish 
boshlamoq zarur. Shaxsning o`z faoliyatini va xulq-atvorini shaxsiy xohish 
irodasiga bo`ysundirish, ro`yobga chiqarishi mustaqil fikirlash barqarorlashtiradi, 
ko`llangan maqsadni amalga oshirishga puxta zamon hozirlaydi, har xil 
xususiyatni qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-toqat tuyg`ularini namoyish 
etishga chorlaydi. Buning natijasida mustahkam irodali, printsipal, qat’iyatli, 
uzoqni ko`zlovchi, teran fikrlovchi, aql-zakovatli, vatan tuyg`usi bilan yonuvchi 
haqiqiy milliy vatanparvar yoshlarni ijtimoiy hayotida, ta’lim-tarbiya jarayonida 
shakllantiradi. Insoga tug`ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan, aqliy na 
axloqiy imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan typib, yuksak maьnaviyatli, 
farosatli, ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga yetkazib bo`lmaydi. Huddi shu 
boisdan, insonning bolaligidan tortib to ijtimoiylashuviga qadar davr oralig`ida 
o`zini o`zi boshqarish usullari, vositalari bilan tanishtirish qat’iyatlilikni vujudga 
keltiradi. 
Odatda iroda inson tomonidan o`z xulqi va faoliyatini ongli ravishda 
boshqarish sifatida baholanadi, maqsadga yo`naltirilgan xatti-harakati va xulq-
atvorning amalga oshishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengib o`tish tariqasida 
ta’riflanadi. 
Yoshlarning irodasi, eng avvalo shaxsning ijtimoiy faolligida, mehnat 
faoliyatda, ijtimoiy tajribasida va ta’lim jarayonida namoyon bo`ladi. 
Mazkur faollikdan uning mazmuning va shaklan tuzilishini farqlash 
mutlaqo zapyp. Shaxc faollitining mazmundor tomoni-uning ijtimoiy xislatlarida 
o`z ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko`rsatma (attityud), e’tiqodlar, maьnaviy 
his-tuyg`ular, qiziqishlar dominantlik xususiyatini kasb etadi. Shaxs faolligining 
shakli faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy jarayonlar, ichki, tashqi 
va anglashilgan irodaviy xatti-harakat, intilish namoyon bo`lishi orqali 
aniqlanadi. Shaxs uchun qiyin sharoitlarda o`zini o`zi ongli ravishda boshqara 
olish imkoniyati irodaviy zo`r berishning yordami bilan yuzaga keladi va 
belgilangan muayyan aniq maqsad, reja hamda uni ro`yobga chiqaruvchi xatti-
harakatlar ularning ijrosiga yo`naltiriladi. 
Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlari markaziy rolining 
motivatsiya doirasi bajaradi va u ehtiyojlar, qiziqishlar, e’tiqodlar va ma’naviy his-
tuyg`ularda o`z aksini topadi. Shaxslarning hayoti va faoliyatida, shuningdek, 
ijtimoiy tarbiyasiga asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela 
boshlaydi, ular inson ijtimoiy shartlangan yo`nalganligi va hayotiy pozitsiyasini 
qat’iy belgilash uchun xizmat qiladi. 
Aksariyat hollarda inson shaxsining ijtimoiy shartlangan xususiyatlari uning 
irodaviy faolligi yo`nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo`nalganlik shaxsning 
motivation-irodaviy xislati hisoblanmish sobitqadamlikda o`z ifodasini topadi. 
Inson shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislati faoliyatning motivlari va 
maqsadini amalga oshirishning o`ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi. 
Aqliy faoliyatda irodaviy jarayonlar irodaviy xatti-harakatlar kechishishni 
aynan ichida, ya’ni maqsad belgilashdan tortib to uning bajarilishigacha 
oraliqda ko`zga tashlanadi. Ongli xulq-atvorda, ixtiyoriy diqqatda, eslab 
 
130


qolishda, esga tushirishda, tafakkurda, hayolda ifodalanadi, murakkab 
muammolarni yechish, irodaviy zo`r berishni sabablar etish uchun mutlaqo zarur, 
chunki busiz mehnat va o`quv faoliyatida hech qanday natijaga erishish mumkin 
emas. Ularning o`zaro uyg`unlashuni samaralar keltirish majmuasi sifatida 
ikkiyoqlama xususiyat kasb etadi. 
Mehnat faoliyatidagi va taьlim jarayonidagi irodaviy holatlar-bu vujudga 
kelgan qiyinchiliklarni  muvaffaqiyatli bartaraf etishning usullari, inson 
shaxsining omilkor, oqil ichki sharoitlarining muvaqqat ruhiy xodisasidir. 
Ularning qatoriga bir talay hayotiy shart-sharoitlar ta’siri ostida vujudga keluvchi 
optimizm va umumiy faollik, qiziquvchanlik, motivatsion, mobilizatsion 
tayyorgarlik, qat’iyatlilik xususiyatlari kiradi. 
Mehnat va stress-emotsional zo`riqishning keskin holati ko`rinishi, shakli 
hisoblanib, tashqi va ichki muhitning noxush omillarini shaxsga favqulodda ta’sir 
etish natijasida vujudga keladi. Ta’limiy hamkorlik (o`qituvchi bilan talaba hamda 
talabalarning o`zaro) faoliyatidagi frustratsiya-bilish faoliyatini 
tashkillashtirishning tubdan teskari tomonga yo`naltiruvchi ruhiy holatdir. 
Shaxc uzluksiz paydo bo`luvchi va bartaraf qilish qiyin to`siqlarning   ta’siri   
ostida   ruhan   tushkunlik,   o`zini yo`kotib qo`yish, ko`pincha eksperimentga, 
vaziyatga nisbatan agressiv (tajovus) reaktsiyalar (javob xatti-harakatlari) yuzaga 
kelishi kuzatiladi. 
Inson shaxsining irodaviy xislatlari- bu, mehnat faoliyatidagi, ta’lim 
jarayonidagi muvaqkat ruhiy holat emas, balki aksincha mazkur vaziyatga hech 
qanday bog`liq bo`lmagan odam turg`un, barqaror ruhiy tuzilmasidir. Uning 
irodaviy sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, 
tashkillashganlik, ishbilarmonlik, o`tni qo`lga olish, jasurlik, chidamlilik va 
boshqalar kiradi. Shaxs irodasining bo`lishi, zaifligi qaysarlik, savotsizlik, 
yalqovlik, ko`rqoqlik, printsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik 
singari tushunchalar orqali tavsiflanadi. 
Bilimlarni na mehnat ko`nikmalarini egallashdagi sobitqadamlik-bosh 
irodaviy sifat hisoblanib, u irodaviy boshqa ko`rinishlarning taraqkiyot 
darajasini va yo`nalishini aniqlovchi asosiy omil bo`lib sanaladi. Muslaqil na 
kelajagi buyuk davlat ideallariga sodiqlik, Vatan oldidagi burchining yuksak 
darajada anglashi, jamoatchilik hissi, yurt ravnaqiga o`z hissasini qo`shish istagi 
va bularning barchasi o`zbek xalqiga xos bo`lgan sobitqadamlilik namunasidir. 
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi va mehnat faoliyatidagi tashabbuskorlik-shaxc 
xohish irodasiga binoan zapyp xatti-xarakatlarni amalga oshirish o`quvidir. 
Mustaqil bilim olish va fikrlashdagi mehnat faoliyatlari qat’iyatlilik- shaxs 
tomonidan jiddiy va puxta mulohaza yuritib qaror qabul qilish, uni izchil 
ravishda hayotga tatbiq etish xislatidir. Tirishqoqlik shaxs qiyinchiliklarni yengish 
uchun kurashishda kuch-quvvatini aslo pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq 
muddat maqsadga erishish uchun intilish ko`nikmasidir. 
Muammolarni yechish chog`ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul 
qilingan qarorni amalga oshirishga halal beruvchi fikrni, hissiyot va xatti-
harakatni tizginlovchi (tormozlovchi) inson o`quvchanligidir. Tashkillanganlik - 
o`z harakati va hulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda shaxsni rejaga 
 
131


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə